“Biz islomni bilamizmi?” viktorinasining 1-bosqichida berilgan barcha savollar, yakuniy natijalar va g’oliblar haqida ma’lumot
1-tur javoblari
Mavzu: Payg'ambarimiz Muhammad SAVning nasablari, tug'ilishlari va bolaliklari
1. Payg'ambarimiz SAV qurbonlikdan omon qolgan ikki insoning o'g'lidirlar. Bu ikki inson kimlar?
a) Abdulloh, Qusay
b) Abdulloh, Abdumanof
c) Abdulloh, Ismoil
Javob: Abdulloh, Ismoil.
Izoh: Ibrohim a.s. ko’rgan tushlarini Allohning vahiyi deb bilib o’z o’g’illari Ismoil a.s.ni Alloh yo’lida qurbon qilishga otlanib, Ismoilni bo’g’ziga pichoq tortadilar, pichoq kesmaydi, shu payt Jabroil a.s. Jannatdan bir qo’chqor olib chiqib Ibrohimga a.s: ”Ey,Ibrohim a.s. siz Allohning sinovidan o’tdingiz. Endi siz mana bu qo’chqorni Alloh yo’lida qurbon qiling…” deydilar.
Abdulloh Rasululloh SAVning otalari. Bobolari Abdumutallib: ”Agar Alloh menga 10 ta o’g’il bersa bittasini Alloh yo’lida qurbonlik qilaman”, degan qasamyodiga sodiq qolib, 10 o’g’li ichidan kimni qurbonlik qilish tanlash maqsadida qur’a tashlanganida qur’a Abdullohga tushadi. Abdumutallib Abdullohning bo’yniga pichoq tortaman deb turganida quraysh kattalari uni qaytarib qolishadi. Unga bu qasamyodni boshqa yo’l bilan bajarishlikni maslahat berishadi. Shunda Abdulmuttalib Alloh yo’lida 100 ta tuyani qurbon qilish evaziga Alloh taolo bu zotni saqlab qolgan. (“Saodat asri qissalari”)
2. Har bir musulmon kishiga Payg'ambarimiz SAVning to'rt ota tomon ajdodlarini bilishlik lozim, ularni to'g'ri ketma ketlikda kelgan qatorni belgilang.
a) Abdulloh, Abdulmuttalib, Hoshim, Abdumanof
b) Abdulloh, Abdulmuttalib, Abdumanof, Hoshim
c) Abdulloh, Hoshim, Abdumanof, Abdulmuttalib
Javob: Abdulloh, Abdumutallib, Hoshim, Abdumannof.
Izoh: Otalari Abdullohning otasi Abdumutallib. Bu zot Qurayshning ulug’laridan bo’lib, bu qavmning hamma og’irliklarini, muammolarini hal qilishga kuchi yetguvchi fasohatli inson bo’lgan. Abdumutallibning otasi Hoshim va Hoshimning otasi Abdumannofdir. (“Saodat asri qissalari’, “Nurul yaqiyn” va “Tarixi Muhammadiy”)
Do'stlaringiz bilan baham: |