6-mavzu. Talabni qondirishni tadqiq etish va prognoz qilish


Download 49.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.12.2022
Hajmi49.63 Kb.
#1025765
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 mavzu Marketing



6-MAVZU. TALABNI QONDIRISHNI TADQIQ ETISH VA PROGNOZ QILISH 
 
1. Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar 
2. Bozor kon’yunkturasi haqida tushuncha 
3. Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda
baholash uslublari 
4. Kon’yunkturani bashorat qilish 
5. Bozor kon’yunkturasini bashorat qilish uslublari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
1. Talab tushunchasi, uning turlari, talabga ta’sir etuvchi omillar 
Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyojdir. Aniq to‘lov qobiliyatiga ega 
bo‘lgan ehtiyojning tovar ta’minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va 
qondirilmagan talabga bo‘linadi. 
Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan qismi 
bo‘lib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi. 
Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilmagan 
qismi bo‘lib, u bozorda iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yo‘qligi va sifati 
pastligi natijasida yuzaga keladi. 
Iste’mol talabi murakkab kategoriya hisoblanib, unga narx va narxga bog‘liq 
bo‘lmagan omillar ta’sir qiladi. 
Narxga bog‘liq bo‘lgan omillarga asosan aholining daromadlari va tovarlarga bo‘lgan 
narxlar kiradi. 
Narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarga esa, bozorning katta – kichikligi (razmeri), bir 
– biriga o‘xshagan tovarlarning narxlari, iste’molchilarni hohish va istaklari kiradi. 
Talab hajmini narx darajasiga bog‘liqligi, talab va taklif qonuniga asosan aniqlanadi. 
Uning asosida uchta sabab yotadi: 
• Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi; 
• Narxning pasayishi iste’molchilarni to‘lov qobiliyatini kengayishiga olib keladi; 
• Bozorning to‘ldirilishi esa, qo‘shimcha birlikdagi mahsulotlarni foydaliligini 
pasayishiga sabab bo‘ladi. 
Talab hajmini narx darajasiga bog‘liq holda o‘zgarishi talabning narx bo‘yicha 
elastikligi bilan tavsiflanadi, u esa talab miqdorini nisbiy o‘zgarishini(foizlarda 
ifodalanadi) narxning 1 foizga o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Korxona o‘zining 
tovarlarini sotish imkoniyatlarini baholashni, avvalo bozor talabini tadqiq etishdan 
boshlaydi. Bozor talabi – bu ma’lum guruhdagi xaridorlar tomonidan, ma’lum hududda, 
muayyan davrda, ma’lum marketing dasturiga ega bo‘lgan savdo korxonalari tomonidan 
sotib olinadigan, ma’lum miqdordagi tovarlar hajmi bilan ifodalanadi. 
Bozor talabi natural, qiymat ko‘rsatkichlarida yoki nisbiy miqdorlarda ifodalanishi 
mumkin.Bozor talabini jami ichki bozor va uning alohida segmentlari bo‘yicha aniqlash 
mumkin. 
Talabni o‘lchashni asosiy tushunchalari quyidagi 1-rasmda keltirilmoqda. 
Bozor 
Korxona 
Talab Bozor talabi
Korxona tovarlariga bo‘lgan talab 
Potensial Bozor sig‘imi 
Korxonaning potensial hajmi 
Prognoz Bozor prognozi 
Korxonaning sotuv prognozi 

Download 49.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling