6-mavzu: raqamli gigiena va netiket reja: 1


Shaxsning raqamli huquqlari


Download 73.34 Kb.
bet2/14
Sana27.01.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1130899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
6-MAVZU RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET

Shaxsning raqamli huquqlari. Raqamli huquqlar-insonning raqamli asarlardan foydalanish, yaratish va e’lon qilish, kompyuter va boshqa electron vositalardan foydalanish va ularda ishlash imkoniyati, shuningdek, Internet tarmog‘iga ulanish bilan bog‘liq huquqlaridir. BMTr ezolyutsiyasi (A/HRC/20/2)ga
binoan, “... inson oflayn muhitda ega bo‘lgan huquqlar, onlayn muhitda ham
himoyalanishi kerak, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar xalqaro paktining 19-moddasida belgilangan davlat chegaralaridan qat’iy nazar, har qanday vositalar orqali fikr bildirish erkinligi huquqi ham shular jumlasidandir...”. Raqamli huquqlar - bu: • Internet; • Shifrlash; • Privatlik; • Anonimlik; • Axborotdan foydalanish; • Fikr erkinligi huquqlari.
Internetdan foydalanish huquqi.2011 yil 3 iyunda Internetdan foydalanishni insonning asosiy huquqi sifatida e’tirof etuvchi BMT rezolyutsiyasi qabul qilindi. Shu tariqa u yoki bu hududlarning Internet tarmog‘odan o`zilishi inson huquqlarining poymol etilishi sanaladi. Shu bilan birga, tarmoqdan foydalanish imkoniyati qator mamlakatlar qonunchiligiga asosan insonning ajralmas huquqi deb belgilab qo‘yilgan.
Qiziqarli faktlar: - Head Hunter kompaniyasining tadqiqot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq faolfoydalanuvchilari - o‘smirlar va 35 yoshgacha bo‘lgan kishilar. - 2021 yil 25 sentabr holatiga O‘zbekistonda 655 Internet-OAV ro‘yxatga olingan. - 2022 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil Internet foydalanuvchilari soni 27,2 mln. Kishini tashkil etadi.
- O‘zbekistonda Internet foydalanuvchisining 5 Gb hajmdagi HD filmni yuklab olishi uchun 5 soatdan ortiq vaqt kerak bo‘ladi. - Ayni damda O‘zbekistonda har 100 kishiga 12,7 keng polosali ulanish abonenti to‘g‘ri keladi - o‘rtacha jahon ko‘rsatkichidan biroz past.
So‘z erkinligi haqida.Har birimiz so‘z erkinligi va axborotni izlash, undan foydalanish va tarqatish huquqiga ega ekanimizni eslatib o‘tamiz. Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasi: “Har bir inson e’tiqod erkinligi
va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to`siqsiz o‘z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’I nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi. ”Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 19-moddasi: 1. Har bir inson hech bir to‘siqsiz o‘z fikriga sobit bo‘lish huquqiga ega. 2. Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan qat’I nazar yozma ravishda yoki matbuot orqali yoki ifodalashning badiiy shakllari yoki o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqacha usullarda turli axborot va g‘oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasi: “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy to`zumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.

Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling