Magnit maydon oqimi va tokli ramkani aylantiruvchi momentni o`rganish


Download 12.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi12.68 Kb.
#1502865
Bog'liq
Referat Qodirov.X 20232531



Dastur nomi: “Magnit maydon oqimi va tokli 
ramkani aylantiruvchi momentni o`rganish”. 
 
Funktsional imkoniyatlari: Ilova ishga tushirilganda uchta 
menyu chiqib keladi, ekranning pastki qismida joylashgan navigatsiya 
menyusi orqali shu uch oynalarning biriga (“Home”, “Animation”, 
“Info” oynalariga) o`tish mumkin.
Birinchi oyna (“Home” menyusi) orqali dastur foydalanuvchiga 
ikki bo`limdan biriga o`tish mumkin bo`lgan interfeysni taqdim etadi: 
Oyna yuqorisida turgan 
birinchi card ko`rinishidagi ramka 
orqali dasturning birinchi qismi ishga 
tushiriladi. Bunda birinchi ramkadagi 
“Boshlash” tugmasini bosish orqali 
“sirt yuzini kesib o`tayotgan magnit 
maydon kuch chiziqlarini sonini 
aniqlash” (Φ=B*S*cosα (1.1)) ga 
mo`ljallangan oynaga o`tiladi. Bu 
oynada esa yuqoridagi (1.1) 
formulada keltirilgan barcha 
birliklarni hisoblay oladigan interfeys 
keltiriladi. 
Pastda turgan ikkinchi ramka 
orqali esa dasturning birinchi qismi 
ishga tushiriladi. Bunda ikkinchi 
ramkadagi “Boshlash” tugmasini 
bosish orqali “tokli ramkani 
aylantiruvchi momentni ramka yuzasi
magnit induksiya va ramkadan 
o`tayotgan tok kuchi orqali aniqlash” 
(M=I*B*S (1.2)) ga mo`ljallangan 


oynaga o`tiladi. Bu oynada esa yuqoridagi (1.2) formulada keltirilgan 
barcha birliklarni hisoblay oladigan interfeys keltiriladi. 
Quyida aynan birinchi va ikkinchi ramka oynalari keltirilgan: 
1-oyna 2-oyna 


Navigatsiya menyusida turgan ikkinchi tugma “Animation” 
tugmasini bosish orqali o`tilgan oynada ushbu dasturda foydalanilgan 
formulalarni amaliyotda qanday qo`llash haqida animatsion videolar 
keltirilgan. 
Bu yerda ikkita o`quv 
video-roliklari keltirilgan 
bunda yuqori ramkada 
joylashgan video-rolik (1.1) 
formulani, quyidagi video-
rolik esa (1.2) formulani 
hisoblash zaruriyatini 
amaliyotda qanchalik muhim 
ekanligini ifodalab beradi. 


Navigatsiya menyusida turgan uchinchi tugma “Info” tugmasini 
bosish orqali o`tilgan oynada ushbu dastur davomida ketirilgan 
formulalarning nazariy tomonlama izohi keltiriladi. 


Qo'llanilish sohasi: O`rta ta’lim muassalarida magnetizm 
bo`limining “Magnit maydon oqimi va tokli ramkani aylantiruvchi 
momentni o`rganish” mavzusini o`rganishga va keltirilgan 
kattaliklarni hisoblashga qaratilgan. 
Kompyuter turi: Android tizimining 5.0 versiyasidan yuqori 
bo`lgan barcha dasturiy ta’minotda ishlay oladigan devayslar 
(minimal holatda android planshetlar, smartfonlar, emulyatorlar va 
h.k). 
Operatsion tizim: Android. 
Dasturlash tili: Java, XML, Kotlin. 
Dastur hajmi: 14 MB. 
Izoh: Depandentlangan titul varaq avvalgi yozishmalarda keltirilgan. 

Download 12.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling