6-Mavzu: Tadqiqot mavzusini tanlash hamda muammoni asoslash. Reja
Download 42.3 Kb.
|
Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- Axborot turlari;
6-Mavzu: Tadqiqot mavzusini tanlash hamda muammoni asoslash. Reja: 1. Axborot manbalarini tashkil etish. 2. Tadqiqotni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish. 3. Olg’a surilayotgan ilmiy farazni tekshirib ko’rish hamda asoslash. Adabiyotlar: 1.Peregudov l.V, Saidov M.X Aliqulov D.E Ilmiy ijod metodologiyasi. O’quv qo’llanma-T.Moliya. 2002.123 b. 2.Saifnazarov I., Nikitchenko G., Qosimov B. Ilmiy ijod metodalogiyasi . O’quv qo’llanma- T.Yangi asr avlodi.2004.197 b. 3. Sharipov Sh.S., Muslimov N.A .Texnik ijodkorlik va dizayn . O’quv qo’llanma –T; OO’ MTB. 2007. 220 b 4. Muslimov .N.A. Bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarini kasbiy shakllantirish. Monografiya .-Toshkent; Fan, 2004.-127 b. 5.Muslimov N.A., Qo’ysinov O.Kasb ta’limi o’qituvchilarni tayyorlashda mustaqil ta’limni tashkil etish.-Toshkent;Nizomiy nomidagi TDPU, 2006 6.Sharipov Sh.C . Kasb –hunar ta’limi tizimida o’quvchilar ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning uzluksizligi.Monografiya –Toshkent. “Fan’’, 2005 130 b. Axborotni to‘plash uchun uning manbalari ko‘p bo‘lg£mi singari uning turlari ham mavjud va anchadir. Axborot ma’lumotlar va xabarlar to‘plami bo‘lib, unda yangiliklar hamda eski holatlar mavjud bo'ladi. Axborotda ham vorislik tamoyili mavjuddir. Mutlaqo yangi axborotning bo‘lishi mushkuldir. Demak, yangi axborotlar eski axborotlar asosida paydo bo‘ladi. Axborotlar ishonchli bo‘lishi zarur. Munozarasiz axborotlar ijod jarayonini boshi berk ko‘chaga olib kiradi. Ortiqcha xarajat va vaqtning bekorga ketishiga olib keladi. Axborot turli sohalami qamrab olgani uchun turli sohada ham axborotni olish va tarqatish o‘ta mas’uliyatlilikni talab etadi. Siyosiy, huquqiy, madaniy, texnikaviy, ijtimoiy sohalar ham bundan istisno emas. Axborotlar o‘zining tizimiga turlicha bo‘lishi mumkin. Axborotlaming oddiy va murakkab tizimlari oddiy axborot tizimi bu telefon yoki biror boshqa manba orqali olinsa, murakkab axborot manba yoki asosning holati bilan bog‘liqdir. Sababi manba holati ham murakkab bo‘lib undagi axborotni biror so‘z yoki biror manba bilan ham aytib bo‘lmaydi. Demak, axborot ham ko‘p xususiyat va tavsifdan iboratdir. Unda ijodning turli qirralaridan, texnik vositalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Axborot tizimlarini to‘g‘ri tushunish ham ijodda yutuqlar garovidir. Axborot turlari axborot tizimlarining xususiyatlariga ham bog‘liq. Axborot tizimlari oddiy yoki murakkab bo‘lishi bilan birga quyidagi xususiyatlarga ham ega. 1. Ma’lumotlami olish va qayta ishlash jarayoni. 2. Axborotni qayta ishlash markazi faoliyati. 3. Axborotni qayta ishlash va hisoblash xizmati. 4. Mexanizatsiyalashgan yoki avtomatlashtirilgan axborotni tashkil etish tizimlari. Bu tizimlaming hayotiyligini ta’minlash avvalo inson faoliyatiga bog‘liq. Axborot tizimida inson markaziy figuradir. Shu sababli axborot uchun ishlaydigan shaxsga barcha imkoniyatlar yaratilishi eng muhim shartlardandir. Ta’kidlash lozimki, ko‘rsatilgan tizimlar ba’zi qulayliklami keltirib chiqaradi. Jumladan, tizimning holati va uning ishonarligiga javob beruvchi mas’ul kishi javobgarligini oshiradi; ob’yektning umurniy faoliyatini anglab yetishiga ko‘maklashadi; axborotning tarkibiy qismlarini to‘la tushunishga yordam beradi; natijalar olishni tezlashtiradi; axborotlaming qanday qismidan, qayerda, qachon foydalanish kabilarga yordam beradi. Demak, axborot tizimi insonlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ijod uchun keng yo‘l ochib beradi. Bu o‘rinda axborot turlari muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, axborot sohasidagi mutaxassislardan biri Marian Mazur quyidagi axborot turlariga diqqatni jalb etadi: 1. Notrival axborot; 2. Trival axborot; 3. Ayniy axborot; 4. Teng ahamiyatli axborot; 5. Teskari axborot; 6. Natijali axborot; 7. Operatsion axborot; 8. Teskari operatsion axborot; 9. Asosiy axborot; 10. Teskari asosiy axborot; 11. Assotsiatsion axborot. (M.Mazur. Kachestvennaya teoriya informatsii. M., 1974 s 71-82). Ammo iqtisodchi olimlarimiz M. Sharifxo‘jayev va Yo. Abdullayevlar boshqaruv jarayonidagi axborotlami o‘zgacha holda turlarini ko‘rsatib beradilar va ular keltirgan axborot turlari biroz tushunarli hamdir: Axborot turlari;
Download 42.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling