6-mavzu: raqamli gigiena va netiket reja: 1
Axborotdan foydalanish huquqi
Download 73.34 Kb.
|
6-MAVZU RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internetga kim egalik qiladi
- Dijital (raqamli) gigiena.
Axborotdan foydalanish huquqi Inson ega bo‘lgan fundamental huquqlardan yana biri. Axborotdan foydalanish huquqi davlat chegaralaridan qat’iy nazar axborotni istalgan usulda va har qanday shaklda izlash, olish va tarqatishni nazarda tutadi. Axborot sohasida munosabatlarni tartibga solish tamoyillari:-kim qonuniy yo‘l bilan axborotni erkin izlash, olish va tarqatish huquqiga ega;-har kim qonun doirasida axborotni erkin ishlab chiqarish va tarqatish huquqiga ega.
Internetga kim egalik qiladi? Dunyoning turli mamlakatlaridagi kompyuter moslamalarini birlashtiruvchi axboriy-telekommunikatsion tarmoq bizga makon va ob-havo sharoitlaridan qat’iy nazar istalgan hajmda axborot almashinish imkonini beradi. Buning uchun tarmoqda bo‘lish kifoya. Internetni boshqarish tugmachasi yo‘qligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ha, u chindan ham mavjud emas, chunki Internetning mutlaq egasi yo‘q. Har birimiz - foydalanuvchilar, fuqarolik jamiyati, davlat, biznes - Internet tarmog‘iga egalik qilishimiz mumkin. Ba’zan bu risklarning paydo bo‘lishi va huquqbo`zarliklar uchun sharoit yaratadi, shuning uchun bugun raqamli huquqlarni o‘rganib, Internet bilan to‘g‘ri munosabatlarni yo‘lga qo‘yish muhim. Dijital (raqamli) gigiena. Bugun zamonaviy lug‘atda “raqamli madaniyat”, “raqamli gigiena”, “raqamli savodhonlik” kabi yangi atamalar paydo bo‘ldi. Raqamli dunyo insoniyatga cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib, uning bir qismiga aylandi. Bunda esa me’yor eng muhim omildir. Quyida “raqamli gigiena” qoidalari bilan tanishishingiz mumkin:-Ekran vaqtingizni nazorat qiling;-Uy ichida telefon bilan yurmang;-Gadjetlaringizni uyqudan bir soat oldin o‘chiring;-Sizda xavotir yoki hasad uyg`otadigan sahifalardagi obunani bekor qiling;-YouTube, Netflix va shu kabi boshqa servislardagi keyingi videoning avto yoqilish funsiyasini o‘chirib qo‘ying;-Kimdir xonaga kirganda ekrandan ko‘zingizni o`zib, odamning ko‘zlariga qarang;-O`zun va ishonchli parollardan foydalaning;-Kerakli har qanday hujjat va ma’lumotlaringizni zahira nusxasini tayyorlab qo‘ying;-Ortiqcha/keraksiz ma’lumotlarga obunani bekor qiling;-Ortiqcha xabarlar signalini o‘chirib qo‘ying;-Oilaviy kechki ovqatni gadjetlarsiz o‘tkazing.Yuqorida keltirilgan qoidalarga amal qilish media iste’molchining nafaqat vaqtini tejaydi, balki uni axborot oqimi ichiga yo‘q bo‘lib ketishdan ham himoya qiladi. Download 73.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling