6-mavzu: raqamli gigiena va netiket reja: 1
Ijodkor yoshlar media kontenti o‘zlikni anglash va dunyoqarashni shakllantirish omili sifatida
Download 73.34 Kb.
|
6-MAVZU RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yosh jurnalistning ijodiy qiyofasi shakllanishiga qahramonlar timsollarining ta’siri.
Ijodkor yoshlar media kontenti o‘zlikni anglash va dunyoqarashni
shakllantirish omili sifatida. Ijodkor yoshlar boshqa tengdoshlaridan o‘zini namoyon etishga bo‘lgan alohida intilishi bilan ajralib turadi. Ushbu jihat ular shaxsi va kasbiy dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Medialar esa ular turli rollar, modellar va tajribalar vositasida o‘zining maqsad sari intilishini ko‘rsatish uchun universal makon sifatida xizmat qiladi. Bu o‘rinda gap ijodkor shaxs mustaqilligi, fikr va his-tuyg‘ularining anglanganligini nazarda tutuvchi o‘zlik haqida bormoqda. Shuning asosida ijodkor yoshlarda izchil tarzda yuqori darajadagi mustaqillik, o‘zini anglash va aniq natijalarni ko‘zlash asosida yuzaga keluvchi tanqidiy tafakkur shakllanadi. Shubhasiz, yoshlarning o‘ziga baho berishi va o‘zligini anglashi tashqi ta’sirlardan xoli bo‘lmaydi. Media ularga o‘ziga xos tarzda bosim o‘tkazadi. Chunki odatda, ular o‘zini namoyon etayotgan media resurs boshqalarning mehnati mahsuli ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatda o‘z ichiga turlicha yo‘nalish va mazmundagi qadriyatlarni olgan media xabarlarni tanqidiy ko‘rib chiqish ko‘nikmasining mavjudligi muhim. Media ta’lim ijodkor yoshlarning ongini, o‘ziga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishda, o‘zini olamning bir qismi sifatida tasavvur etishida turli imkoniyatlarni taklif etadi. Bu o‘rinda ularning o‘zlikni namoyon etishning qudratli visual vositasi bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga aralashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, ularda taniqli media shaxslarga taqlid qilishni emas, balki yosh o‘zining fe’l atvorini, kasbiy qiyofasini, ijodiy “men”ini yaratish va mustahkamlashga xizmat qiladigan shaxsiy xatti-harakat modelini shakllantirish muhimdir. Yosh jurnalistning ijodiy qiyofasi shakllanishiga qahramonlar timsollarining ta’siri. Shubhasiz, ijodkorning shaxsiyati shakllanishida qahramon timsollari muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo ularning ta’siriga haddan ziyod tushib qolish ham shaxsiy “men”ning rivojlanishini cheklab qo‘yadi. Sog‘lom tafakkur yosh avlodga medialarning atrofidagilarga, ularning xatti-harakati va intilishlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini to‘g‘ri anglab yetishiga yordam beradi. Shu bois, yosh journalist media qahramonlar timsolini qabul qilishda xuddi badiiy asar qahramonlarida bo‘lgani kabi ham ijobiy, ham salbiy jihatlar mavjudligini anglab yetishi zarur. Xususan, qahramonlar fe’l atvorining media kontentdagi talqini retsipientning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirishi ham, aksincha, o‘zi va boshqaning timsolini o‘z nuqtai nazaridan baholash qobiliyatini yo‘qqa chiqarishi ham mumkin. Shu tufayli yosh journalist doimiy ravishda o‘z ijodiy “men”ini takomillashtirishi uchun tinmay mehnat qilishi talab etiladi. Download 73.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling