6-Mavzu: Shaxta qazuvchi kombaynlari navoiy kon metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti kafedra: Konchilik elektr mexanikasi Reja


Ko’mir sanoatida eng ko’p tarqalgan qazib olish kombaynlari quyidagilardir


Download 24.42 Kb.
bet5/9
Sana31.01.2024
Hajmi24.42 Kb.
#1824719
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yer osti qazish kon ishlari kon mashinalari va avtomatlashtirilg-fayllar.org (1)

Ko’mir sanoatida eng ko’p tarqalgan qazib olish kombaynlari quyidagilardir
Kombayn 1BK.T — mokisimon ishlovchi, 0,55—0,8 m qalinlikdagi, 35° gacha qiyalikdagi, krovlyasi o’rtacha barqaror bo’lgan ko’mir qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangan. Kombayn ish bajaruvchi organi ikkita oldinga va orqaga simmetrik joylashgan bir xil qismlardan iborat. Ish bajaruvchi organi har biri ikkitadan burg’ulash koronkasiga, uchta gorizontal aylanish o’qli disk va bitta vertikal o’qli diskdan tashkil topgan. Qamrash kengligi 0,8 m.
Kombayn 1K101 - mokisimon ishlovchi, 0,7—1,2 m qalinlikdagi, 25° gacha qiyalikdagi, krovlyasi o’rtacha barqaror bo’lgan ko’mir qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangan. Kombayn ish bajaruvchi organi ikkita (700 yoki 900 mm) bir xil shneklardan iborat. Ko’mirning kesishga bo’lgan qarshiligi 250 kN/m.
Kombayn 2K52M — mokisimon ishlovchi, 1,1—2,0 m qalinlikdagi, 35° gacha qiyalikdagi, krovlyasi o’rtacha barqaror bo’lgan ko’mir qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangan. Ko’mirning kesishga bo’lgan qarshiligi 250 kN/m. Kombaynning qamrash kengligi 0.6 va 0.8 m ni tashkil qiladi.
Kombayn 1GSH68 — chelnokovыy, 1,1—2,7 m qalinlikdagi, 20° gacha qiyalikdagi, krovlyasi o’rtacha barqaror, kesishga bo’lgan qarshiligi 300 kN/m gacha bo’lgan ko’mir qatlamlarini qazib olishni mexanizatsiyalashtirishga mo’ljallangan. Kombayn ish bajaruvchi organi ikkita bir xil diametrli kombayning ikki tarafida joylashgan ikki yo’lakli simmetrik shneklardan tashkil topgan. Bu kombayn shneklari qamrash kengligi 0,8 m va 0,63 m.
KSHZM tor qamrovchi kombayni: 1 — markaziy reduktor; 2 — chap buriluvchi reduktor; 3 — o’ng buriluvchi reduktor; 4 — chap shnek; 5 — o’ng shnek: 6 — gidrotsilindr; 7 — gidrovstavka; 8 — tayanch-yo’naltiruvchi mexanizm; 9 — elektruskunalari; 10 — chang so’ruvchi qurilma; 11 — chang bostirish qurilmasi; 12 — g’ilof; 13 — G405 uzatish mexanizmining gidromexaniq qismlari; 14, 15 — etrodvigatellar.

Download 24.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling