6-mavzu: raqamli gigiena va netiket reja: 1


Download 73.34 Kb.
bet1/14
Sana27.01.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1130899
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-MAVZU RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET


6-MAVZU: RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET
Reja:
1.Raqamli dunyo va raqamli fuqarolarning huquqlari.
2. Kiber jinoyat- yuqumli kasallik, Raqamli gigiena -vaksina
3. Netiket qoidalari-raqamli olam tartib-qoidasi.
Tayanch so‘zlar: gigiyena, netiket, raqamli dunyo, huquq, kiberjinoyat, kibermakon.
Raqamli huquq g‘oyasi Internet tarmog‘I paydo bo‘lishi bilan dunyoga keldi. Raqamli qonunchilik shakllanish jarayonini boshdan o‘tkazib, doimiy o‘zgarishlarga yo`z tutmoqda. Hozir tarmoqda o‘zini to‘g‘ri tutish va xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun uning murakkab qoidalarini o‘rganishning ayni vaqti. Raqamli etika haqida gapirganda kengroq ko‘lamda xulq va o‘zaro ta’sirni nazarda tutamiz, raqamligi giena esa – axborot xavfsizligining turli darajalarda namoyon bo‘lishiga oid qoidalardir. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari moliyaviy va kiber jinoyatlar
oldida ojiz bo‘lib qolyaptilar, tarmoqda himoya borasida esa aniqva tushunarli normalar hali-hano`z mavjud emas. Shu bois, raqamligi giena qoidalari-endilikda tavsiya emas, har kim uchun real ehtiyojdir!
Raqamli fuqarolik. Raqamli fuqaro – bu mamlakat va jamiyat hayotida ishtirok etish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanadigan kishi. Ushbu maqomga erishish uchun Internetdan muntazam va samarali foydalanish, shu bilan birga, texnologiyalarni qo‘llashda mas’uliyatli bo‘lish kifoya. Oddiy fuqarolik bilan raqamli fuqarolikning farqi nimada? Birinchi navbatda, raqamli fuqarolik beradigan yangi imkoniyatlarda: •davlat electron xizmatlaridan foydalanish; •qog‘ozbozlikning kamayishi; •jamiyat hayotiga tegishli masalalar yuzasidan muhokamalarda electron ishtirok etish; •kelishuvlar; •tovar va xizmatlardan foydalanish; •global jamiyat hayotida ishtirok etish.
Hatti-harakatlarning eksterritorialligi ham e’tiborga loyiq-axir, muhimi, onlayn bo‘lish. Bugun ijtimoiy tarmoqlar va boshqa servislar barcha qiziqishlarimizdan boxabar, bu ularga foydalanuvchi haqida to‘liq tasavvo`rga ega bo‘lish, uning portretini yaratish imkonini beradi. Shuning uchun, Siz bo‘lishayotgan har bir narsa beiz qolmasligini -Sizning izingizni qoldirishini anglash muhim. Keyin nima bo‘ladi?- target reklama - marketing va ijtimoiy tadqiqotlar va h.k. Yuqorida sezilarli zarar keltirmaydigan, kezi kelsa, foydali misollar keltirildi. Biroq Siz haqingizdagi axborot servis va platformalarda narx-navo shakllanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa zaruriy mahsulotlar reklamasidek yoqimli emas. Yodingizda bo‘lsin, hech bir ijtimoiy tarmoq ma’lumotlar o‘g‘irlanishi xavfidan mutlaq himoyaga ega emas. Demak, Siz izlagan ma’lumotlar tarixi va content bilan bog‘liq harakatlaringiz jinoyatchilar qo‘liga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun ham bugun har bir ongli foydalanuvchi uchun raqamli savodxonlik ko‘nikmalariga ega bo‘lish va o‘z ma’lumotlarini qanday himoyalashni bilish muhim.
Har kuni ijtimoiy tarmoqlar, veb-sayt va boshqa resurslar cheksiz ko‘lamdagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘adi va qayta ishlaydi. Shaxsiy ma’lumotlar-bu muayyan jismoniy shaxsga bevosita yoki bilvosita tegishli bo‘lgan axborot. Masalan, ism va familiya, telefon raqami va electron manzil-biz kuniga bir necha marotaba xayrixohlik bilan bo‘lishadigan ma’lumotlar.
Maxsus shaxsiy ma’lumotlarga misollar: - ma’lum millatga mansublik;- siyosiy va diniy qarashlar;- salomatlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;- sudlanganlik va qarzdorlik haqidagi axborot; - telefon raqami va electron pochta manzili; - STIR va passport ma’lumotlari.
Qiziq jihati shundaki, ma’lumotlar birgalikda mujassam bo‘lsa, shaxsiy ma’lumotga aylanadi, masalan, telefon raqami mazkur shaxsga tegishli ekani ko‘rsatilsa. Shu bilan birga, kishining fiziologik va biologik o‘ziga xosliklarini ifodalovchi biometric shaxsiy ma’lumotlar ham alohida ajratib ko‘rsatiladi: barmoq izlari, genetic axborot, ovoz namunalari va h.k. Shaxsiy ma’lumotlar mavzusi raqamli huquqlar, xususan, tarmoqda privatlik huquqi bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun o‘z haqingizdagi axborotni muhofaza qiling!

Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling