6-mavzu. Shaxs psixodiagnostikasi Reja
Download 47 Kb.
|
6-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs psixologik qiyofasini o’rganish.
6-mavzu. Shaxs psixodiagnostikasi Reja: Shaxs psixodiagnostikasida qo’llaniluvchi metodik vositalarning turlari. Shaxs so’rovnomalarining keng tarqalgan namunalari haqida. Shaxs psixodiagnostikasida obektiv va situatsion testlardan foydalanish muammolari. Shaxsning qadriyatlar orientatsiyasini diagnostika qilish. R.B.Kettell va F. Vorberton (R.B.Cattell, F.Warbuton,1967) tomonidan ishlab chiqilgan shaxsni o’rganish so’rovnomasi bir necha o’n yillik mehnat natijasidir. Ushbu so’rovnoma yaratilishida R.B.Kettell shaxs xususiyatlarini identiifkasiyalashda faktorli tahlildan foydalanib, 18000 ta xususiyatlarni 16 omilga mujassamlashtirishga erishdi Shu bois psixologik diagnostikada «16 omilli shaxs so’rovnomasi» keng qo’llanilmoqda. Uning o’zbekcha modifikasiyasidan ham mahalliy sharoitimizda foydalanilmoqda. Ba’zi shaxslilik testlari kognitiv o’lchamga asoslangan. G.Vitkina (H.A.Witkin et al.,)va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan izlanishlarda idrok, xotira, tafakkur va muammoli vaziyatlarni hal etish kognitiv o’lcham sifatida o’rganildi. Shaxs psixologik qiyofasini o’rganish. Inson xulq-atvorini prognozlash masalasini hal etishda ikkita tushunchaga murojaat etiladi: profil va undan kelib chiqqan holda “xislatlar”. Ushbu tushunchalarni qo’llashda individga, unga har xil xislatlarni mujassamlashuviga ko’ra turli talablar qo’yiladi: vaziyat, asosiy sinchkovlik va diqqat, “e’tiborlilik-e’tiborsizlik”. “batartiblik-tartibsizlik”, odamlar bilan uchrashish yoki tanishish asnosida muomalaga “kirishimlilik-odamovilik”, hozirjavoblik-betgachoparlik. Psixologiyada har xil vaziyatlarga ko’ra, xislatlar ifodalanadi. Shu sababli psixologiyada eng asosiy xislatlarni universal xislatlar deb nomlanadi. Bunday xislatlar psixologiyada «temperament hossalari» sifatida faoliyatning umumiy dinamik tuzilishini ifodalovchi funksional tushunchalar hisoblanadi (Merlin V.S.1975) yoki «asab tizimi xususiyatlari substonsional tushunchasi (B.M.Teplov, 1961, Nebilisin 1966). G.Yu.Ayzenk I.P.Pavlov va K.G.Yung qarashlarini birlashtirib, individuallikning ikki asosiy parametrini ko’rsatishga muvaffaq bo’ldi: «ekstraversiya-introversiya», «neyrotizm-emosional barqarorlik». Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling