6-mavzu: Tashkiliy faoliyatda boshqaruv hisobi. Reja: Ishlab chiqarishni tashkiliy faoliyatini boshqaruv hisobiga ta’siri
Download 148 Kb.
|
6 мавзу Бош хисоби лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqa so’zlar bilan aytganda, xarajalar markazi
- Markaz menejeri
- Foyda markazi
Xarajatlar markazi – bu javobgarlik markazi bo’lib, uning rahbari barcha xarajatlarni nazorat qiladi, biroq foyda va boshqa turdagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni nazorat qilmaydi. Xarajatlar markazi tashkiliy birlik, ya’ni sex bilan to’g’ri kelishi mumkin, yoki uning tarkibiga biror bir tuzilma bo’lib kirishi mumkin. Ba’zi bir tashkiliy tuzilmalarda bir yoki bir necha xarajatlar markazlari mavjud bo’lishi mumkin. Xarajat markazining mustaqil holda ajratilishiga foydalanilayotgan asbob-uskunalar, amalga oshirilayotgan operasiyalar va funksiyalarning o’zaro birligi asos bo’lib xizmat qiladi.
Xarajatlar markazidagi hisob tizimi faqat xarajatlarni ularning javobgarlik markaziga kirishida o’lchash va ularni qayd qilishga yo’naltiriladi. Javobgarlik markazining faoliyat natijalari ko’pchilik hollarda (ayniqsa ishlab chiqarilgan mahsulot, ko’rsatilgan xizmatlar, amalga oshirilgan ishlar hajmi masalasida) inobatga olinmaydi, chunki ularni o’lchashning ba’zan imkoniyati mavjud bo’lmaydi, yoki ularni o’lchashga ehtiyoj bo’lmaydi. Boshqa so’zlar bilan aytganda, xarajalar markazi – bu tuzilmaviy bo’g’in bo’lib, unda me’yorlashtirish, rejalashtirish va ishlab chiqarish zaxiralariga ketgan xarajatlar ustidan kuzatish, nazorat va boshqarishni amalga oshirish maqsadida xarajatlarni hisob-kitob qilish kabilarni tashkillashtirish, hamda ulardan foydalanish masalalarini baholash mumkin bo’ladi. Markaz menejeri xarajatlar miqyosi va darajasi uchun javobgar sanaladi. Daromad markazlari – bu javobgarlik markazi bo’lib, uning rahbari daromadlarni olish masalasiga javobgar bo’ladi, biroq xarajatlar uchun javob bermaydi. Mana shunday bo’linmalar rahbarlari faoliyati xarajatlarni boshqarish tizimida qo’lga kiritilgan tushumlar yoki ichki daromadlarning umumiy ko’lami asosida baholanadi, shu bois mazkur holatda hisob-kitobning maqsadi javobgarlik markazining chiqishdagi faoliyati natijalarini qayd etish asosida belgilanadi. Biroq bu mazkur bo’linmalarda xarajatlar yo’qligini anglatmaydi, lekin ularni ta’minlashga ketgan xarajatlar ko’lami ular nazoratidagi daromadlar ko’lami bilan umuman taqqoslab bo’lmaydigan darajada ekanligini anglatadi. Daromadlar markazi odatda sotuvga chiqarilgan mollardan kelgan daromadlarga javob beruvchi mollarni o’tkazish bo’linmalarida, yoki bozor uchastkalarida shakllantiriladi. Daromad markazlari rahbarlari, xarajat markazlari rahbarlari kabi, moliyaviy bo’lmagan maqsadlarga erishish uchun ham javobgar bo’lishlari mumkin, masalan, korxona sotuvlar bo’yicha birinchi va yoki ikkinchi o’rinda bo’lgan bozorlardagi raqobatni ta’minlash masalalarida mana shunday bo’lishi mumkin. Foyda markazi - bu uning rahbari daromadlar va o’zining bo’linmasi xarajatlariga javob beruvchi bo’linma sanaladi. Foyda markazi rahbari iste’mol qilinayotgan zaxiralar ko’lami va soni hamda kutilayotgan tushum hajmi bo’yicha qarorlar qabul qiladi. Mana shunday markaz faoliyatini baholash mezoni sifatida olinayotgan foyda o’lchami nazarga olinadi. Shu bois, hisob-kitob jarayoni javobgarlik markaziga kirishdagi bo’ladigan xarajatlar, uning ichidagi xarajatlar, hamda bo’linmaning chiqishdagi faoliyatining so’nggi natijalari borasida axborot berishi lozim Download 148 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling