Media maydonda axborot tarqatish madaniyati


Download 71.53 Kb.
bet12/23
Sana19.10.2023
Hajmi71.53 Kb.
#1710505
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Media maydonda axborot tarqatish madaniyati

Musiqiy videokliplar


Musiqiy videoklip ijrochining disklari sotilishini ta’minlash maqsadida tayyorlanadi. Bu ma’noda musiqiy klip san’atkor yoki brendning o‘ziga xos reklamasi deyish mumkin. Videoklipning maqsadi tomoshabinga ta’sir o‘tkazishdan iboratdir. Videoklipda ko‘plab metafora va stereotiplar mavjud bo‘lgani sababli uni tahlil qilish jarayonida aynan mana shu jihatlarga e’tibor qaratish zarur. Musiqiy videoklipning shiddati yuqori, uslubi boy va intensiv bo‘ladi, bu narsa audiovizual reklama roliklari uchun ham xos. Musiqiy videoning obrazliligi fragmentar, ya’ni parchalangan tabiatga ega bo‘lib, ommabop musiqaning ko‘p qatlamli mazmunga ega ekanini bildiradi. Uning vizual bayoni odatda qo‘shiqning tarkibi asosida yuzaga keladi. Alohida qismlar ketma-ketlikda bo‘lgani kabi, she’r misrasidan qo‘shiqqa o‘tilgani kabi, vizual voqelik ham ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin. Raqs va tana harakatlari musiqani vizuallashtirishning ajralmas unsuri hisoblanadi. Kadrlar musiqa ohangiga mos tarzda o‘zgarib boradi. Bundan tashqari, ekranda paydo bo‘ladigan voqealar,


masalan, portlash, o‘pirilish yoki qulashlar, harakatdagi avtomobillar ham musiqa bilan sinxron tasvirlanadi.
Musiqiy videolarga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarni qayd etib o‘tish mumkin:

  • keskin o‘tishlar;

  • qo‘l kamerasi yordamida tasvir olinishi;

  • tasvir olish burchaklarining o‘ziga xosligi (masalan, qush parvozi balandligidan olingan tasvirlar);

  • kamera yoki ob’ektning aylanishi;

  • yirik va juda yirik planlar;

  • rang, montaj, tasvirdan foydalanishda maxsus effektlardan foydalanish;

  • vizual oqim tezligi musiqa tezligi izma-iz boradi.

Qo‘shiqchi Rayxon va “Ummon” guruhining videokliplarini ko‘rib chiqing. Musiqiy videokliplarni tahlil qilish jarayonida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish zarur:

  • Nima uchun prodyusser aynan shunday tanlovga kelgan?

  • Nima uchun ayrim sahnalarda kamera aylanadi?

  • Juda yirik planlar qanday ahamiyatga ega?

  • Siz “ommaviy madaniyat” bilan bog‘liq qanday metafora va tasavvurlarni aniqladingiz?

  • Umumiy muhit qanday?

  • Ushbu videoklip qanday qadriyat va qarashlarni ilgari suradi?




Download 71.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling