6-MAVZU. STATISTIK KO‘RSATKICHLAR
Amaliy mashg’ulot savollari
1.Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko‘rsatkichlarni pulda (qiymatda) ifodalash zarur?
Statistik ko'rsatkichlar deb ommaviy hodisa va jarayonning me'yoriga, ya'ni, uning miqdor hamda sifat birligining ifodalash shakliga aytiladi. Ma'lum makon va zamon sharoitida ommaviy hodisa va jarayonning holatini, tuzilishi, rivojlanishi hamda oʻzaro bog'lanishini belgilovchi me'yorlar statistik ko'rsatkichlardir. Biz bilamizmi, bozor iqtisodiyotining mexanizmi narx bo’lib, narx pul yordamida o'lchanadi. Barcha oldi-sotdi jarayonlari, turli kelishuv va bitimlar ham pul yordamida amalga oshiriladi. Pul bizga mahsulotning narxi bo’yicha ma’lumot bergani sababli statistik ko'rsatkichlarning pul bilan ifoda etilishi bizning ishlarimizni kuzatayotgan kishiga fikrlarimizni aniqroq va tushunarliroq bayon etishga yordam beradi. Biz statistik ko’rsatkichlarni pul orqali ifoda etganimizda ma'lumot oluvchida aniq tushuncha va xulosalar paydo bo’lishi osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |