6-mavzu: Rostlash organlarini o`lchamlarini hisoblash va tanlash. Zatvorni sijitish uchun uni siljituvchi kuchni, momentni hisoblash
Download 54.51 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zatvorni sijitish uchun uni siljituvchi kuchni, momentni hisoblash
6-mavzu: Rostlash organlarini o`lchamlarini hisoblash va tanlash. Zatvorni sijitish uchun uni siljituvchi kuchni, momentni hisoblash. Rostlash organlarini o’lchamlarini hisoblash va tanlash. Ijro etuvchi qurilma o`lchamini to`g’ri aniqlash avtomatik boshqarish tizimini sifatli ishlashini zaruriy sharti hisoblanadi. Umumiy holatda ijro etuvchi qurilmalarni hisoblash va tanlash masalasi quyidagi bosqichlardan iborat: rostlanayotgan muhit(bosim, harorat, cho`ziluvchanlik va boshqalar)ning xususiyatlari va fizik parametrlarini aniqlash; ijro etuvchi qurilma rostlash organi orqali o`tuvchi muhitning bosim va sarf farqining boshlang’ich qiymatlarini hisoblash va aniqlash; shartli o`tkazish qobilayati ni aniqlash va ijro etuvchi qurilma turini tanlash; rostlash organining o`tkazish tavsifini tanlash, hisoblash yoki grafik tuzilishi; ijro etuvchi qurilmaning dinamik xususiyatlarini aniqlash va uning boshqarish tizim dinamikasiga ta’sirini aniqlash(oydinlashtirish). Hisoblashlarning murakkabligi, hajmi va zaruriy aniqligi har bir bosqich bo`yicha rostlanayotgan muhitning parametrlari va xususiyatlari hamda rostlash sifatiga talablar orqali aniqlanadi. Rostlash organining o`lchami uning shartli o`tkazish qobilyati qiymati orqali aniqlanadi. Muhit(siqilmagan suyuqlik)ning rostlash organi orqali o`rnatilgan oqim harakatini ko`rib chiqamiz: bu yerda p – muhit bosimi, kgc/m2; - muhit zichligi, kg/m3; - oqim tezligi, m/sek; h – ishqalanish tufayli bosim yo`qolishi, m; - erkin tushish tezlanishi, m/sek2. Ishqalanish hisobiga bosimni yo`qolishini Veysbax formulasi orqali iiqsh fodalab, (1) tenglamani kirish va chiqish kesimlari chegaralarida integrallaymiz: bu yerda - o`lchamsiz koeffisiyent, odatda eksperimental yo`l bilan aniqlanadigan gidravlik qarshilik uchun xarakteli bo`lib, gidravlik qarshilik koeffisiyenti deb ataladi. Chunki zatvor va egar orasidagi rostlash organi o`tkazish kesimidagi oqim tezligi biriktiruvchi patrubkadagi tezlikdan ancha katta, u holda amaliyot uchun yetarli aniqlik bilan tenglamaning chap qismi ikkinchi hadini hisobga olmaslik mumkin. (3) tenglamaga =100Q/F oqim tezligini almashtirib va [p]=kgs/sm2; [ ] ni qabul qilib, quyidagi ifodaga ega bo`lamiz bu yerda Q – muhit sarfi, m3/soat; F – o`tish kesimi maydoni, sm2. hadi rostlash organining o`tkazish qobilyati nomlanadi. Shunday qilib, o`tkazish qobilyati ikkita moilni hisobga oladi: o`tkazish kesimi maydoni va rostlash organidagi o`yish joyining ko`rinishi. (4) formula ko`rinishga ega bo`ladi. Zatvorni sijitish uchun uni siljituvchi kuchni, momentni hisoblash Ijro etuvchi qurilmalarning zatvorini siljitish uchun zaruriy kuch va kuch momentini rostlash organidagi bosimlar farqi kuchlarni aniqlaydi, bu kuchlarga ijro etuvchi mexanizm, shuningdek drosselli sirtlarning yeyilishi hisob kitob qilinadi. Muhitning statik va dinamik ta’sirlaridan holi bo`lgan zatvorga ega ijro etuvchi qurilmalarning ko`plab ko`rinishlari uchun chegaraviy ruxsat etilgan bosimlar farqi ijro etuvchi mexanizm quvvatiga bog’liq holda o`rnatiladi. 1-rasm. Pnevmatik porshenli ijro mexanizmi. ∆P=Pki1-Pkir2 – bosimlar farqi. Ijro etuvchi qurilma IQ ning asosiy tavsiflaridan biri ijro etuvchi mexanizm IM chiqish organi orqali rostlash organiga uzatiluvchi siljituvchi kuch (moment) kattaligi hisoblanadi. Bu kattalik odatda texnik pasportida ko`rsatiladi va IQ ni tanlashda va energatik hisob kitobida muhim hisoblanadi. Siljitish kuchini yuzaga keltiruvchi energiya turiga qarab IM pnevmatik, gidravlik va elektrik turlariga. Bir vaqtning o`zida ikkita energiya turidan foydalaniladigan IM lar mavjud: elektropnevmatik, elektrogidravlik va pnevmogidravlik. Ulardan eng keng tarqalgani elektrogidravlik IM hisoblanadi. Pnevmatik IM larda siljituvchi kuch siqilgan havo bosimini membrana, porshen yoki silfonga ta’siri hisobiga yuzaga keladi. Shunga bog’liq holda pnevmatik IM lar membranali, porshenli va silfonlilarga bo`linadi. Pnevmatik IQ larda siqilgan havo bosimi odatda 103kPa dan oshmaydi. Gidravlik IM larda siljituvchi kuch suyuqlik bosimi membrana, porshen yoki parrakka ta’siri hisobiga paydo bo`ladi. Gidravlik IM lar bunga bog’liq holda membranali, porshenli va parraklilarga bo`linadi. Gidravlik IQ larda suyuqlik bosimi odatda (2,5-20) 103 kPa oraliqda bo`ladi. Gidravlik IQ larning alohida kichik sinfi gidromuftali IQ dan tashkil topadi. Pnevmatik va gidravlik membranali va porshenli IM prujinali va prujinasizlarga bo`linadi. Prujinali IM larda bir yo`nalishdagi siljituvchi kuch IM ning ishchi bo`shlig’idagi bosim orqali yuzaga keladi, teskari yo`nalishda esa siqilgan prujina bikrligik kuchi yordamida hosil bo’ladi. Prujinasiz IM larda ikkila yo`nalishlardagi siljituvchi kuch mexanizm ishchi organidagi bosimlar farqi orqali yuzaga keladi. Download 54.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling