6-Mavzu: “Sirt hodisalari. Sirt energiyalari”


Download 88.81 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi88.81 Kb.
#1163133
1   2   3   4
Bog'liq
2 маъруза -Mavzu

bu yerda ΔG – isobar potensial (Gibbs energiyasining o`zgarishi), S – entropiya, V – hajm, σ – sirt taranglik, ni – komponent i ning mol sonlari, φ – elektr potensial, S` - sirt yuzasi, q – zaryad miqdori, μi – komponent i ning kimyoviy potensiali. Bu tenglama issiqlik, mexanik, sirt, kimyoviy va elektr energiyalar o`zgarishining algebraik yig`indisi ekanligini ko`rsatadi. Bu tenglamadan yana shuni ko`rish mumkin-ki, 1) sirt energiyasi Gibbs energiyasiga, 2) issiqlikka, 3) mexanik energiyaga, 4) kimyoviy energiyaga, 5) elektr energiyaga aylana oladi. Demak, sirtda besh tur hodisa sodir bo`lish imkoniyati mavjud. Bularning barchasida sirt energiya boshqa tur energiyaga aylanishi mumkin. Energiyaning bu aylanishlari – disperslik darajasi o`zgargan sari moddaning kimyoviy reaksiyalarga kirishish qobiliyatining adgeziya (yani turli xil shakldagi moddalarning molekulalari orasidagi o`zaro tortishuv kuchlarining namoyon bo`lishi) va kogeziya (ya`ni bunda bir tur fazaga oid modda molekulalari orasidagi o`zaro tortishish kuchlari) o`zgarishi bilan, kappilyarlik hodisalari bilan, adsirbsiya va elektr potensiallarning o`zgarishi bilan birgalikda sodir bo`ladi.

Ikki faza orasida barqaror chegara sirt mavjudligining asosiy sharti – erkin sirt energiyasining musbat ishorali bo`lishidir. Agar bu energiyaning qiymati manfiy ishorali (yoki nol) bo`lsa, chegara sirt mavjud bo`lmaydi, bunda tasodifiy fluktatsiyalar tufayli bir faza ikkinchi fazaga tarqalib ketadi. 3. Sirt qavatning umumiy xarakteristikasi Suyuq va qattiq jismlardan iborat sistemalardagina fazalararo sirtlar mavjud bo`la oladi. Suyuq va qattiq gomogen fazalarning ichki tuzilishi o`zgarishi bilan sirt qavat shakli va xossalari o`zgaradi. Suyuqlik molekulalari doimo harakatda bo`lganligi tufayli unda bug` bosimi paydo bo`lib, sirtida bug`lanish, kondensatlanish kabi hodisalar to`xtovsiz sodir bo`lib turadi, binobarin suyuqlik sirt doimo yangilanib turadi. Molekulalararo kuchlar mavjud bo`lgani uchun suyuqlik ma`lum qalinlikdagi sirt hosil qilib turadi. Suyuqlik sirt qavatning ichki chegarasi sirtidan boshlab suyuqlikning hajmidagi tuzilishi boshlanadigan chuqurlikka qadar davom etadi. Sirt qavatining qalinligi bir necha molekula diametri kattaligiga teng. Qattiq jism sirti dastlab qanday shaklda bo`lsa, uzoq vaqt o`sha shaklda qoladi. Suyuqlik – suyuqlik (2 ta suyuqlik) orasidagi sirt qavat 2 qismdan iborat: uning bir qismi 1 – suyuqlikda, ikkinchisi esa 2 – suyuqlikda bo`ladi.


Download 88.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling