Kоllоid sistemalar оlish


Download 213 Kb.
bet1/4
Sana05.05.2023
Hajmi213 Kb.
#1432586
  1   2   3   4
Bog'liq
Adsorbsiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA‘LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI



Ta‘lim yo‘nalishi: Kimyo
Guruh: 301
Talabaning F.I:Abdumajitova Sevara
Mavzu: Kolloid eritmalarning tozalash usullari.
Fan nomi: Fizik-kolloid kimyo
Fan o’qituvchisi: Saydaxmedova Sh
Barcha dispers sistemalarda, dispers faza zarrachalari sirtida katta miqdorda sirt energiya zahirasi bo‘ladi. Bu sirt energiya doim kamayishga intiladi, shuning uchun ham kolloid sistemalar beqarordir. Sirt energiyasini kamayishga olib keluvchi jarayonlardan biri suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari va ionlarining yig‘ilish hodisasidir. Ikki faza chegara sirtida moddalar konsentratsiyalarining o‘zgarishi adsorbsiya deyiladi. Adsorbsiya jarayonida qattiq yoki suyuq jism sirtida boshqa moddalar yig‘iladi. O‘z sirtiga boshqa modda zarrachalarini yutgan suyuqlik yoki qattiq jism adsorbent, yutilgan moddalar esa adsorbtiv deyiladi. Umuman qattiq jismga moddalarning yutilishi sorbsiya deyiladi. Agar modda qattiq jism sirtiga yutilsa, bu hodisa adsorbsiya (yoki o‘zaro kimyoviy ta‘sir ro‘y bermasa, fizikaviy adsorbsiya deb), uning ichki qismiga (butun hajmi bo‘yicha) yutilganda esa absorbsiya deyiladi. Agar modda geterogen sistemada bo‘ladigan kimyoviy reaksiya tufayli yutilsa, bu hodisa xemosorbsiya deyiladi. Xemosorbsiya jarayonida yangi faza vujudga keladi. Xemosorbsiya ko‘pincha qattiq jismning hamma hajmiga tarqaladi. Natron ohak bilan sulfat angidridi orasidagi xemosorbsiya bunga misol bo‘la oladi. Xemosorbsiya odatda qaytmas jarayonlar jumlasiga kiradi. Bu holda adsorbsiyaning issiqlik effekti kimyoviy birikmalarning hosil bo‘lish issiqliklariga yaqin keladi.
Gibbs tenglamasi.
Suyuqlik sirtidagi adsorbilanish bilan suyuqlikning sirt tarangligi orasidagi miqdoriy bog’lanish borligini 1876- yilda Gibbs topdi. Gibbs tenglamasi quyidagicha yoziladi:

Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling