6-mavzu: raqamli gigiena va netiket reja: 1


Demokratiya va media vositasida jamiyat xayotida ishtirok etish


Download 73.34 Kb.
bet9/14
Sana27.01.2023
Hajmi73.34 Kb.
#1130899
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
6-MAVZU RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET

Demokratiya va media vositasida jamiyat xayotida ishtirok etish. Yoshlar jamiyat va o`z yaqinlari hayotida turli xil usullarda faol ishtirok etadi. Yosh yigit-qizlar o`z oilasi va do`stlari orasida obro`li yetakchilarga aylanadi, aksariyati maktab hayoti va mahalliy jamiyat hayotining muhokamasida faol ishtiroketadi. Ular o`z qarashlarini bayon etishda yoki fikr-mulohazalarini tasdaqlashda mediadan foydalanadi. Internet yordamida fuqarolik jamiyati masalalari bo`yicha munozaralarda ishtirok etish, imzolarni yigish, ijtimoiy masala va muammolarga e’tiborni tortish uchun parlament a’zosi yoki nashriyot muharririga maktub yo`llashi mumkin. Partisipativ madaniyatda yoshlar fuqarolik munozaralarida masalan, ijtimoiy tarmoqlar orqali ishtirok etishlari mumkin. An’anaviy medialarda odatda kattalarning fikri ustunlik qiladi, shu tufayli yoshlar o`z qarashlarini virtual makonda bayon etishni afzal biladi. O`zini jamiyatning faol a’zosi deb his etish yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga yordam beradi. Media kontentni tahlil qilish va yaratish jarayoni bolalar va yoshlarga o`zlarini kuchli ijtimoiy kuch sifatida his qilish va faol fuqarolar kabi shu jumladan, media madaniyat doirasida, harakat qilishga imkoniyat beradi. Xabardorligi yuqori bo`lgan insonlar qarorlar qabul qilish hamda jamiyat hayotida ishtirok etishga yaxshiroq tayyor bo`ladi. Yoshlarning harakat va ishtirokka intilishi-ulgayishning va fuqaro sifatida shakllanishning muhim omilidir. Xabardorligi yuqori bo`lgan insonlar qarorlar qabul qilish hamda jamiyat
hayotida ishtirok etishga yaxshiroq tayyor bo`ladi. Bola huquqlari tugrisidagi xalqaro Konvensiya bolalar va yoshlarning turli kanallar orqali o`z qarashlarini bayon etish, axborot izlash va olish huquqlarini kafolatlaydi. Shu bilan birga, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to`g`risida ma’lumot berish, qarorlar qabul qilish hamda o`zlari ma’qullamaydigan fikrlarni inkor etishga yordam beradigan axborotni qaerdan va qanday olishni ko`rsatib beraoladigan ustoz-murabbiylar ham muhim ahamiyatga ega. Medialar shuningdek, yoshlarga muhim bo`lgan axborotlarni izlab topishda hamda fuqarolar baxs-munozaralarida qatnashish uchun imkoniyatlar yaratishda yordam berishi kerak.
Yevropada amalga oshirilgan ko`p sonly tadqiqotlar yoshlar mediadan asosan dam olishda foydalanishlarini tasdiqlamokda; bu esa yoshlarni ijtimoiy faollikka undovchi media kontent, aksariyat hollarda, e’tiborsiz qoldirilishini anglatadi. Maktabning vazifasi o`quvchilarni o`quv jarayoni davomida shunday kontent bilan tanishtirishdan iborat. Media ta’limning maqsadlaridan biri -o`quvchilarda ijtimoiy muammolarga va siyosatga nisbatan qiziqish uyg`otishdir. O`z fikrini aniq bayon etish, uni asoslab bera olish, voqea va hodisalarni turli nuqtai-nazar bilan ko`rib chiqa olish – media savodxonlikning muhim tarkibiy qismlari bo`lib, bu ko`nikmalardan maktab jurnali uchun maqola tayyorlashda, video materialni e’lon qilishda, muhim masalalar yuzasidan ijtimoiy reklama tayyorlashda yoki baxs-munozaralarni tashkil etishda foydalanish mumkin. Masalan, o`quvchilar o`zi uchun ahamiyatli bo`lgan muammo yuzasidan ijtimoiy media kampaniyaga ko`pshlishi, kampaniya qanday kechayotganini kuzatib borishi mumkin. Bir vaqtning o`zida ular opponentlar uchun ma’qul bo`ladigan shaklda o`z nuqtai-nazarini shakllantirishni ham o`rganib boradi. O`z fikrini bayon etish erkinligini cheklashga, faqat boshqa odamlarga ham o`z qarashlarini bildirish imkonini berish zarurati tug`ilgandagina yo`l qo`yiladi. Haqorat qilish, sha’niga tegish, nafrat kabilarni taqiqlovchi qonunlar ko`rinishidagi bunday cheklovlar turli suiste’mol qilish holatlarining oldini olish uchun juda zarur.

Download 73.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling