6-mavzu: raqamli gigiena va netiket reja: 1


Media muayyan hissiyotlarni shakllantiradi


Download 73.34 Kb.
bet7/14
Sana27.01.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1130899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
6-MAVZU RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET

Media muayyan hissiyotlarni shakllantiradi. Medialar ma’lum bir hissiy tajribani shakllantirish va rivojlantirish uchun qulay maydoncha vazifasini o‘taydi. Ularni ongli ravishda, masalan, ma’lum bir hissiy (ya’ni uning asl mohiyatiga mos) holatga kirish uchun ham qo‘llash mumkin. Buning uchun yosh journalist media yuzaga keltiradigan hissiy samaralarni anglashni va tasniflashni o‘rganishi zarur.
Agar boshlovchi journalist media kontentni adekvat tarzda qabul qilishga
tayyor bo‘lsa, medianing unga hissiy ta’siri ijobiy bo‘lishi shubhasiz. Agar u
media yuzaga keltiradigan hissiyotlar tabiatini tushunishga ruhiy, aqliy va
jismoniy jihatdan tayyor bo‘lmasa, u shaxsiy media kontenti vositasida o‘z
retsipientlarini ma’lum bir xavfga qo‘yishi yoki ularning ongini manipulyatsiya
qilishi (boshqarishi) mumkin. Jurnalist surishtiruvlari, dolzarb mavzulardagi
reportajlar, kun qahramonlari (xoh ijobiy, xoh salbiy bo‘lsin) bilan
intervyular muallifga auditoriyada daxldorlik, qiziquvchanlik va hamdardlik
hislarini yuzaga keltirish imkonini beradi. Muallif auditoriyaning umumlashgan
nuqtai-nazarini bayon etganda anashu hamdardlik va daxldorlik hislari yanada
kuchayadi.
Zo‘ravonlik va media. Media content yuzaga keltiradigan hissiyotlar o‘z tabiatiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ammo bu ma’noda ta’siri darajasi borasida individuallashgan zo‘ravonlik mavzusi alohida o‘rin tutadi. Masalan, militsiya haqidagi seriallar, kriminal lavhalar, qonli sahna va detektivlarning muttasil namoyish etilishi tajovo`zkorlikni yuzaga keltirishi, eng yomoni, auditoriyada zo‘ravonlikka moyillik hissini shakllantirishi mumkin. Shuning uchun ham yosh jurnalistlardan shaxsiy media kontentni yaratish jarayonida uning auditoriyaga qanday ta’sir ko‘rsatishini oldindan ko‘ra bilishi talab etiladi.
Medialar o‘z-o‘zidan tajovo`zkor xatti-harakatni shakllantirmaydi. Muammo
voqelikni bir yoqlama talqin etilishida hamda yoshlarning bunga parallel ravishda
virtual urush o‘yinlari, qirg‘in-barotga asoslangan ko‘ngil xushliklar, blokbasterlar, reklamalar va h.k.larga berilib ketishida namoyon bo‘ladi. Sanab o‘tganlarimiz yoshlarda zo‘ravonlik va tajovo`zkor xatti-harakatlarning yuzaga kelishini kuchaytiradi. Sababi ular bu kabi media matnlar ta’siri ostida mojaroli vaziyatlarga yechim topishning yagona to‘g‘ri yo‘li va vositasi zo‘ravonlik degan xulosaga keladi. Shu bois, masalan, fojeali voqea yoki davlatlar o‘rtasidagi nizolarga bag‘ishlangan hujjatli film tayyorlayotgan jurnalistlar o‘rta yo‘lni tanlab, ushbu voqealardan jabr ko‘rganlarning holatini ham, mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga urinayotganlarning intilishini ham ko‘rsatib berishi lozim bo‘ladi.

Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling