Media maydonda axborot tarqatish madaniyati
Download 71.53 Kb.
|
Media maydonda axborot tarqatish madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reklama
Mashq.“Evronyus”, “O‘zbekiston”, “Rossiya” telekanallarining yangiliklar dasturini tahlil qiling. Ushbu kanallar yangiliklarini shu kuni ularning veb- saytiga joylashtirilgan yangiliklar bilan taqqoslang. Talqin va kontekstda qanday o‘xshashlik va farqlarni ko‘rdingiz? Farqlar to‘g‘risida mulohaza yuriting. Manbalarning qaysi biri nisbatan xolis axborot bergan? ReklamaReklamani shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin: axborot mazmunidagi reklama va timsol reklamasi. Timsol reklamasi iste’molning individual modellariga va/yoki aniq bir mahsulot haqidagi fikrlarga ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladi. Reklamaning maqsadi mavjud munosabat yoxud xatti- harakat timsolini o‘zgartirish yoki mustahkamlashdan iborat bo‘lishi mumkin. Reklama tezkor ta’sirga asoslanadi, masalan, unda reklama qilinayotgan mahsulot sotuvga chiqqani haqida xabar beriladi. Timsol reklamasida samara uzoqroq vaqt davom etadi, deb taxmin qilinadi (masalan, O‘zbekiston telekanallarida Ucell aloqa kompaniyasi xizmatlari to‘q binafsha rang yurak shaklida reklama qilinmoqda). Bunday reklama ma’lum bir mahsulot, xizmat yoki biznes timsolini yaratishga qaratilgan bo‘ladi. Timsol reklamasi iste’molchilarning turli rolini yaratish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatadi, bu esa uning samarasi kumulyativ va “uzoq davom etuvchi” bo‘lishini ta’minlaydi. Timsol reklamasining maqsadi konnotatsiyalar yaratishdan iboratdir. Reklama odatda o‘z mazmuniga bir nechta unsurlarni singdiradigan kampaniyalar, ya’ni uzoq davom etadigan jarayonlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bitta reklama kampaniyasining turli variantlarini Internetda, televidenieda va bosma OAVda kuzatish mumkin. Televidenieda ko‘proq timsol reklamasiga e’tibor qaratiladi. Internet va bosma medialardagi reklamada esa mahsulot haqida nisbatan to‘liqroq ma’lumot beriladi. Reklama tilida obrazlilikni amalga oshirish uchun aksariyat hollarda metaforalardan foydalaniladi. Chunki ular iste’molchi tafakkurini kerakli oqimga yo‘naltiradi, ammo ularning konnotatsiyalarini aniqlash esa mushkul, deb hisoblanadi. Qiyos va allegoriyalar reklama qilinayotgan mahsulotga amalda u ega bo‘lmagan sifatlarni beradi. Reklama odatda insonlarning aqli yoki hissiyotlariga murojaat etadi. Aqlga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida, masalan, reklama qilinayotgan mahsulotda yog‘ miqdorining kamligi yoki narxining arzonligi keltirilishi mumkin. Bunday reklamada odatda raqamlar va foizlar keltiriladi, shuningdek, ilmiy atamalar qo‘llaniladi. Hissiyotga ta’sir etuvchi motivlar sirasiga shokolad ta’midan huzurlanishni yoxud yangi kiyim xarid qilganda o‘ziga bo‘lgan ishonchning ortishini kiritish mumkin. Ijtimoiy medialarda ba’zida reklamani boshqa kontentlardan ajratib olish mushkul bo‘ladi. Bunday reklama odatda foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan yoshi, jinsi, qiziqishlari, yashash manzili haqidagi ma’lumotlarga yoki Internetdagi ro‘yxatdan o‘tilgan sahifalarga tayanib jo‘natiladi. “Menga yoqadi” degan yozuvli tugmachani bosishdan oldin foydalanuvchi bu bilan ushbu kompaniyaning reklamalarini olib turishga rozilik bildirayotganini anglab yetishi kerak. Bundan tashqari, ijtimoiy medialar ma’lum kompaniya tomonidan e’lon qilingan video, testlar va o‘yinlarni tarqatish orqali ham reklama beruvchilarga yordam ko‘rsatadi. Download 71.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling