6-mavzu: Shaharlarda shovqin muammosi


Download 28.63 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi28.63 Kb.
#1644902
1   2   3   4
Bog'liq
ekologiya 6

Avtotransport. Shovqin asosan shaharlarning magistral, ya'ni asosiy kuchalarida kayd etilgan. Urta intensiv xarakatda- 1 soatda 2000-3000 transport birligi kayd etilgan. Shovqinning maksimal darajasi 90-95 dBA -ga teng.
Transport harakatining (oqimining) shovqin xarakteristikasi birinchi navbatda yul kategoriyasiga bog'liqdir. Ko'chadagi shovqin darajasi transport xarakatining intensivligi, tezligi va xarakteridan aniklanadi.
Sanoatlashgan shaharlarda og'ir yuk tashish transportlarning harakati nihoyatda ko‘pdir. Shovqin darajasining balan bulishi ogir yuk mashinalarning va dizel dvigatelli mashinalarning harakatiga bog‘liqdir. Avtomobil qatnov yo‘llarida paydo bo'lgan shovqin har tomonga tarqaladi.
Aholi yashaydigan joylarda shovqin darajasini kamaytirishning turli yullari mavjuddir: transport vositalarning xarakat paytida tezligini pasaytirish va uni nazorat kilish; ba'zi avtomobil turlariga aholi ko'p yashaydigan joylardagi magistral ko'chalarida xarakatini ta'kiklab kuyish; yashash binolarining tovush-izolyasiyasini yaxshilash; avtomobil dvigatellarining kismlarini mukammallashtirish.
Temir yullari transportlari. Poezdlarning tezligini oshirish natijasida shovqin darajasini kutarishi qayd etilgan. Harakatlanayotgan elektropoezdlarning maksimal shovqin darajasi 7,5 km masofada - 93 dBA tashkil etadi. Yulovchi tashish poezdlarning maksimal shovqin darajasi 91 dBA va yuk tashuvchi poezdlarning shovqin darajasi 92 dBA tashkil etadi. Agar elektropoezdning tezligi 35 km/soat bo'lsa uning shovqin darajasi 82 dBA tashkil etadi.
Shaxar transportlarining ichida eng ko'p shovqin paydo kiluvchisi- tramvay hisoblanadi. Uning harakatdagi shovqin darajasi 10 dBA ko'pdir. Tramvayning dvigateli ishlab turganda, eshiklarining ochilishida, va tovush signallari berilganda shovqin arajasi ko'tariladi.
Bunday shovqinlarning kamaytirish chora-tadbirlari ishlab chikilgan. Masalan, tramvay kuzovlarida pnevmatik podvekalar qo'llanilmokda, amortizasiyani yaxshilash, dvigatellarning rotorlarini balansirovka kilish, gildiraklarda elastik elementlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Download 28.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling