Raqamli gigiena va netiket


Download 1.59 Mb.
bet1/3
Sana19.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1100458
  1   2   3
Bog'liq
RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET

RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET

By Axtamova Gulnoza

Raqamli huquq g'oyasi Internet tarmog'i paydo bo'lishi bilan dunyoga keldi. Raqamli qonunchilik shakllanish jarayonini boshdan o'tkazib, doimiy o'zgarishlarga yuz tutmoqda. Hozir tarmoqda o'zini to'g'ri tutish va xavfsizlik ko'nikmalarini shakllantirish uchun uning murakkab qoidalarini o'rganishning ayni vaqti. Raqamli etika haqida gapirganda kengroq ko'lamda xulq va o'zaro ta'sirni nazarda tutamiz, raqamli gigiena esa - axborot xavfsizligining turli darajalarda namoyon bo'lishiga oid qoidalardir. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari moliyaviy va kiberjinoyatlar oldida ojiz bo'lib qolyaptilar, tarmoqda himoya borasida esa aniq va tushunarli normalar hali-hanuz mavjud emas. Shu bois, raqamli gigiena qoidalari - endilikda tavsiya emas, har kim uchun real ehtiyojdir!

Raqamli fuqarolik Raqamli fuqaro - bu mamlakat va jamiyat hayotida ishtirok etish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanadigan kishi. Ushbu maqomga erishish uchun Internetdan muntazam va samarali foydalanish, shu bilan birga, texnologiyalarni qo'llashda mas'uliyatli bo'lish kifoya. Oddiy fuqarolik bilan raqamli fuqarolikning farqi nimada? Birinchi navbatda, raqamli fuqarolik beradigan yangi imkoniyatlarda: •davlat elektron xizmatlaridan foydalanish; •qog'ozbozlikning kamayishi; •jamiyat hayotiga tegishli masalalar yuzasidan muhokamalarda elektron ishtirok etish; •kelishuvlar; •tovar va xizmatlardan foydalanish; •global jamiyat hayotida ishtirok etish.

Hatti-harakatlarning eksterritorialligi ham e'tiborga loyiq — axir, muhimi, onlayn bo'lish. Bugun ijtimoiy tarmoqlar va boshqa servislar barcha qiziqishlarimizdan boxabar, bu ularga foydalanuvchi haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish, uning portretini yaratish imkonini beradi. Shuning uchun, Siz bo'lishayotgan har bir narsa beiz qolmasligini - Sizning izingizni qoldirishini anglash muhim. Keyin nima bo'ladi? - target reklama - marketing va ijtimoiy tadqiqotlar va h.k. Yuqorida sezilarli zarar keltirmaydigan, kezi kelsa, foydali misollar keltirildi. Biroq Siz haqingizdagi axborot servis va platformalarda narx-navo shakllanishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin, bu esa zaruriy mahsulotlar reklamasidek yoqimli emas. Yodingizda bo'lsin, hech bir ijtimoiy tarmoq ma'lumotlar o'g'irlanishi xavfidan mutlaq himoyaga ega emas. Demak, Siz izlagan ma'lumotlar tarixi va kontent bilan bog'liq harakatlaringiz jinoyatchilar qo'liga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun ham bugun har bir ongli foydalanuvchi uchun raqamli savodxonlik ko'nikmalariga ega bo'lish va o'z ma'lumotlarini qanday himoyalashni bilish muhim.


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling