6-Mavzu: Shamchalar. Bisokodil shamchasini ishlab chiqarish


Download 85.5 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi85.5 Kb.
#1228145
Bog'liq
6чи лаборатория


6-Mavzu: Shamchalar. Bisokodil shamchasini ishlab chiqarish.

Shamchalar (lotincha – suppositoria) dori moddasi va shamcha asosidan tashkil topgan yumshoq dori shakli bo‘lib, eramizdan oldingi 2600 yildan boshlab, Misr va Mesopatiya xalqlari tomonidan o‘simlik va hayvon yog‘laridan shuningdek, asal, o‘simlik, sharbatlari va mumlardan shamcha sifatida foydalanib kelinganligi haqidagi ma’lumotlar qadimiy yozuvlarda o‘z aksini topgan. Shamchalar xona haroratida qattiq, tana haroratida suyuqlanuvchi yoki eruvchi, tarkibida bir yoki ikki, ba’zan undan ko‘p dori moddasi va yordamchi moddalar saqlagan, dozalarga bo‘lingan dori shakli bo‘lib, asosan tananing bo‘shliqlariga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.




6-Amaliy mashg’ulot
0,01 g Bisokodil shamchasi-Suppositorii Bisocodilum rectali 0,01 g. МХ 42Уз 11280-2021
Vazifa.

  1. 10 dona 0,01 g li bisokodil shamchasini quyish usuli bo’yicha tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.
Bisokodil - 0,01 g.
Moyli asos - 1,12 g li shamcha hosil bo’lguncha.


Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.

  1. Bisokodil va moyli asos.

  2. Tosh va tarozi, kimyoviy stakan, chinni kosacha, suv hammomi va qoliplar, sekundomer, sovunli spirt aralashmasi, sovutgich.

  3. Sochiq, tibbiyot dokasi va shamchalarni solish uchun idish.

  4. Shamchani to’liq deformatsiyaga uchrash vaqtini aniqlash uchun asbob.



Ishni bajarish tartibi.

Kerakli miqdorda asos tortib olinib, stakanga yoki chinni kosachaga solinadi, asos qaynab turgan suv xammomida 3-4 daqiqa eriguncha ushlab turiladi. So’ngra asosga bisokodil solinadi.


Tayyorlash jarayoni tasviri



Hosil bo’lgan aralashma suv hammomida bir xil massa hosil bo’lguncha shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi. Massa oldindan tayyorlab qo’yilgan qoliplarga quyiladi. Qoliplar sovitgichga 20-30 daqiqaga qo’yib qo’yiladi so’ngra, shamcha qolipdan ajratib olinadi. Qolipni ishga tayyorlash uchun sovunli spirt aralashmasi bilan artiladi va sovitgachga 15-20 daqiqa qo’yib qo’yiladi. Qolipni sovitgichni muzlatkichiga qo’yish mumkin emas, aks xolda shamchaning sifatiga putur etadi.
Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling