Korxonalarda bashorat qilish


Download 1.49 Mb.
Sana30.10.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1734314
Bog'liq
ифырщкфе


Korxonalarda bashorat qilish
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish ham katta rol o'ynaydi. Bashorat qilish xo'jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko'ra bilishini ifodalaydi. U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni baholash va tahlil qilish asosida yaratiladi hamda muqobil qarorlarni tanlashga imkon yaratadi.
Bashoratning maqsadi - bozorga ta'sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo'jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investision faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste'molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta'sir ko'rsatishi, an'anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlarini belgilashdadir.
Korxonalar uchun talabni prognozlashtirish muhim ahamiyatga ega bo'lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorining o'zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, prognoz rejalashtirishning ilmiy asosidir.
Basharot – bu, korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to'g'risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir.
Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya'ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko'ra bilish deb ataladi.
Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning obyektlari sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko'rsatish mumkin.
Korxonalar faoliyatida iqtisodiy bashoratlar alohida va yetakchi o'rin egallaydi.
Ularning asosiy vazifa-lari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: rivojlanish maqsadlarini belgilash, optimal yo'nalishlar va ularga erishish vositalarini izlab topish, resurslarni va qo'yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini belgilash, korxona rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan cheklashlarni aniqlash.
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling