1-tur javoblari


Fijor urushida Payg'ambarimiz SAVning vazifalari nima edi?


Download 324.5 Kb.
bet9/71
Sana24.01.2023
Hajmi324.5 Kb.
#1116021
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
islomiyviktorina

7. Fijor urushida Payg'ambarimiz SAVning vazifalari nima edi?
a) kamondan o'q otish
b) otliq askarlar safida jang qilish
c) o'q terish
To’g’ri Javob:
c) O’q terish.
Izoh: Payg’ambarimiz SAV 20 yoshlarida bu urushda amakilari bilan birgalikda qatnashganlar. Faqat hech kimga o’q otmagan, hech kimni qonini to’kmaganlar. Faqatgina qarshi tarafdan otilgan o’qlarni to’plab (yig’ib, terib), amakilariga berganlar.
Ibn Hishom, 1/198


8. Payg'ambarimiz SAV Payg'ambarlik berilganda ham sog'inib eslaydigan johiliyatdagi yaxshilik qaysi?
a) Ka'bani qayta tamirlashda qatnashganlari
b) Halimani uylarida sahroda o'tgan bolaliklari
c) Xayriya uyushmasiga a'zo bo'lganlari
To’g’ri Javob: c) Hayriya uyushmasiga a’zo bo’lganlari.
Izoh: Abdulloh ibn Ju’donning uyida tuzilgan hayriya uyushmasiga a’zo bo’lgan, xayrli ishlarda qatnashgan Muhammad SAV, payg’ambarlik sharafiga erishganlaridan keyin ham u kunlarni juda ko’p martalab sog’inib eslab, tilga olganlar. U zot: “Men Abdulloh ibn Jud’oning hovlisida qurilgan uyushmaga kirganman, bu tashkilot qizil tuyalardan qimmatroq, (arablarda qizil tuyalar eng qimmatli narsa hisoblanardi) agar hozir ham birov shunday ishga da’vat etsa, sira ikkilanmay qabul qilardim, deganlar.
“Nurul yaqiyn”, “Tarixi Muhammadiy”


9. Rasululloh SAV ikkinchi marta Shomga necha yoshlarida safar qilganlar?
a) 12
b) 20
c) 25
To’g’ri Javob: 25.
Izoh: Rasululloh sav 25 yoshga kirganlarida “Tohira” laqabi bilan mashhur bo’lgan, katta savdogarlardan bo’lgan Xadicha binti Huvaylid Shomga karvon jo’natmoqchi bo’ladi. Bu karvonga bosh qilib jo’natish uchun esa u ishonchli bir kishi topishi lozim edi. Unga Abu Tolibning jiyani bo’lgan Muhammadni a.s. tavsiya qilishadi. Abu Tolib bilan bu haqda kelishib, Muhammadga a.s. boshqalarga bergan haqqini ikki hissasini berish evaziga kelishadi. Shundan keyin Muhammad a.s. 25 yoshalrida Xadichaning karvonini boshqarib Shomga ikkinchi safarlarini qiladilar.
“Nurul yaqiyn”, “Tarixi Muhammadiy”



Download 324.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling