6– mavzu Shaxsni ijtimoiy bilishi va kasbiy kasbiy maxorat muammosi: bilish jarayonlarini o‘quv jarayonlari bilan bog‘lash. Reja


Download 231.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi231.78 Kb.
#1520581
Bog'liq
Снимок экрана 2023—05—01 в 09.36.14



6– mavzu Shaxsni ijtimoiy bilishi va kasbiy kasbiy
maxorat muammosi: bilish jarayonlarini o‘quv jarayonlari
bilan bog‘lash.
Reja:
3.1.Bilish jarayonlari. Diqqat to’g’risida tushuncha, uning turlari.
3.2.Sezgi jarayoni haqida tushuncha. Sezgi xususiyatlari va turlari.
3.3.Xotira haqida tushuncha. Xotira turlari va ularning xususiyatlari.
3.4.Tafakkurning asosiy jarayonlari. Tafakkur klassifikasiyasi.
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan iborat.
SHuning uchun ham atrof-muhitni, o‘zimizni bilishimizga imkon beruvchi ongni
o‘rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo‘lib o‘rgana boshlaganlar.
Bu jarayonlar - sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu
jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog‘liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning
o‘zi qiyin. Masalan, ko‘rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko‘ringchi, uning
mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko‘rgan yoki o‘qigan tekstingizni eslab qolasiz.
Yoki biror narsa to‘g‘risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok
obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat
kerak bo‘ladi. Hattoki, tasodifan qo‘limizga kirib ketgan zirapchaga bergan
reaksiyamiz ham emotsiyalardan tashqari, o‘sha narsaning bu erda qanday paydo
bo‘lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
Murakkab kompyuter texnika rivojlangan zamonda odamning o‘z psixik
jarayonlariga qiziqishi yanada ortdi. Endi ma’lumotlarni qabul qilish (an’anaviy idrok
deb ataluvchi jarayon), ularni qayta ishlash (tafakkur) va uni saqlash (xotira) haqida
ko‘p gapiradigan bo‘lib qoldik. Lekin bu insondagi tabiiy jonli jarayonlar ahamiyati
va tarbiyasi masalasini yanada yuqori ko‘tardi.
Psixologiya sohasida eksperimental ishlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi
aslida inson psixikasi kompyuterdan ko‘ra murakkabligi va odam anglagan
ma’lumotlaridan ko‘prok narsalarni idrok qilib, qabul qilishini isbotladi. Masalan,
maxsus asboblar yordamida aslida odam ko‘rmayotgan, his qilmayotgan juda kuchsiz
signallar ham fiziologik reaksiyalarni keltirib chiqarayotganligi qayd etildi. Masalan,
shu narsa aniqlanganki, odam kino ko‘rayotganda bir sekundda 24 kadrni idrok qiladi
va biror tasvir ko‘z o‘ngida gavdalanadi. Psixologlar shunday eksperiment qilishdi:
kunlarning birida o‘ziga xos tasvir namoyon etildi. 24 ta kadr o‘rniga 25 kadr berib,
o‘sha 25-kadrda «Koka - qola iching» degan yozuv berildi. Tabiiy, oddiy idrok bu
bitta kadrni ilg‘amaydi. Lekin kinoteatr bufetida ushbu ichimlikni ichish kadrdan
keyin 18 foizga oshgan. Demak, aslida ong bu ma’lumotni qabul qilgan, lekin real
anglash, oydinlashuv ro‘y bermagan ekan.
Analogik holat xotiramizda ham tez-tez ro‘y beradi. Kimnidir uchratib qolamiz va
qaerda ko‘rgan ekanman deb o‘ylanamiz. Hech eslolmaysiz, lekin yuzi, ko‘zi va
boshqa sifatlari tanishday. Buni ham shunday izohlash lozimki, odam ko‘rgan-
3.1.Bilish jarayonlari. Diqqat
to’g’risida tushuncha, uning turlari.


kechirganlari aslida miyada saqlanadi, biz ong sohasiga ayrimlarinigina chiqara
olamiz. Ongdagi ma’lumotlarning aslida miyamizdagilardan kamligining asosiy
sababi - odam har qanday ma’lumotni saralab, tanlab qabul qiladi, o‘zi uchun
«ahamiyatsiz» deb baholagan narsaga diqqat ham qilmaydi, eslab qolmaydi ham. U
o‘z ongida barcha mavjud ma’lumotni o‘ziga xos tarzda qayta ishlaydi, o‘zgartiradi.
SHuning uchun ham har bir inson o‘ziga xos – individualdir. Bilish jarayonlaridagi
individuallik sabablarini tushunish uchun eng muhim bilish jarayonlari bilan
tanishamiz. Har qanday masalani yoкi hayotiy muammоni еchish кishidan mazкur
masalaning mоhiyatiga, haraкat uslubiga diqqatni to’plash va qaratilishni talab qiladi.
Insоn psiхiк faоliyatida diqqat alоhida o’rinni egallaydi.
Diqqat o’zi mustaqil psiхik jarayon bo’lmasada, insоn psiхiк faоliyatining barcha
sоhalarida ishtirок etadi. Diqqat оngning zarur оb’екtga yo’naltirilishi va
qaratilishida, ayni paytda bоshqa narsalarga chalg’imasliкda ifоdalanadi.
Diqqat - shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va
hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining
moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo’ladi. Agar diqqat bo’lmasa, odamda aniq
maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo’lmaydi.
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo’ljal olish imkonini beradi. Bunday
sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli ravishda
kechishini va uning sermahsul bo’lishini ta’minlaydi. Har qanday masalaning va har
qanday hayotiy vazifaning hal qilinishi odamdan o’z diqqatini ana shu masalaning
mazmuniga hamda uni bajarish uchun qilinadigan harakat usullariga qaratishni talab
qiladi.
Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi.
Uning o’ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik
faoliyatning mustaqil turi emas, balki boshqa psixik jarayonlarning uyushgan
faolligidir.
33-rasm
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni
samaradorligini ta’minlovchi muhim
shartlardan biridir.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari
ham uning ishtirokida sodir bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol,
nutq kabi alohida psixik jarayon emas.
Bizni o‘rab turgan ko‘p sonli qo‘zg‘qtuvchilardan tahlil uchun biz faqat ayrim
qo‘zg‘atuvchilarni tanlaymiz. Ultrik Neysser va Robert Beklen ( Neisser and Beclen,
1979) hamda Deniel CHervone (Cervone1983) buni o‘z tadqiqotlarida ko‘rsatib
berishgan.
Tadqiqot shundan iborat bo‘lganki, unda sinaluvchilarga 1 daqiqali video
ko‘rsatilgan. Videoda 3 ta qora ko‘ylakdagi basketbol o‘yinchilari orqa qatorda esa 3
ta oq qo‘ylakli o‘yinchilar basketbol o‘ynayotganlari tasvirlangan. Sinaluvchilarg
berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli o‘yinchilar koptokni bir-biriga uzatgan
paytlarida sinaluvchilar tadqiqot tugmachasini bosishlari kerak edi.
Shu bilan birga klip davomida basketbol o‘yinchilari o‘ynayotgan paytda orada
o‘yinchilar o‘rtasidan soyabonli bir ayol o‘tib ketadi. Sinaluvchilarning aksariyati
berilgan topshiriqqa ko‘ra qora ko‘ylakli ishtirokchilarni shunchalik diqqat bilan
kuzatishganki ayolni ko‘rmay qolishgan. Video sinaluvchilarga qaytadan ko‘rsatilib,
soyabonli ayol o‘yinchilar orasidan o‘tganligi aytilganda sinaluvchilar o‘zlari ayolni


ko‘rmay qolganliklaridan hayratda qolishgan.
Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga
ta’sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to’plangan nuqtasida aniq,
yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat - aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va
samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u
har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.
34-rasm
Tashqi diqqat deb ongimizning obyektiv vokelikdagi narsa va hodisalarga, ularning
ayrim belgi va xususiyatlariga yunaltirilishi, ularda faol to’planishiga aytiladi. Tashqi
diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo’lmasdan, balki fikr
yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o’zi yaratgan
narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning
to’g’on qurilishini ko’z o’ngiga keltirish bilan bog’liq holatlar bunga misol bo’la
oladi.
Ichki diqqat esa ongimizning o’z subyektiv taassurotlarimiz, his- tuygularimiz va
intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson ongining o’zida sodir bo’layotgan o’z
hissiyotlarini, fikrlarini, orzu, istak va shu kabilarni kuzatishda tashqi diqqatdan farqli
o’laroq ichki diqqat yuzaga kelar ekan, bunda diqqatning har ikkala ko’rinishi ham
faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo’shish imkoniyatiga
egadir.
Bir kishi ongining muayyan obyektga qarata yo’naltirilishi va unga to’planishiga
individual; bir guruh yoki ko’pchilikdan iborat kishilar jamoasining ongi psixik
faoliyatning biror obyektga qarata yo’naltirilishi va shu obyekt ustida to’planishiga
guruhiy yoki jamoa diqqati deb yuritiladi.
Ixtiyorsiz diqqat - diqqatning quyi formasi bo’lib, odatda qo’zg’atuvchilarning
analizatorlardan birortasiga ta’sir etishi natijasida sodir bo’ladi. U mo’ljal olish
refleksi qonuniyatiga ko’ra paydo bo’ladi va odamlar hamda hayvonlar uchun
umumiydir. Ixtiyorsiz diqqat ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi hamda bu
qo’zg’atuvchilarning odamni ilgarigi tajribasi yoki psixik holatiga muvofiq kelishi
tufayli paydo bo’lishi mumkin.
Ta’lim va tarbiya jarayonida shakllanuvchi, faqat odamga xos bo’lgan ixtiyoriy
diqqat ancha murakkabdir. Uning xarakterli xususiyati shundaki, u obyektga niyat va
qo’yilgan maqsad ta’sirida yo’llanadi.
Kishida paydo bo’ladigan talab, ehtiyojlar, organizmdagi o’zgarishlar, masalan
chanqash, og’piq, ko’ngil g’ashligi kabi holatlar ham diqqatimizni jalb etishi
mumkin. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka (mo’ljal) yoki


tekshirish refleksi tashkil qiladi.
Chunonchi, tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi bizda darhol
mo’ljal refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, «nima gap» degan
ma’noda atrofimizga razm sola boshlaymiz. Shuningdek, turli his-tuyg’ular, xususan
qiziqish ixtiyorsiz diqqatga sabab bo’ladi. Qiziqarli roman, kinofilm, qiziqarli suhbat
diqqatimizni o’ziga beixtiyor tortadi. Shuning uchun diqqatning bu xili emotsional
diqqat ham deyiladi.
Ixtiyoriy diqqat - qat’iy maqsad asosida yo’naltirilgan diqqatdir. Diqqatning bu turi
o’zini majbur qilib, zo’r berib ongni bir faoliyat ustida to’plab turishlikni bildiradi.
Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko’p va kam irodaviy zo’r berish,
jiddiylik (tanglik) bilan birga bo’lishidadir, bunda ixtiyoriy diqqatning uzoq
saqlanishi toliqishiga, ko’pincha jismoniy zo’r berishdagidan ko’ra ko’proq toliqishga
sabab bo’ladi. Shuning uchun o’qitish davrida ixtiyoriy diqqatning kuchli
to’planganligi ortiqcha davomli bo’lmasligi lozim.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko’pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu,
albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan obyektga yo’naltirilishi iroda kuchi
bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning
zo’ri bilan yo’naltirilgan obyektda to’planib turadi.
35-rasm
Ixtiyoriydan so’nggi diqqat - diqqatning muayyan obyektga avvalo ixtiyoriy ravishda
qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan
(avtomatlashgan) diqqat turi bo’lib, ushbu tushuncha psixologiya faniga psixolog
olim N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Ixtiyoriydan so’nggi diqqat biror obyektga uzoq muddat qaratilishi bilan belgilanib,
bunda hech qanday sezilarli irodaviy kuch-g’ayrat sarflanmasa ham bo’ladi.
Insonning yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatini hamda barcha turdagi
mehnatning yuqori, samarali ko’rsatkichi diqqatning shu turi bilan bog’liq bo’ladi.
Diqqat tanlovchanligi va baxtsiz hodisalar. Mashina haydayotgan paytda telefonda
gaplashsangiz e’tibor mashinadan telefonga ko‘chadi. Bunday vaziyatda, tezlik
o‘zgartirish ayniqsa qiyin bo‘ladi va halokatni yuzaga keltirish mumkin. Mashina
halokatlarining 80%i haydovchilarning chalg‘ishida deb hisoblanadi. Utan
universitetidagi haydash tajribalarida talabalarning telefonda gaplashishlari
mobaynida yo‘ldagi yo‘l belgilari, reklamalar va boshqa mashinalarni payqashi sekin
bo‘lishlari aniqlangan.
Diqqat tanlovchanligi bo‘lgani uchun biz qo‘ng‘iroqqa javob beraolamiz (GPS
navigatsion Sistema yoki DVD magnitafon) boshqa narsalarga e’tibor berishga sabab
bo‘ladi. Suzanne Meevay va uning Sidney universitetidagi hamkasblari (2005,2007)
avtomobil halokati paytidan oldingi telefon qo‘ng‘iroqlari sabab hatto qo‘llari bo‘sh
DIQQATNING TURLARU
Ixtiyorsiz
diqqat
To’satdan
taqillagan
tovushni
eshitsak,
beixtiyor o’sha
erga qaraymiz.
Ixtiyoriy diqqat
Lektorning
ma’ruzalarini
eshtish uchun
ataylab unga
diqqatimizni
qaratamiz.
Ixtiyoriydan
so’nggi diqqat
Badiiy asarga
qiziqib ketib
unga doimiy
diqqatimizni
qaratamiz.


payt ham 4 marta ko‘proq riskda bo‘lishlarini aniqlashdi. Yo‘lovchilarda bo‘lsa xavf
1 dan 6 martaga oshadi.
Hatto telefonda gaplashayotganda qo‘llar bo‘sh bo‘lsa-da yo‘lovchi bilan
suhbatlashganda ham mashina haydash yoki suhbatni to‘xtatib pauza qilish talab
qilinadi.

Download 231.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling