4-Mavzu: Paxta terish mashinalari. Vertikal va gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashi. Keys 2022 rusumli paxta terish mashinasi. Reja
Download 0.57 Mb.
|
1 2
Bog'liq4-ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Paxta terish mashinalarining turlari
- Paxta terish mashinasining umumiy tuzilishi
4-Mavzu: Paxta terish mashinalari. Vertikal va gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashi. KEYS 2022 rusumli paxta terish mashinasi. Reja: 1. Paxta terish mashinasi haqida umumiy tushuncha 2. Paxta terish mashinalarining turlari. 3. Paxta terish mashinasining umumiy tuzilishi 4. Paxta terish mashinalarida uchraydigan buzuqliklar va ularni bartaraf etish yo’llari.
Paxta terish mashinasining turlarini sanang va tushuntiring? Paxta terish mashinasining tuzulishi qanday? Paxta hosilini yig’ib-terib olish paxtachilikdagi eng sermehnat va mas’uliyatli ishdir. Paxta hosilini terishning texnologiyasi quyidagi tartibda baljariladigan ishlardan iborat: Hosil mashinalarda teriladigan dalalarda g’o’za barglarini to’ktirish (defolyasiya) va poyalarini quritish (desikasiya). Birinchi mashina terimidan 2...3 kun ilgari agregat buriladigan joylarni tayyorlash. Paxta hosilining 50...60% ochilgandan keyin mashina bilan birinchi terim boshlash va paxta hosilini qop-qanorsiz punktlarga tashish. 12...14 kundan keyin, ya’ni g’o’za tuplarida kolgan 25...30% paxta ochilgandan -so’ng ikkinchi terim boshlanadi. Daladagi qoldiq hosil va ochilmagan ko’saklar ko’sak terish mashinalarida terilib, quritiladi va tozalanib punktlarga topshiriladi. Erga to’kilgan paxta hosili maxsus mashinalarda terilib, quritiladi va tozalanib punktlarga topshiriladi. G’o’zapoyalar mashinalarda yulib olinadi va kerakli hollarda o’g’it chiqarilib, dala haydaladi. SHunday qilib, paxta hosilini terishdagi mashinalar majmuiga paxta terish mashinalari, ko’sak terish, erga to’kilgan paxtalarni teruvchi mashinalar, g’o’zapoya yulish mashinalarn, maxsus purkagich va changlatgichlarni kiritish mumkin. Ushbu darsda mana shu mashinalar majmuasidan paxta terish mashinalarining tuzilishi va ishlashi bilan tanishib o’tamiz. 14XV-2.4A va 17XV-18B (boshqa xozirgi kunda keng miqyosda ishlatiladigan mashinalar shular asosida yaratilgan) mashinalari qator oralari 60 sm to’rt qator va 90 sm kenglikda ekilgan ikki qator paxta ekinining ochilgan chanoqlaridagi hosilini terish uchun xizmat qiladi. Markasining o’qilishi: 14 va 17—mashina ishlab chiqarilgan rakamlari. X — xlopkouborochnsh (paxta teradigan). V — vertikal shpindelli (tik). 2,4 va 1,8 m — mashinaning ishlash kengligi (2,4 — 60 sm kenglikda ekilgan to’rt qator va 1,8—90 sm keng-likda ekilgan ikki hator paxta hosilini terishini ko’rsatadi). A, B shu kabi boshqa harflar — mashina modifikasiyasini, ya’ni mashinani qayta ishlaganligini ko’rsatadi. Paxta terish mashinalarining turlari Paxta terish mashinalari: 1) ishlash prinsipiga ko’ra — mexanik, pnevmomexanik va pnevmatik bo’ladi; 2) traktor bilan agregatlanib ishlatilishiga qarab: a) o’rnatma; b) yarim o’rnatma; v) o’zi yurar; 3) teriladigan qatorlar soniga qarab: a) bir qatorli; b) ikki qatorli; v) to’rt va olti qatorli.. 4) SHpindelli (pnevmomexanik) paxta terish mashinalari asosiy ish organining joylashishiga karab: a) vertikal shpindelli; b) gorizontal shpindelli (bu mashinalar murakkab konstruksiyada bo’lganligi sababli bizning sanoatimiz ishlab chiqarmaydi) mashinalarga bo’linadi. SHuningdek, texnik tolani, ingichka tolali paxtani terish uchun va urug’lik paxtani terish uchun mo’ljallangan paxta terish mashinalari ham mavjud. Hozirgi vaqtda faqat vertikal shpindelli paxta terish mashinalari ishlab chiqarilayotganlign sababli biz kelgusida ana shunday mashinalarning tuzilishi va texnologik ishlash jarayoni bilan tanishamiz. SHu o’rinda o’qituvchi yuqorida ko’rsatilgan turlardagi paxta terish mashinalarining muhim xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari hamda ishlatilishi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tishi ko’zda tutiladi Paxta terish mashinasining umumiy tuzilishi Mashinaning o’zidan va plakatdan paxta terish mashinasining tuzilishi o’rganiladi. Pnevmopodborshikli, ya’ni to’kilgan paxtani ham bir yo’la teradigan XNP – 1,8 paxta terish mashinasi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan. Har bir terish apparati ikkitadan ( ichki va tashqi) seksiyalar qo’zg’almas seksiyaga nisbatan 40 gradusga burilishi mumkin, bu o’z navbvtida apparatga xizmat ko’rsatish va uni rostlash hamda buzuqliklarini tuzatish engillashtariladi. SHpindellar tishlarining yo’nalishi bo’yicha o’ng va chap shpindellarga bo’linib, o’zlariga mos barabanlarga o’rnatiladi. SHpindellar tishlarining yo’nalishi bo’yicha o’ng yoki chapligini bilish uchun uning rolik qismidan qaraladi. Bunda tishlarnning yo’nalishi soat strelkasi bo’yicha yo’nalgan bo’lsa, u o’ng va aksincha bo’lsa, chap shpindel deb ataladi. SHpindellar diametri 24 mm, uzunligi 631 mm li trubadan tayyorlangan bo’lib, sirtiga chuqurligi va qadami 2 mm li to’rt qator tishlar ochilgan. Trubaning yuqorigi uchiga aylantirish roligya presslangan. SHarikli podshipnik shpindel qopqog’i bilan birga shpindelning yukorigi tayanchini hosil qiladi, pastki tayanchi esa ha-moya kosachali barmok va shpindelga presslab o’tqazilgan metall - keramik vtulkadan tuzilgan. Oxirgi paytlarda paxta hosilini to’liq va qisqa vaqt ichida terib olishga katta ehtiyoj paydo bo’lishi sababli, konstruktor olimlarimiz tarkibiy deb nomlangan shpindellarni yaratdilarki, bu shpindellar tishli shpindellarga nisbatan o’zining qator ijobiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ammo bu xildagi shpindellarning kamchiligi ham bor: ularning tishli spiralining tebranishi tufayli tolani qirqib yuborishini ko’rsatish mumkin. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling