Media maydonda axborot tarqatish madaniyati


Download 71.53 Kb.
bet1/23
Sana19.10.2023
Hajmi71.53 Kb.
#1710505
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Media maydonda axborot tarqatish madaniyati


MEDIA MAYDONDA AXBOROT TARQATISH MADANIYATI

Media va axborot savodxonligining tarkibiy unsurlaridan biri – medialar turli voqealar tarixini, axborotni qanday yaratilishini, omma uchun taqdim etilayotgan materialning qabuli qilinishi murakkab bo‘lmasligi maqsadida qanday usullardan foydalanishni anglab yetish hisoblanadi. Muhimi, medialar qo‘llaydigan turli uslub, kodlarni tushunish va talqin etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdir.


Media va axborot savodxonligiga ega bo‘lish uchun medialarning timsol va reprezentatsiyalarini o‘rganish, bunda nafaqat tasvir yoki matnni tahlil qilish, balki e’tibordan chetda qolayotgan kontekstni ham yoddan chiqarmaslik zarur.
Jamoatchilik fikrini yo‘naltirish va jamiyat oldiga dolzarb masalalarni ko‘ndalang qo‘yish borasida kuchli hokimiyatga ega bo‘lgan medialar ijtimoiy hayotni yoritishini va amalda biz kutadigan hamda qabul qilishga tayyor bo‘lgan voqea va timsollarni taqdim etishini nazarda tutish zarur.
Mediamatnni tanqidiy tahlili jarayonida biz odatda unda qaysi siyosiy guruhning nuqtai nazari aks etganiga e’tibor qaratamiz. Jumladan, medialarning ta’siri kimning nuqtai nazari va qarashini ifoda etishida, nima haqida va qanday rakursda xabar berishida, nima haqida esa sukut saqlashida ham namoyon bo‘ladi. Medialar o‘z hukmronligini qanday axborot (masalan, yangiliklar)ni haqiqat sifatida taqdim etishi hamda qaysi mavzularni e’tiborsiz qoldirishida ham namoyon etadi.
O‘smirlik davrida shakllanadigan abstrakt tafakkur media- matnni tanqidiy va tahliliy o‘rganishning asosi hisoblanadi. Axloqiy qadriyatlar bilan bog‘liq ikkilanish va savollar yoshlarda tabiiy ravishda yuzaga keladi: medialar va reklama bunday mushohadalar uchun cheksiz va xilmaxil materiallarni taqdim etadi. Ushbu bo‘lim medialar va ular tomonidan yaratiladigan timsollarning ta’siri masalasiga bag‘ishlangan. Unda shuningdek, axborotning ishonchliligi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib o‘tilgan. Bundan tashqari, unda media matnlarini tahlil qilish bo‘yicha amaliy tavsiya va maslahatlar o‘rin olgan.

Download 71.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling