Kоllоid sistemalar оlish
Adsorbsiya issiqligi ikki xil bo‘ladi
Download 213 Kb.
|
Adsorbsiya
Adsorbsiya issiqligi ikki xil bo‘ladi:
1) 1g adsorbentga gaz yoki bug‘ yutilganda ajralib chiqqan umumiy issiqlik miqdori adsorbsiyaning integral issiqligi deyiladi. 2.Adsorbentga ma‘lum miqdorda modda yutilgandan keyin yana bir mol yutilganda ajralib chiqqan issiqlik adsorbsiyaning differensial issiqligi deyiladi. Sirt taranglikning ortiqchaligi moddaning hajmida va sirt yuzasida kimyoviy potensialning har xil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Fizik - kimyoviy shu jumladan fazalarning chegara hajmidagi jarayonlarning sodir bo‘lish imkoniyatlari termodinamikada kimyoviy potensial bilan aniqlanadi. Ma‘lumki, kolloid sistemalarning barcha xossalarini geterogenlik va disperslik yoki bu ikki asosiy belgilarning oqibatlari deb qarash mumkin. Chunki, dispers sistemalarning geterogenligi yoki ko‘p fazalik belgisi kolloid kimyoda fazalararo sirtlar, sirt qavatlar, ya‘ni sirt hodisalar mavjudligini ta‘minlovchi belgi sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra kolloid kimyoda sirtda sodir bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganish eng muhim vazifa deb qaraladi. Sirt hodisalarning eng muhimlaridan biri adsorbsiya jarayoni bo‘lib, hatto dispers sistemalarning hosil bo‘lishi ham shu jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Fazalarning chegara qismiga adsorbilanishi natijasida sirt taranglikni kamaytiradigan organik moddalar – sirt-faol moddalar deyiladi. O‘zaro kontaktda bo‘lgan fazalarda yutilayotgan moddaning taqsimlanishi adsorbsion muvozanat konstantasi bilan xarakterlanadi: Taqsimlanish konstantasi o‘zaro kontaktdagi fazalar tabiatiga va haroratga bog‘liq bo‘ladi. Suyuqlikka gazning adsorbsiyalanuvchanligi gazning tabiati, uning bosimi, harorat va elektrolitlar ishtirokiga bog‘liq. Gaz tabiatining ta’siri - Gaz qanchalik oson siqiluvchan (suyuqlanuvchan) bo‘lsa, u shuncha kuchli yutiladi. 3. Isotermlar adsorbsiyani ta'riflash uchun ishlatiladi, chunki harorat jarayondagi jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Adsorbentga bog'langan adsorbat miqdori doimiy haroratda konsentratsiyali bosim funktsiyasi sifatida ifodalanadi. Freundlich, Langmuir, BET (Brunauer, Emmett va Tellerdan keyingi), Kisliuk nazariyalari kabi, adsorbsiyani ta'riflash uchun bir necha izoterm modellari ishlab chiqildi. Atoqli olim Stiven Brunauer (1903-1986) hayoti va faoliyatining jihatlari shaxsiy nuqtai nazardan tasvirlangan. Brunauerning Emmett va Teller bilan hamkorligiga, uning AQSh dengiz flotidagi xizmatiga va urushdan keyingi davrda tsement, silikagel va boshqa materiallarning sirt xossalari bo'yicha tadqiqotlariga alohida e'tibor beriladi. BET nazariyasidagi "B" maqomiga qo'shimcha ravishda, Brunauerni adsorbsiya faniga va g'ovak o'lchamlari tahliliga qo'shgan ko'plab hissalari uchun eslash kerak. Download 213 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling