6-mavzu. Chig’atoy ulusi davrida O’zbekistonning tarixiy shaharlari. Reja


Download 95 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi95 Kb.
#1462309
  1   2
Bog'liq
6-mavzu


6-mavzu. Chig’atoy ulusi davrida O’zbekistonning tarixiy shaharlari.
Reja.
1. Chigatoy ulusining tashkil etilishi, uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti.
2. XIII-XIV asrning birinchi yarmida O’rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti


Tayanch tushunchalar.
Chig’atoy ulusi, shaharlar tarixi masalasi, vayron bo’lgan shaharlarning qayta tiklanishi, yangi shaharlarning vujudga kelish omillari, Shaharlarning vazifasi, Moddiy madaniyat, Ishlab chiqarish, savdo, San’at va din.

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Axmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari. T., «O’qituvchi» , 1991.

  2. O’zbekiston Milliy Yensiklopediyasi. 13-jildlik. T., «O’zME», 2000-2006 y.

  3. История Самарканда .,Т-1..1-1969

  4. Всеобщая история архитектуры Т-И, М-1963 г.

  5. Mamaraximov K., Berdimurodov A. Samarqand. T., 2000 y.

  6. Бабаджанова Г. И., Колбинсев А.П., Манковская Л.Ю. По древним городам Узбекистана М..: 1988 г.

  7. Шишкин В. Архитектурные памятники Бухары Т., 1936.

  8. Манковская Л. Ю. Архитектурные памятники Кашкадари. Т., «Узбекистан», 1979.

9. Пугаченкова Г. А. Термез, Шахрисабз, Хива. М., 1976.


  1. Chigatoy ulusining tashkil etilishi, uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti.
    Chingizxon hukmronligining so’ngi davrlariga kelib, qo’l ostiga kiritgan barcha hududlarni avlodlari o’tasida taqsim qiladi. Chunonchi, Irtish daryosining narigi tomonidan to "mo’g’ullar otining tuyog’i yetgan joygacha" bo’lgan yerlar, Sirdaryoning quyi oqimi va Xorazmning shimoliy – g’arbiy qismlari to’ng’ich o’g’li Jo’jiga berildi. Qashqar, Yettisuv va Movarounnahr yerlari Chingizning ikkinchi o’g’li Chig’atoyga berildi. Keyinroq Baroqxon /1266-1271/ davrida Chig’atoylar xukmronligi xozirgi Shimoliy Afg’on hududlarigacha yoyildi. Chig’atoy o’rdasi /ko’shi/ Ili daryosi bo’yida edi. Uchinchi o’g’il adoy / Chig’atoy/ ga esa g’arbiy Mo’g’uliston va unga tutash o’kalar ajratildi. Kenja o’g’il To’luyxonga ota ulusi - Xanka-Mo’g’uliston, ya'ni shimoliy Mo’g’uliston meros qilib berildi. Keyinchalik Chingizxonning jaxongirlik yurishlarini davom ettirib, Sharqiy Yevropaning katta qismini bosib olib, Oltin o’rdaga asos solgan uning nabirasi Botuxon hukmronligi davrida /1227-1255Y./ Movarounnahrning qator hududlari, chunonchi, Xorazm shimoli, Sirdaryo quyi etaklari ham uning ta'sirida bo’lgan. Chig’atoy avlodlaridan Olquy /1261-1266/, Baroqxon /1266-1271/ davrlariga kelibgina Chig’atoy ulusi /Movarounnaxr yerlari/ Oltin O’rda ta'siridan holi bo’lishga muvaffaq bo’ladi.

Shunday qilib, Chingizxon avlodlari o’rtasidagi merosni bo’linish natijasida Movarounnahr asosan Chig’atoy va uning vorislariga o’tib, u Chig’atoy ulusi nomi bilan atala boshladi. Endilikda Mo’g’ul xukmdorlari Movarounnahr o’lkasini boshqarishga kirishar ekanlar, ular qanday qilib bo’lmasin, uning xalqini yanada itoatga keltirish, bu yerdan mo’g’ul zodagonlari uchun ko’proq soliq va o’lponlar undirish, qo’shimcha majburiyatlar yuklash harakatida bo’ladilar. Qizig’i shundaki, mo’g’ullar Movarounnahrni idora etishda bu yerlik juda ko’plab sotqin, xoin kimsalar xizmatidan ustamonlik bilan foydalandilar. Shu o’rinda Mahmud Yalovach, Badriddin Amid, Xasan Xo’ja, Ali Xo’ja, Yusuf O’troriy, Qutbiddin Xabash Amid singari mo’g’ul hukmdorlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan mahalliy amaldorlar ismlarini keltirib o’tish joizdir. Shu boisdan ham ulug’ xon Ug’yedyey /1227-1241/ va Movarounnahr hukmdori Chig’atoy /1127-1241/ davrida bu hudud ular tomonidan mahalliy yirik savdogar, diplomat, sotqinlik evaziga mo’g’ullar ishonchini qozongan Mahmud Yalovach tasarrufiga berilgani tasodifiy emasdir. U xon nomidan raiyatni boshqaradi. Uning qarorgohi /poytaxti/ Xo’jand edi. Harbiy hokimiyat, aholini ro’yhatdan o’tkazish, soliq yig’ish ishlari doruxachi va tamhach deb ataluvchi mo’g’ul amaldorlari qo’lida bo’ladi. Mo’g’ul boshoqlari ixtiyoridagi ko’p sonli jangchilar Mahmud izmiga bo’ysundirilgan. Aholidan markaziy hokimiyat xazinasi uchun quydagi soliqlar undirilgan:
1. Kalon yoki yer solig’i. Dehqon yerning sharoitiga va sifatiga qarab hosilning o’ndan birini to’lagan. Oliy mansabdorlar undan holi bo’lganlar.
2. Ko’pchar va shulsi solig’i. Ko’chmanchi aholidan ko’pchar solig’i bo’yicha har yuz bosh qora moldan bittasi olingan. Shulsi solig’i bo’yicha har bir qora mayda moldan bir qo’y, ming otdan bir biya olingan.
3. Tarqu solig’i hunarmandlar va savdogarlardan olinib, ishlab chiqarishdan yoki sotilgan molning o’ttizdan bir qismi hajmida belgilangan.
4. Tuz solig’i;
5. Jou va kumush solig’i.
Bundan tashqari aholi turli-tuman to’lovlar berishga majbur etilgan. Masalan, aholi savdo yo’llarida bekatlar-yomlar uchun go’sht, un, guruch berishga hamda yomlar uchun ot-ulov berishga ham majbur etilgan. Bosib olingan mamlakat hunarmandlari "din tugun" deb atalgan maxsus o’lpon to’lab turganlar.
Mo’g’ullarning Movarounnahr hududini bosib olib, shib-shiydom etib, talon-taroj qilishi, so’ngra mahalliy aholini haddan ziyod soliq, o’lpon va to’lovlar yo’li bilan zulm-asoratga duchor etishi, pirovard oqibatda xalqning ko’tarilishiga, erki, mustaqilligi uchun hal qishiga sabab bo’ldi. 1238 yilda Buxoro yaqinidagi Torob qishlog’ida boshlangan oddiy elaksoz, hunarmand Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qozg’aloni shu tariqa yuz bergan edi. Kelgindi mo’g’ul zodagonlarining mahalliy yuqori tabaqa vakillari bilan til biriktirib, bechora hol xalqni talab, boylik ortirayotganligi, shohona ayshu ishrat qurayotganligi, oddiy fuqaroning turmushi tobora nochorlashib boryotganligi Mahmud Torobiy va uning maslakdoshlarini g’azabga keltirdi va qo’lga qurol olib mo’g’ullar zulmini ag’darib tashlash uchun kurashga undadi. Uning tevaragiga ming-minglab alamzada oddiy mehnat kishilari to’planishdi. Buxoro atrofidagi qishloqlar aholisi bilan ko’payib borgan qozg’alonchilar Buxoroga kelib, mo’g’ul amaldorlarini, shuningdek mahalliy zodagonlar, sadrlarni yengib, shaharni egallaydilar. Buxoro sadrlari Mahmud Torobiy hokimiyatini tan olib, uni xalifa deb e'lon qilishga majbur bo’ladilar.
Mahmud Torobiy Buxoroni egallagach, hukmron kuchlar hokimiyatini cheklaydi va oddiy xalq manfaatlarini ko’zlaydigan bir qator tadbirlar o’tqazadi. Shu boisdan ham Torobiy shaxsini kamsitishga uringan tarixchi Juvayniy bu xususda shunday yozadi: "amaldor va mo’tabar zotlarning katta qismini u haqorat qildi, kamsitdi, ayrimlarini o’ldirdi, qolganlari qochishdi. Oddiy fuqaroga va daydilarga esa hurmat-izzat ko’rsatdi". Qo’zg’alonchilar zarbidan Karmanaga qochgan mo’g’ul boskohlari va amirlari qozg’alonni bostirish uchun yangidan katta kuch to’playdilar va Buxoroga yurish boshlaydilar. Ammo bu davrga kelib katta kuchga aylangan qozg’alonchilarning qo’li baland keladi. 10 mingdan ziyod mo’g’ul askarlari qirib tashlanadi. Mo’g’ullar yana Karmanaga chekinishga majbur bo’ladilar. Biroq qozg’alonchilar g’alabasi ham ularga qimmatga tushadi. Negaki mana shu hal qiluvchi olishuvda qozg’alon rahnamolari - Maxmud Torobiy va Shamsiddin Maxbubiylar halok bo’ladi. Bu esa qozg’alonchilarning amalda yakkalanib qolishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun ham tez orada qozg’olonga qarshi yuborilgan Eldiz No’yon va Jikan Garchi boshchiligidagi mo’g’ul qo’shinlari uni tor-mor etadilar. Bu jangu jadal to’qnashuvda 20 mingdan ziyod qozg’alonchilar xalok bo’ladi. Garchi bu xalq qo zg’oloni mag’lub etilsa-da, biroq u Movarounnahr erksevar xalqining ozodlik va mustaqillik yilidagi mardonavor kurashi, qat'iyatini to’la namoyon etdi. Ayni chog’da Torobiy qozg’aloni mo’g’ul hukmdorlari uchun mahalliy xalq bilan munosabatlarini qayta ko’rib chiqish, boshqacha siyosiy va taktik yillarni qo’llashi uchun ham muhim saboq berdi. Mahalliy xalq orasida ancha jabrsizlanib qolgan Maxmud Yalovachning mo’gul hukmdorlari tomonidan Movarounnahrdan olinib, Pekinga xokim etib tayinlanishi, uning o’rni katta Ali Ma'sudbekka berilishi ham qozg’alonning muhim saboqlaridandir.
Darhaqiqat, Ma'sudbekning Movarounnahrdagi hukmronlik davri (1238-1289 yil) ni ko’zdan kechirar ekanmiz, bu shaxsning otasidan keskin farqli o’laroq hayotda ustakorlik, ehtiyotkorlik bilan ish yuritganligini, siyosiy, diplomatik sohalarda epchillik bilan siyosat olib borganini ko’ramiz. Gap shundaki, Ma'sudbek bir tomondan, hukmron mo’g’ul xonlari, aslzodalari bilan umumiy til topishga harakat etib, ularning manfaatlari, qiziqishlariga mos keladigan siyosat yurgizgan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, Movarounnahr hududlarining iqtisodiy yuksalishi, savdo-sotiqning jonlanishi, siyosiy barqarorlikni ta'minlash bobida katta sa'y-harakatda bo’ldi. Bu esa o’lkada ko’pgina muhim ijobiy o’zgarishlarning yuzaga kelishida yaqqol namoyon bo’ldi. U mo’g’ul xonlari o’rtasidagi toju-taxt, hukmronlik uchun yuz bergan o’zaro ihtiloflardan ustalik bilan foydalanish, ayniqsa o’lkada savdo-sotiqni jonlantirish, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U o’zining nufuzli ta'siri bilan mo’g’ullar ulug’ hoqonlari-Guyukxon (1246-1248), Manguxon (1251-1260) hamda Chig’atoy xonlaridan Olquyxon (1261-1266) singari hukmdorlarni Movarounnahrga nisbatan tinchlik va osoyishtalik o’rnatishga ko’ndira bildi.
Ma'sudbekning bevosita tashabbusi bilan 1271 yilda o’tkazilgan pul islohati muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bir xil vazn va o’lchovdagi sof kumush tangalar zarb etildi. Bu tangalar qayerda zarb etilishidan qat'iy nazar umumdavlat muomalasiga kiritildi.
Pul islohati savdo-sotiq va xo’jalik ishlarida ijobiy voqea bo’ldi. Bu tadbirning muhim tomoni shundaki, kumush tangalar zarb etish emin-erkin bo’lib, xohlagan shaxs o’z kumush buyumini zarbxonaga olib kelib, o’zi istaganicha sof kumush tangaga aylantirishi mumkin edi.
Ma'sudbek davrida mo’g’ullar istilosi paytida xonavayronlikka yuz tutgan Buxoro, Samarqand, Xo’jand, Toshkent, Termiz singari shaharlar ancha gavjumlashib, yangidan savdo-sotiq, hunarmandchilik ishlari rivojlanib bordi. O’sha davr me'morchiligi, shaharsozligi talablariga javob beradigan bir qator yangi obod shaharlar, jumladan, Andijon, Urganch, keyinroq Qarshi shaharlari bunyod topadi. Farg’ona muzafotidagi Uzgan, Axsikent, Marg’ilon, Isfara, Kubo /xozirgi Quva/ shaharlari ham o’sha zamonning obod va rivojlangan shaharlari sirasiga kirgan.
Movarounnahr hududlarida yuz bergan bu xildagi ijobiy o’zgarishlarda Chig’atoy ulusi xoni tashabbusi bilan mo’g’ul o’n yonlari va shahzodalarining 1269 yilda Talas vodiysida bo’lib o’tgan Qurultoy va undagi tarixiy kelishuvning roli va ta'siri katta bo’ldi. Mazkur Qurultoy barcha mo’g’ul xonlari, aslzodalariga qayerda yashashlaridan qat'i nazar mahalliy aholi hayoti, turmush tarziga aralashmaslik, belgilab qo’yilgan soliq, to’lovlar bilan qanoatlanish, ekin maydonlarini payxon qilmaslik majburiyatini yukladi. Ularni Movarounnahr yerlariga ko’chib, asta sekin o’troq hayotga o’ta borishga da'vat etdi. XIII asrning ikkinchi yarmiga kelib mo’g’ullarning mahalliy aholiga, ularning turli ijtimoiy qatlamlariga nisbatan munosabatlari ham keskin o’zgarib bordi. Dastavval mo’g’ullarning hukmron doiralari yerlik aholining yirik mulkdorlari, ruhoniylari, savdo-sotiq, hunarmand tabaqalari bilan umumiy til topib boradi. Bu hol shaharlar hayotining to’la tiklanishi, gavjumlashishida, savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi, hunarmandchilik turlarining ko’payib, yuksalib borishida, ziroatchilik tarmoqlarining o’sishi, karvon yo’llarining izga tushishida yorqin ko’zga tashlanadi. Ayni paytda bir mahallar islom arkonlarini oyoq-osti qilgan, din peshvolarini tahqirlab, xo’rlagan mo’g’ul xonlari, amaldorlari tarixiy vaziyat taqazosi bilan endilikda o’z qarashlarini o’zgartirib, musulmon ruhoniylariga xayrixohlik va hurmat bilan munosabatda bo’la boshladilar.
XIV asr birinchi choragiga kelib, Chig’atoy ulusida islom rasmiy davlat dini maqomiga ega bo’ldi. Mo’g’ul ulug’larining islomga munosabatining o’zgarishi, asta-sekin uni qabul etishi ularning mahalliy aholi bilan yaqinlashuvi va shu hududda chuqur tomir otib borishlarida o’z ifodasini topib bordi. Shuningdek mo’g’ul qabilalari, elatlari bilan birga XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko’plab turkiy urug’-qavmlar ham Movarounnahrga kelib o’rnasha boshladi. Jumladan, barloslar Qashqadaryoda, jaloirlar Ohangaron vodiysida, arlotlar Afg’oniston shimolida, kavuchinlar Tojikiston janubida, turkiylashgan mo’g’ullar urug’i-so’fiylar Xorazmda joylashib, chuqur tomir otib bordi. Bu esa turkiy xalqlar, elatlarning o’lkadagi mavqeining yanada mustahkamlanishiga, turkiy til va uning shevalari ta'sirining ortib borishiga bois bo’ldi. XIV asrdan boshlab Chig’atoy ulusida mo’g’ul xonlari boshqaruvi sohasida ham muhim o’zgarishlar yuz beradi. Bu o’zgarishlar, dastavval, Chig’atoy xonlaridan Duvoxon /1282-1306/, uning xillari Kebekxon /1318 - 1326/, Tarmashirin /1326 - 1334/ nomlari bilan bog’liqdir. Jumladan, Duvaxon davrida katta vakolatga ega bo’lgan Ma'sudbek singari yurt hukmdorlari sa'i-harakatlari bilan shaharsozlik rivojlanganligi, savdo-sotiq aqli katta naf topganligi, qishloq xo’jaligi ancha yuksalganligi ko’zga tashlanadi. Kebekxon esa o’z qarorgohini mo’g’ul hukmdorlari orasida birinchi bo’lib Movarounnahrga ko’chirdi. Qashqadaryo vohasidagi Nasaf shahridan uncha uzoq bo’lmagan joyda uning buyrugi bilan saroy /mo’g’ulcha ma'nosi "Qarshi"/ bunyod etilib, qarshi nomi bilan poytaxtga aylantirilishi o’sha davrning muhim voqealaridan bo’lgan.
Kebekxonning muhim xizmatlaridan yana biri-bu uning pul va ma'muriy-hududiy sohalarda o’tkazgan islohotlaridir. Xususan 1321 yilda o’tkazilgan pul islohotida Hulagiylar davlati va Oltin O’rdadagi amaldagi pul tizimi hisobga olingan edi. Og’irligi 8 grammdan ortiq bo’lgan yirik kumush tanga 1 dinor deb atalgan, u 8 dirhamga, ya'ni 8 ta mayda tangachaga teng bo’lgan. Yangi pul birligi "Kepaki" nomi bilan mashhur bo’lgan. 1 dinor kepakiyning vazni ikki misholga, bir dirham kepakiy esa 1/4 misholga teng bo’lgan. Islohotning dastlabki yillarida Kebek nomi bilan mashhur bo’lgan bu tangalar ko’plab hajmlarda Samarqand va Buxoroda zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu ikki xil qimmatga ega bo’lgan kumush tangalar keyinchalik boshqa hukmdorlar tomonidan ham chiqarilgan. Masalan, Tarmashirin davrida o’trorda ko’plab kumush tangalar chiqaradigan zarbxona muntazam ishlab turgan. Kebekning pul islohoti tashqi va ichki savdoning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratib berishga xizmat qildi.
Ma'muriy islohotga ko’ra Movarounnahr hududlari tumanlar (mo’g’ullar tartib qilgan 10 ming askar beradigan, aholisi 40-50 ming nafar bo’lgan, hozirgi tumanlarimizga qiyos etsa bo’ladi -izoh mual.) ga bo’lindi. Jumladan, Samarqand viloyatida 7 ta, Farg’ona viloyatida 9 ta tuman tarkib topgan. Kebekxonning o’lkada tinchlik, osoyishtalik va totuvlik o’rnatish borasidagi siyosatini Tarmashirin izchil davom ettirdi. U islomni qabul etib, uni davlatning rasmiy dini darajasiga ko’tardi. Kebekxon yo’nalishida siyosat yurgizgan mo’g’ul xonlarining navbatdagi vakili Qozonxon /1334-1346/ ham Movarounnahr hududlari birligini saqlash, tubjoy aholi manfaatlarini himoya qilish uchun mahalliy mo’g’ul va turk amirlari, o’n yonlarining olib borayotgan bir yoqlama kurashlarini bartaraf etishga intildi. U o’zi uchun qarorgoh sifatida Qarshi bilan Buxoro oraligida (hozirgi Muborak tuman hududida) mashhur Zanjirsaroy qal'asini qurdirdi. Biroq markazdan qochuvchi kuchlarning, dastavval, ko’chmanchi mo’g’ul amirlarining kuchayib borayotgan ta'siri va fitnasi oqibatida 1346 yilda G’ozonxon qatl etiladi. Shundan so’ng hokimiyat tepasiga kelgan amir G’ozonxon (1347-1358) o’tmishdoshlaridan keskin farq qilib ko’chmanchi mo’g’ul zodagonlari manfaatlarini yoqlab siyosat yurgizdi. Uning o’zi ham bir joyda muqim yashamasdan ko’p vaqtni gilonchilik yurishlarida o’tkazardi. Buning oqibatida uning davrida mahalliy aholi tub manfaatlari bilan mo’g’ul hukmdorlari manfaatlari tobora zid kela bordi. Bu esa Movarounnahrda yana siyosiy vaziyatning keskinlashuviga, hokimiyatga intiluvchi kuchlarning faol harakatga kelishiga sabab bo’ldi. Bu kurashlarning avj olib borishi oqibatida amir G’ozokon ham halok bo’ladi.
Ayniqsa XIV asrning 40-60 yillariga kelib Movarounnahrning hududiy parchalanishi kuchayib borganligi, markazdan qochuvchi kuchlarning besamar urushlari, ayrim mo’g’ul xonlarining nomigagina hukmdor bo’lib, amalda ayrim ta'sirli sulolaviy kuchlar qo’lida qo’g’irchoq bo’lganligi-bular shak-shubhasiz, o’lka hayotining har jihatdan tushkunlik va tanazzullik girdobiga g’arb etdi. XIV asrning 40 yillarida Chig’atoy ulusi ikki qismga: Yettisuv, Farg’onaning sharqiy qismi, Sharqiy Turkistondan iborat Mo’g’ulistonga va harbiy ulus, ya'ni Movarounnahrga bo’linib ketdi.
Bunday sharoitda Movarounnahr yurtini birlashtirish, mahalliy hukmdor unsurlarning o’zboshimchalik, boshdoqlik harakatlariga chek qo’yish, jafokash xalqni mo’g’ullar zulmi va istibdodidan butkul xalos etish va unda qudratli markazlashgan davlat barpo etishdan iborat yuksak vazifa tarixiy zaruriyat taqazosi bilan kun tartibiga qo’yildi. Uni muvaffaqiyatli uddalash esa ulug’ bobokolonimiz Amir Temurga nasib etdi.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling