6-Mavzu: “Sirt hodisalari. Sirt energiyalari”


Download 88.81 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi88.81 Kb.
#1163133
  1   2   3   4
Bog'liq
2 маъруза -Mavzu

2-Mavzu: “Sirt hodisalari. Sirt energiyalari” Sirt taranglik tushunchasi

Sorbsiya, adsorbsiya va absorbsiya, xemosorbsiya, kapillyar kondensatsiya jarayonlari. Sirt taranglik tushunchasi. “Suyuqlik – gaz” va “suyuqlik–suyuqlik” chegara sirtida bо‘ladigan adsorbsiya. Dyuklo-Traube qoidasi. Adsorbsiya va modifikatsiya.

Ma`lumki, kolloid sistemalarning barcha xossalarini geterogenlik va disperslikka bog`lash mumkin. Dispers sistemalarning geterogenlik yoki ko`p fazalik belgisi kolloid kimyoda fazalararo sirtlar, sirt qavatlar mavjudligini ta`minlovchi belgi sifatida namoyon bo`ladi. Dispers sistemalarning disperslik darajasi (D) deganda, dispers zarrachaning o`lchami a ga teskari qiymat tushuniladi. Bu o`rinda yana uchinchi termin – solishtirma sirt Ssol tushunchasi ham ishlatiladi. U quyidagicha ta`riflanadi: fazalararo sirt kattaligi S ning ayni faza hajmi V va nisbati shu fazaning solishtirma sirti deb ataladi: Bu uch kattalikda a kichraysa, 1/a va Ssol kattalashadi. Disperslik darajasining kattalashishi sistemada sirt hodisalar rolining ahamiyatini oshiradi. Shunday qilib, kolloid sistemalarning miqdor belgisi disperslik darajasi bo`lib, uning sifat belgisi geterogenlikdir. Bu ikkala belgi surt hodisalar bilan chambarchas bog`liqdir. Fazalararo sirtning mavjudligi sirt taranglik borligidan darak beradi. Sirt taranglik ayni sistemaning geterogenlik darajasini xarakterlaydi. Fazalararo sirt kattaligining sirt taranglik koeffitsientiga ko`paytmasi ayni sirtning erkin energiyasi qiymatini ko`rsatadi:

bu yerda: σ – sirtni 1 sm2 kattalashtirish uchun sarflanadigan ish bo`lib, u sirt taranglik koeff 2. Sirt hodisalarning sinflarga bo`linishi. Sirt hodisalarni sinflarga bo`lishda sirt qavat qanday ekanligiga e`tabor beriladi. O`zaro bir-biriga tegib turgan fazalar orasidagi chegara sirt qavatlar moddalarning agregat holatiga qarab quyidagi sinflarga bo`linadi: 1. Gaz-suyuqlik; 2. Gaz-qattiq jism. 3. Suyuqlik-suyuqlik. 4. Suyuqlik-qattiq jism. 5. Qattiq jism – qattiq jism. Sirt hodisalarni sinflarga ajratishda termodinamikaning 1- va 2-qonunlarining birlashgan tenglamasidan foydalanish ancha qulaylik tug`diradi. Darhaqiqat, bu tenglamani sirt qavat uchun quyidagi ko`rinishda ifodalash mumkinitsienti deb ataladi.


Download 88.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling