Media maydonda axborot tarqatish madaniyati


Download 71.53 Kb.
bet15/23
Sana19.10.2023
Hajmi71.53 Kb.
#1710505
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

Reklama vositalari




Mashq maqsadi: talabalarni reklama vositalarini tahlil qilish va reklama beruvchilar o‘z auditoriyasiga ta’siri uslublarni solishtirishga o‘rgatishdan iborat.
Davomiyligi: bir soat.
Materiallar: reklama e’lonlari yoki veb-saytlar yig‘masi. Oldindan “Reklama” bo‘limini o‘qib chiqing.
Mashg‘ulot oldidan talabalardan o‘zlarini o‘rab turgan reklama muhitini o‘rganib chiqishni so‘rang. Bunda ular jurnal, radio, televidenie, Internetdagi va tashqi reklamaga alohida e’tibor qaratsin. Qaysi medialarda axborot, qaysilarida esa timsol reklamasi mavjud? Nima uchun turli medialar reklamaning turli usullaridan foydalanadi? Mavzu yuzasidan kichik munozara tashkil qiling.
Auditoriyani kichik guruhlarga ajrating. Har bir guruhga bir sahifali jurnal reklamasi yoki ma’lum bir kompaniyaning veb-saytiga havolani taqdim eting. Talabalardan quyidagi savollarga javob berishni so‘rang:

  • Mazkur reklama e’lonining maqsadli auditoriyasi kim? Nima uchun shunday xulosaga keldingiz?

  • Auditoriyaga ta’sir ko‘rsatish uchun reklamada qanday vositalardan foydalanilgan? Bu vositalar yetarlimi?

  • Dekoratsiyalardan foydalanish, tasvir hajmi va ranglarning samarasi qanday?

  • Ushbu reklama samaralimi, u sizni ishontirdimi? O‘z javobingizni asoslab bering.

  • Uning samaradorligini oshirish uchun nima qilish kerak?

Barcha guruhlarning javoblarini har bir reklama namunasi bo‘yicha solishtirib chiqing. So‘ngra talabalar tomonidan aniqlangan ta’sir vositalarini muhokama qiling. Qaysi vositalar nisbatan ko‘proq uchraydi? Reklama e’loni ko‘proq ishonch qozonishi uchun qanday vosita va usullardan foydalanilgan?
Guruhlarning ishi baholanadi.

Natijalarni 5dan 1gacha bo‘lgan shkalada baholash (5 - eng yuqori baho) bo‘yicha tavsiyalar:


5: talabalar reklama va uning insonlarga ta’sir ko‘rsatish usullarini turli nuqtai nazardan birgalikda muhokama qildi, materialni savodli tarzda tahlil qildi. Ular reklama va uning insonlarga ta’sir ko‘rsatish usullari haqida ko‘p narsa bilib oldi, barcha savollarga javob berdi.
4: talabalar reklama va uning insonlarga ta’sir ko‘rsatishi usullarini turli nuqtai nazardan birgalikda muhokama qildi, materialni savodli tarzda tahlil qildi. Mashqni bajarish davomida ular ma’lum ma’noda yangi bilim oldi, lekin javoblari yana ham batafsilroq bo‘lishi mumkin edi.
3: talabalar muhokamada ishtirok etdi, ammo tahlillari bir yoqlama va yuzaki. Ularning javobidan reklamaning ta’sir ko‘rsatish usullarini qisman o‘zlashtirgani ko‘rinib turibdi.

Download 71.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling