6-mavzu: Surdopedagogikaning rivojlanishida Viktor Ivanovich Fleri, Ivan Karlovich Arnold, Yakov Timofeyevich Speshnev, Ivan Yakovlevich Seleznev va boshqalarning izlanishlari Reja


Download 301.08 Kb.
bet7/10
Sana29.06.2023
Hajmi301.08 Kb.
#1657420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Мавзу Сурдо тарихи (3)

Y.T. Speshnev (1820-1865). Yakov Timofeyevich Speshnev qashshoqlashib qolgan dvoryan oilasida tug‘ildi. Sarskoselskiy litseyini tamomlagach, Moliya vazirligiga ishga qabul qilindi. Biroq tez orada amaldorlik xizmatini tark etdi va Aleksandrovsk imperatorlik litseyiga tarbiyachi bo‘lib ishga joylashdi, keyinroq litseyning kichik bo‘limida repetitor bo‘ldi. Litsey o‘qituvchilari ro‘yxatida Y.T. Speshnev rus tili kafedrasi o‘qituvchisi sifatida qayd qilingan edi. V.I. Flerining o‘limidan so‘ng Y.T. Speshnevga Peterburg karlar bilim yurti direktori lavozimini egallashi taklif qilindi.
Y.T. Speshnev bu vaqtga kelib, anchagina ma’lumotli va tajribali pedagog sanalardi, u karlar bilim yurtining yopiq hayoti salbiy tomonlarini ko‘ra olardi. Ammo pedagogik jarayonni tashkil qilish bilan bog‘liq u o‘ylagan o‘zgarishlar Y.T. Speshnevdan G‘arbiy Yevropaning yirik shaharlaridagi bilim yurtlari faoliyati bilan kengroq va yaqinroq tanishishni talab qilardi. 1856 yilda Xalq maorifi vazirligi va Vasiylik kengashining roziligi bilan Y.T. Speshnev chet el safarida bo‘lib qaytdi. Xorijda u karlar bilim yurtlarida ishning yo‘lga qo‘yilishini o‘rgandi. Mehnat safaridan qaytib kelgach, o‘z g‘oyalarini amaliyotga tatbiq qila boshladi. Y.T. Speshnev Peterburg bilim yurtida karlarni o‘qitishni tashkil qilish va uning metodlarini takomillashtirish bilan shug‘ullandi. Ayni paytda u V.I. Fleri o‘limidan keyin qolib ketgan «O postanovke izustnogo slova gluxonemix» (Kar-soqovlar og‘zaki nutqini qo‘yish haqida) nomli qo‘lyozmani nashrga tayyorlash bilan band bo‘ldi. Mazkur asar 1859 yilda chop qilindi. Umumiy pedagogikaning ilg‘or g‘oyalari hamda rus tili o‘qitishning umummetodik tajribasiga tayangan holdi Y.T. Speshnev karlar bilim yurtida o‘zgarishlarni amalga oshira boshladi. Y.T. Speshnev tomonidan qilingan islohotlar asosan o‘quvchilarni atrofidagi eshitadigan kishilardan izolyatsiyalanganini bartaraf qilish hamda ularning rus tilini egallashiga qaratilgan edi. Oni tilini o‘zlashtirishni u o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda eng muhimi sifatida tan olardi.
Y.T. Speshnev bilim yurtini ikki bo‘limga ajratdi. Birinchi bo‘limga muloqotda og‘zaki nutqdan foydalanadigan bolalar qabul qilindi. Fahmlash mumkinki, bu keyinchalik kar bo‘lib qolgan va zaif eshituvchi bolalar edi. Ikkinchi bo‘limga o‘zaro imo-ishora nutqi yordamida muloqot qiladigan bolalar qabul qilindi. imo-ishora nutqi orqali ularni yozma nutqqa o‘rgatish lozim edi.
Vasiylik kengashi Y.T. Speshnevga bu kabi islohotni amalga oshirishga ruxsat berdi. Ayni paytda kengash bu islohotning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga to‘sqinlik ham qildi. Y.T. Speshnev 1864 yilda ikkinchi marta xorijiy mehnat safariga ketgani hamon differensiatsiyalangan ta’lim tugatilib, o‘qitishning avvalgi tajribasi tiklandi. Bu amaliyotda bolalarni og‘zaki, yozma, daktil va imo-ishorali nutq ko‘rinishlariga o‘qitish elektik ravishda birlashtirilgan edi.
Peterburg bilim yurtidagi islohotlar uchun kurash Y.T. Speshnevni uni tashkil qilishda tub o‘zgarishlar qilish zarurligiga ishontirdi. Shu bilan birga uning bilim yurtini Mariin xomiylik idorasidan Xalq maorifi vazirligi tasarrufiga o‘tkazishga intilishi kuchayib bordi. .
Ikkinchi bor xorijiy mehnat safariga borganda Y.T. Speshnev maorif vazirligining topshirig‘i bilan kar bolalarni xalq maktablarida A. Blanshe tizimi bo‘yicha o‘qitishni tashkil qilish ishlarini o‘rgandi. Xorijdan qaytgach, A. Blanshening xalq maktablarida kar va eshitadigan bolalarni birgalikda o‘qitish haqidagi g‘oyasini ommalashtirish bilan shug‘ullandi. Y.T. Speshnev A. Blanshening «Rukovodstvo dlya nastavnika ob obuchenii gluxonemix v narodnix shkolax» (Kar-soqovlarni xalq maktabida o‘qitish bo‘yicha ustozga yo‘riqnoma) kitobini rus tiliga tarjima qildi. Bundan tashqari, 1865 yilda u «Blanshe - Parij institutining bosh shifokori va uning kar-soqovlarni eshitadigan-so‘zlashadiganlar bilan xalq maktabida o‘qitish tizmi» nomli ilmiy hisobot tayyorladi.
Y.T. Speshnev tomonidan o‘sha davrda Rossiyada mavjud bilim yurtlarining tashkil qilinishini tanqid uning karlarni eshitadiganlar bilan birga o‘qitishga oid yangi, ilg‘or yo‘nalishning prinsipial tasdig‘i edi. U xalq maktabida o‘qib, karlar o‘zining labdan o‘qish va og‘zaki tovushli nutq bilan gaplashish malakalarini oshirish zaruratiga duch keladi, degan fikrda edi. Qolaversa, u karlarni va eshitadiganlarni birga o‘qitish g‘oyasini Rossiyada hukmron xalq maorifi tizimi sharoitida amalga oshirish amalda mumkin emasligini yaxshi tushgunib yetdi.
Y.T. Speshnev rus surdopedagogikasi rivojiga munosib hissa qo‘shdi. O‘zining Peterburg bilim yurtidagi faoliyatida u XIX asrning 60-yillari ilg‘or pedagogldarining intilishlarini aks ettirdi. G‘arbiy Yevropadagi karlar uchun bilim yurtlari, jumladan A. Blanshening surdopedagogik tizimini tanqidiy o‘rganish bo‘yicha ilk tajribani aynan Yemu Prinadlejal perviy opit kriticheskogo rassmotreniya zapadnoyevropeyskix uchilish dlya gluxix, i v chastnosti surdopedagogik siste Y.T. Speshnev amalga oshirdi. uning ishtirokida 1835 yilda qabul qilingan, eskirgan Ustav o‘rniga Peterburg bilim yurtining 1865 yildagi, o‘quvchilar qabul qilishni kengaytirish va bilim yurti vazifalarini aniqlashtirish imkonini bergan Ustavi qabul qilindi.
Surdopedagoglar orasida birinchi bo‘lib Y.T. Speshnev karlar uchun yopiq ta’lim muassasalarini tashkil qilish an’anasiga qarshi chiqdi va karlarni eshitadiganlarga qo‘shish, ularni og‘zaki va yozma nutq vositasida o‘qitish uchun qat’iyat bilan kurashdi. U kar bolalarni o‘qitish tizimiga og‘zaki nutq va ko‘zgazmali vositalarni keng kiritdi, buning uchun rasmlar va sayohatlardan faol foydalandi. Birinchi bor Y.T. Speshnev qoldiqli eshitishga ega bolalarni fortepiano chalishga o‘rgatish g‘oyasini amalga oshirdi. O‘quvchilarning musiqa sohasidagi yutuqlari kutilganidan ham ortiq bo‘lib, atrofdagilarda kuchli taassurot qoldirdi.
Y.T. Speshnev o‘zlashtirmovchi kar bolalarni alohida sharoitda o‘qitish bo‘yicha birinchi urinishni amalga oshirgan mutaxassis. Bunday bolalarni o‘qitish muddati uzaytirilar, ular nisbatan chuqurlashtirilgan kasbiy tayyorgarlik o‘tar edi. Pedagogik konferensiya qarori bilan bu kabi o‘quvchilar «yoshligi va qoniqarli rivojlanmagani uchun» «bilimlarini takomillashtirish maqsadida» bilim yurtida qoldirilardi. Keyinchalik bilim yurti qoshida aqli zaif kar bolalar uchun bolalar uyi tashkil qilindi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Y.T. Speshnevning uzoq muddatli xorijiy safarlari uning sermahsul amaliy faoliyatini cheklab, uzib qo‘yardi, bilim yurti hayotidagi islohotlarni va yangi tashkiliy-pedagogik qarashlar mustahkamlanishini qiyinlashtirardi. Buning oqibatida Y.T. Speshnev o‘quv-tarbiya ishining muayyan masalalariga yetrlicha e’tibor qarata olmas, kar bolalarda eshitish idrokini rivojlantirishga urinishlarini mustahkamlay olmas, o‘quvchilar tarkibini ular qo‘llaydigan muloqot vositasiga ko‘ra differensiyatsiyalashni aniqlashtira olmas, ya’ni o‘zi ilgari surgan surdopedagogik muammolarni oxirigacha hal qilishga imkon topmas edi.

Download 301.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling