4-Mavzu: Paxta terish mashinalari. Vertikal va gorizontal shpindelli paxta terish mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashi. Keys 2022 rusumli paxta terish mashinasi. Reja
Download 0.57 Mb.
|
4-ma'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4) Paxta terish mashinalarida uchraydigan buzuqliklar va ularni bartaraf etish yo’llari
- Mavzuga
CHo’tkali ajratkichlar: Sakkizta cho’tkali planka valga to’rt separator tutqichlari orqali boltlar bilan mahkamlangan bo’lib, cho’tkali ajratkich bara-banini tashkil etadi. Ajratkichlar barabani harakatni Z=12 shesternyalar orqali oladi. 49- rasmda ajratkichning umumiy tuzilishi ko’rsatilgan. Terish apparatining osmasi (50- rasm) apparatlarni yagona blokka birlashtirib, ularni bir butun holda ko’tarib tushirishga imkon beradi. Rostlash qistirmalari 1 apparatlarni mashinaning bo’ylama o’qiga nisbatan to’g’ri o’rnatish uchun xizmat qiladi, qistirmalar 4 yordamida esa apparatlarning og’ishini bartaraf etish mumkin. Vilka 9 ning rostlash vintlari apparatni ma’lum balandlikda o’rnatishga mo’ljallangan. Appa-ratning tashlama tiragi 5 ularni transport holatida tutib turish uchun xizmat qiladi. Apparat tirgakda turganda mashinani bir joydan boshqa joyga ko’chirish mumkin. Apparatni ish oldiga tushirish uchun esa tirgakni qaytarib qo’yish lozim. Tarqatish reduktorining konstruksiyasi ventilyator va suv tizimlarining ham bir vaqtda ishga tushishiga imkon beradi, ammo pnevmotizimga suv tushishiga yo’l qo’ymaydi. Tarqatish reduktorining tuzilishi, paxta terish mashnnasining pnevmatik tizimi markazdan qochma tipdagi o’ng va chap ventilyator, so’rish va haydash trubalaridan iborat. Ventilyator parragi va kojuhining holatini tekshirish uchun tez ochiladigan lyuk bilan jihozlangan. SHarnirli val tarqatish reduktoridan terish apparatlariga harakat uzatish uchun xizmat qiladi. Truba va val shlisalar vositasida teleskopik birlashtirilganligi sababli terish apparatlarini ko’tarib tushirishda valning uzunligi o’zgaradi. SHarnirli valda kulachokli saqlash muftasi o’rnatilgan bo’lib, terish apparatiga begona narsalar kirib, tiqilib qolganda va boshqa buzuqliklar sodir bo’lganda, ya’ni apparat ortiqcha zo’riqqanda bu mufta terish apparatlarining boshqa qismlarini shikastlanishdan yoki ishdan chiqishdan saqlaydi. Boshqarish maydonchasida mashina ishini boshqaruvchi organlar joylashgan. Mashinaning g’o’za tuplariga tegadigan qismlari maxsus to’siqlar (suyrilar) bilan berkitilgan bo’lib,bu esa o’z navbatida paxta hosilining erga to’kilishini mumkin qadar kamaytiradi. Mashina ramasi traktor yarim o’qlari kojuxiga shar-nirli biriktirilib, ko’shimcha ravishda maxsus lon-jironlar bilan maxkamlanadi. Mashina bunkeri terilib to’plangan paxtani qop-qanorsiz tashish mashinalariga to’kishga mo’ljallangan. Bunkerning yuqori qismiga uning ichkarisiga tushib, xizmat ko’rsatib turish uchun maxsus lyuk qo’yilgan. Mashina yotib yoki qiyshayib o’sgan go’zapoyalardan ho-silni terish apparatiga ko’tarib beruvchi tup ko’targichlar bilan ta’minlangan. Terilgan hosil paxta terish apparatlaridan mashina bunkeriga havo tizimi orqali o’tkaziladi. Mashinaning barcha ish organlariga harakat traktorning quvvat ajratish validan tarqatish reduktori yordamida uzatiladi. Bu erda bir qatordagi g’o’za tuplariga to’rtta (ikkita o’ng va ikkita chap) shpindelli juft barabanlar hosil kilgan oldingi va orqa juft barabanlar xizmat kiladn. Ma-na shu to’rtga-shpindelli baraban bitga terish apparatini tashkil etadi (54-rasm). SHpindelli barabanlar ish tirqishi terish zonasida mashina yo’nalishiga teskari tomonga aylanma harakat qiladi. Bu barabanlarning aylanma tezligi mashinaning ilgarilanma tezligidan 1,57 marta katta bo’lganligi sababli g’o’za shoxlari va poyalari ish tirqishiga qiy-shaymasdan yoki og’masdan o’zi kirib boradi, ko’p shikastlanmaydi. Juft barabanlar orasidan o’tayotgan g’o’za tuplari ish tirqishining kichikligi sababli birmuncha qisiladi. Mana shu erda barabanlarga o’rnatilgan shpindellar, ularning rolikli qismiga qo’zg’almas kilib tashqaridan o’rnatilgan ponasimon tasmalarga ishqalanib, barabanlar harakatiga teskari yo’nalishda o’z o’klari atrofida aylanma harakatga keltiriladi. SHpindellarning ish qismlari yuzasidagi tishlari vositasida ochilgan chanoqlardagi tolani o’zlariga ilashtirib o’rab oladi. SHpindellar ish tirqishida (bu erni biz kelgusida terish zonasi deb yuritamiz) ham baraban bilan, ham ponasimon tasmalar orkali o’z o’qi atrofida aylanma xarakatda ishtirok etadi, shu sababli ochilgan chanoqlardagi paxta tolasini o’z tishlariga ilashtirib, terish jarayonining birinchi bosqichini bajaradi. Aylanayotgan barabanlar shpindellarni terish zonasidan olib chiqib, unga teskari yo’nalishda joylashgan qaytarib berish zonasiga keltiradi. Bu erda shpindellar yana rolikli kismi bilan ichkaridan, ya’ni.baraban o’qi tomonidan teskariga aylantiruvchi kolodkalarga ishqalanib, o’z o’qi atrofida terish zonasiga nisbatan teskari yo’nalishda harakatlanadi. Mana shu paytda shpindellar maxsus cho’tkali ajratkichlar bilan ham ta’sirlashadi..CHo’tkali ajratkichlarning aylannsh tezligi shpindellarnikiga nisbatan olti marta katta bo’lganligi sababli shpindellarga ilashgan paxta tolasi to’liq ajratilib olinadi va markazdan kochma kuchlar vosktasida qabul kamerasiga tashlanadi. Qabul kame-rasiga tushgan paxta ventilyator hosil qilgan havo oqi-mi. vositasida (qabul kamerasidan) surilib, mashina bunkeriga olib ketiladn. Qabul kamerasining tubi 4) Paxta terish mashinalarida uchraydigan buzuqliklar va ularni bartaraf etish yo’llari Paxta ternsh mashinalarini ishlatishda uchraydigan buzuqlklar, ularning sabablari xamda ko’zga tashlanadigan belgilari, ularni bartaraf etish mas’uliyatli ish bo’lib, mexanizatorlardan juda katta mahorat talab etadi. Biz quyida paxta terish mashinalarida uchraydigan ana shu buzukliklarni jadval shaklida o’rganamiz. Mavzuga oid test savollari 1. Paxta terish mashinalari ishlash prinsipiga ko’ra necha turga bo’linadi? A.mexanik, pnevmatik V. Mexanik, yarim o’rnatma S. Mexanik, pnevmomexanik, pnevmatik D. Pnevmatik, pnevmomexanik 2. Paxta terish mashinalarirtaktor bilan agregatlanib ishlatilishiga qarab qanday turlarga bo’linadi? A. O’rnatma, yarimo’rnatma, o’ziyurar V. YArimo’rnatma, o’ziyurar S. Mexanik, yarimo’rnatma D. O’rnatma, yarimo’rnatma 3. Tishlarning yo’nalishi soat strelkasi bo’yicha yo’nalgan bo’lsa, u qanday shpindel deb ataladi. A. O’ng shpindel S. Vertikal shpindel D. Gorizontal shpindel 4. Tishlarning yo’nalishi soat strelkasi yo’nalishiga teskari bo’lsa, u qanday shpindel deb ataladi? A. O’ng shpindel V. CHap shpindel S. Vertikal shpindel 5. Paxta terish mashinasi teriladigan qatorlar soniga qarab necha turga bo’linadi? A. Bir qatorli, ikki qatorli, 4 va 6 qatorli. V. Bir qatorli va ikki qatorli S. 4 va 6 qatorli D. Bir qatorli, 4 va 6 qatorli 6. SHpindelli paxta terish mashinalari asosiy ish organlarining joylashishiga qarab necha turga bo’linadi? A. O’ng shpindel V. CHap shpindel S. Vertikal shpindel D. Gorizontal shpindel 7. Xozirgi qishloq xo’jiligida ishlatilayotgan paxta terish mashinalarida necha xil shpindellilari ishlatilmoqda? A. 2 xil V. 4 xil S. 6 xil D. Bir xil 8. Qanday shpindellarni mexanizatorlar yuvilmaydigan shpindellar deb atashadi? A. tarkibiy shpindel V. CHap shpindel S. Vertikal shpindel D. Gorizontal shpindel Nazorat savollari 1.KOP-1,4V «Xerones» makkajo’xorini donga щrish kombaynini tushuntiring. 2. SK-2,6A kombaynining texnologik sxemasini gapirib bering. 3. XNP -1,8 paxta terish mashinasi tuzilishini tushintiring. 4. Mashinaning terish apparatlari blokini tushutirng. 5. Apparat karkasini gapirib bering. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling