Reja: - 1.talab tushunchasi , uning turlari talabga ta’sir etuvchi omillar
- 2.Bozozr kon’yukturasi haqida tushuncha .
- 3.kon’yukturani bashorat qilish.
- Talab – bu xarid quvvatiga ega bo‘lgan ehtiyojdir. Aniq to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyojning tovar ta’minotini real holatiga asosan, talab qondirilgan va qondirilmagan talabga bo‘linadi.
- Qondirilgan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilgan qismi bo‘lib, u tovarlarni va xizmatlarni sotib olish natijasida haqiqiy qondiriladi.
- Qondirilmagan talab – bu bozorda vujudga kelgan haqiqiy talabning qondirilmagan qismi bo‘lib, u bozorda iste’molchilar uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yo‘qligi va sifati pastligi natijasida yuzaga keladi.
- Talab hajmini narx darajasiga bog‘liqligi, talab va taklif qonuniga asosan aniqlanadi.
- Uning asosida uchta sabab yotadi:
- 1.Narxning pasayishi xaridorlar sonining oshishiga olib keladi;
- 2.Narxning pasayishi iste’molchilarni to‘lov qobiliyatini kengayishiga olib keladi;
- 3.Bozorning to‘ldirilishi esa, qo‘shimcha birlikdagi mahsulotlarni foydaliligini pasayishiga sabab bo‘ladi.
Talab
|
Bozor talabi
|
Korxona tovarlariga bo‘lgan talab
|
Potensial
|
Bozor sig‘imi
|
Korxonaning potensial hajmi
|
Prognoz
|
Bozor prognozi
|
Korxonaning sotuv prognozi
| - Bozor sig‘imi yuzaga kelgan narx darajasida ma’lum davr mobaynida bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning umumiy hajmini ifodalaydi hamda u quyidagicha aniqlanadi:
-
- Bs = T + I – E
- Bunda,
- Bs - bozor sig‘imi;
- T – bozorga taklif qilingan tovarlar yoki xizmatlarning umumiy hajmi; I – import hajmi;
- E – eksport hajmi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |