Media maydonda axborot tarqatish madaniyati
Download 71.53 Kb.
|
Media maydonda axborot tarqatish madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rish burchagi va o‘lcham
- Rang
Tasvirli reklama strategiyalari
Konfiguratsiya:qarash yo‘nalishini belgilaydi; matn va rangning joylashuvi tomoshabinning fikri yo‘nalishini belgilaydi; bo‘sh joy qoldirilishi aksariyat hollarda butun joyni to‘ldirib qo‘yishdan ko‘ra samaraliroq; yangi, relevant (axborot talablariga mos keladigan, o‘rinli, ahamiyatli) axborot vertikal o‘qning o‘ng tomoniga joylashtiriladi. Eski, qo‘shimcha axborot esa odatda chap tomondan joy oladi; timsol – mahsulot xarid qilish bilan amalga oshadigan orzu – odatda gorizontal o‘q ustiga joylashtiriladi. Mahsulotning qo‘shimcha ma’lumotlari ilova qilingan tasviri esa pastdan joy oladi. Ko‘rish burchagi va o‘lcham:ko‘rish burchagi va tasvir o‘lchamini tanlash orqali reklama muallifi odatda relevant axborotga urg‘u beradi; old tomondan suratga olingan ob’ektlar tomoshabin bilan bog‘lanishda bo‘ladi; qush parvozi balandligidan ko‘rinish tomoshabinga ob’ektni nazorat qilib turish hissini beradi. Bunday usuldan foydalanish fikran yoki jismoniy jihatdan ob’ektning kichik hajmda bo‘lishini nazarda tutadi; pastdan suratga olingan ob’ektlar tomoshabin ustidan hukmronlik qilayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Bunday yondashuv ob’ektning kuchi va qudratini yoxud unda mavjud tahdidni aks ettiradi; juda katta plandagi tasvirning samarasi yuqori bo‘ladi, chunki u tomoshabinga detallarga e’tibor qaratish imkoniyatini beradi. Inson yuzining yirik planda aks ettirilishi hissiyotlarga urg‘u beradi. Rang:ranglarning qo‘llanilishi ham resipientda ma’lum bir tasavvurlarni hosil qiladi; rang tasvirning ma’lum bir yo‘nalish va qismlarini ajratib ko‘rsatadi; ranglarning kamroq sonidan foydalanish ko‘p ranglarni ishlatishdan qo‘ra samaraliroq, chunki bunda xabarni qabul qilish oson kechadi; qizil rang aksariyat hollarda iliqlik, olov, hissiyot va tajovuzkorlik, moviy rang esa sovuqlik, samimiylik va g‘amginlik tasavvurlarini uyg‘otadi. Download 71.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling