6-Mavzu: Sotsial psixologik praktikum fanida shaxs muammosi. Mavzu rejasi


Download 19.09 Kb.
bet1/2
Sana25.02.2023
Hajmi19.09 Kb.
#1228242
  1   2
Bog'liq
6 mavzu


6-Mavzu: Sotsial psixologik praktikum fanida shaxs muammosi.
Mavzu rejasi:

  1. Individual ong rivojlanishida sotsial munosabatlarni hal qiluvchi roli. “Sotsial rol” tushunchasi.

  2. Sotsial rol – sotsial faoliyatni ijtimoiy zaruriy turi – sotsial munosabatlar sistemasidagi shaxsni o’rni bilan belgilab berilgan shaxs xatti-harakatining usuli.

  3. Sotsial rolni bajarishning turli usullarini “shaxsiy” bo’lish imkoniyati.

  4. Shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy munosabatlar sistemasida vujudga kelishi, uning namoyon bo’lish shartlari.

Galtondan keyingi tadqiqotlarda musiqaga bo’lgan qobiliyatga ona tilining xususiyati ta’sir qilishi aniqlandi: yumshoq-tonal yoki keskir (qo’pol) tonal bo’lmagan tillar. Masalan, keskinroq hisoblangan rus tilida gapiruvchi bolalardagi musiqani idrok qilish yumshoq, tonal tillarda so’zlashuvchi vyetnamliklarning idrokidan ancha past chiqqan.


Lekin yuqoridagi fikrlar va tortishuvlarning kelib chiqish sababi tushunarli bo’lishi kerak: ular insonning asl mohiyatini tushunish va uning xulqini boshqarish ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Demak, inson jamiyat a’zosi sifatida uning normalariga bo’ysunadi, uning kutishlariga javob berishga xarakat qiladi va o’z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shaxs fenomeniga ta’rif berish mumkin.
Sh a x s — sotsial va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo’lmish individdir. Shaxsga taaluqli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab sotsial munosabatlarga bevosita aloqadorlik, sotsial faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo’lishlikdir.
Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, sotsial ta’sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib (obyektni), so’ngra shu ta’sirlarning subyekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan sotsial muhitga tushadi.
Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit — kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba’zilar qisman qo’shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiqlanadi.
Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib — qoidalarni qabul qiluvchi subyekt bo’lsa, jamiyat-sotsial intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko’rinishidir.
Shaxs sotsial xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta’sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo’lmish shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ayrim alohida yo’nalishlarini belgilab beradi.
Shunday qilib, shaxs turli sotsial munosabatlar tizimi ta’sirida bo’ladi va ko’plab sotsial institutlar (oila, mahalla, o’quv maskanlari, mehnat kollektivlari, norasmiy tashkilotlar, din, san’at, madaniyat va boshq.) bilan bog’liq bo’ladi.
Masalan, shaxsdagi turli g’oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta’sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog’cha, maktab va boshqa o’quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta’sir uning e’tiqodi darajasida ko’tarilsa, va unda yana yangidan-yangi fikrlar va g’oyalarning paydo bo’lishi va o’sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, u o’z qobiliyatlari, malaka va ko’nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o’qituvchi, yoki vrach, yoki olim, kashfiyotchi, muxandis bo’lib, elu-yurtiga xizmat qiladi.
Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakllanishida katta rol o’ynaydi. Masalan, bosqichma-bosqich bozor munosabatlariga o’tayotgan O’zbekiston sharoitini oladigan bo’lsak, yangicha iqtisodiy o’zgarishlar, bozor, raqobat, legalizasiya, liberalizasiya, ya’ni erkinlashtirish va shunga o’xshash yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo’lgan shaxsiy munosabatlarida aks etib, uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi normalarini belgilaydi.

Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling