6-mavzu: Tashkiliy faoliyatda boshqaruv hisobi. Reja: Ishlab chiqarishni tashkiliy faoliyatini boshqaruv hisobiga ta’siri
Download 148 Kb.
|
6 мавзу Бош хисоби лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish markazlariga
- 4. Tashkiliy faoliyat harajatlari tarkibi va taqsimlanishi.
Investisiyalar markazlari – korxonalarning bo’linmasi bo’lib, ular rahbarlari o’zlari boshchilik qilayotgan bo’linmalarning nafaqat xarajatlari va daromadlarini, balki ularga kiritilayotgan investiyalar samaradorligini ham o’z nazoratida ushlab turadilar. Investisiya markazlarini mustaqil biznestuzilmalar bilan solishtirsa bo’ladi. Biroq, ular odatda yuqori darajadagi markazlashuvdan voz kechgan korxonalarda vujudga keladi.
O’z vazifalari va funksiyalari bo’yicha xo’jalik javobgarliki markazlari odatda asosiy, qo’shimcha va hamroh bo’lgan turlarni o’z ichiga qamrab oladi. Asosiy javobgarlik markazlari maxsulotni ishlab chiqaradi, uni ishlab chiqarish uchun maxsus bo’linmalar tashkil qilinadi, qo’shimcha tuzilmalar esa maxsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish uchun yo’naltiriladi, bu holat asosiy ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun shakllantiriladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan ishlab chiqarish va ularga xizmat ko’rsatish xarajat markazlari ajratiladi. Ishlab chiqarish markazlariga sexlar, uchastkalar, brigadalar kiritiladi, xizmat ko’rsatish markazlariga esa – bo’limlar va boshqaruv xizmati, omborlar va laboratoriyalar kiritiladi. Turli korxonalardagi xarajat markazlari detallashtirilishi darajasi ularning rahbarlari oldiga xarajatlarni nazorat qilish bo’yicha qo’yilgan maqsadlar va vazifalar bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Odatda, javobgarlik darajasi bevosita xarajat markazi miqdori bilan bog’liq holda o’sib boradi. 4. Tashkiliy faoliyat harajatlari tarkibi va taqsimlanishi. Sanoat korxonalarida bir nechta asosiy mahsulotlar turini ishlab chiqaruvchi asosiy bo’limlar bilan birga yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatuvchi bo’limlar ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Shunga muvofiq sarf qilingan xarajatlar asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari hamda yordamchi va xizmat ko’rsatish bo’limlari bo’yicha alohida hisobga olinadi. Bu xarajatlar alohida ochilgan buxgalteriya schyotlarida hisobga olib boriladi. Odatda ishlab chiqarilgan asosiy mahsulotlarning tannarxi aniqlanadi. Yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish tarmoqlariga sarflangan xarajatlar hisobot davri oxirida asosiy mahsulot turlariga qayta taqsimlashni talab qiladi. Ushbu umumxarajatlarni mahsulotlar turlariga to’g’ri taqsimlash mahsulotlarning tannarxini xaqqoniy aniqlash imkonini beradi. Bu sotilayotgan mahsulotlar bahosini asosli belgilash hamda aniq boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muhim rol o’ynaydi. Bilvosita xarajatlarni mahsulotlar turiga taqsimlash xalqaro amaliyotda ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda bilvosita xarajatlar mahsulotlar turiga xarajat markazlari bo’yicha taqsimlanadi, bu usul keng tarqalgan. Ikkinchi bosqichda esa belgilangan taqsimot bazasi (xarajatlar faktori)ga muvofiq taqsimlanadi. Fikrimizcha, bularni amalga oshirish uchun quyidagi taqsimot jarayonini bajarish zarur bo’ladi: ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarni asosiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’limlariga yoki xarajat markazlari bo’yicha taqsimlash; yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish bo’limlarini ishlab chiqarish xarajat markazlari ulushiga ko’ra qayta taqsimlash; har bir ishlab chiqarish xarajat markazlari bo’yicha bilvosita xarajatlarni taqsimlash stavkasini aniqlash; mahsulotlar turlari bo’yicha har bir xarajat markazlariga to’g’ri keladigan bilvosita xarajatlarni taqsimlash. Birinchi va ikkinchi taqsimot dastlabki bosqichda, uchinchi va to’rtinchi taqsimot ikkinchi bosqichda bajariladi. Nazarimizda ishlab chiqarish korxonalarida yuqoridagilardan taqsimot bazalari (xarajat faktorlari) sifatida foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, uskunalar amortizasiyasini yoki sug’urta xarajatlari summasini taqsimlash uchun uskunaning dastlabki qiymati; binoning ijara xarajatlari, kommunal xarajatlarini taqsimlash uchun u egallagan maydon (metr kv) baza bo’lishi mumkin. Ikkinchi bosqichda umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash uchun taqsimot bazasi sifatida asosiy ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilarning mehnat-soatlari, uskunalarning ish vaqti uchun esa mashina-soatlari foydalaniladi. Shuningdek, taqsimot bazasi sifatida boshqa xarajat elementlari ham foydalanilishi mumkin. Umumishlab chiqarish bilvosita xarajatlarni taqsimlashning formulasi quyidagicha ifodalanadi: Bu bilvosita xarajatlarni barcha bosqichlarda taqsimlashning umumiy formulasi hisoblanadi. Odatda bu formuladan bilvosita xarajatlarni va xarajat faktorlarining smeta yoki normativ miqdorini topishda foydalaniladi. Misol uchun, korxonada beshta bo’lim mavjud bo’lib, uning uchtasi asosiy: mexanika, yig’ish va bo’yoqlash sexlaridan iborat. Qolgan ikkitasi xizmat ko’rsatish bo’limi hisoblanadi, ya’ni ta’mirlash sexi va omborxona bo’limi. Ishlab chiqarilgan asosiy mahsulotlarning tannarxini aniqlash uchun xizmat ko’rsatish bo’limlari xarajatlarini asosiy mahsulotlarga taqsimlash zarur bo’ladi. Fikrimizcha, xizmat ko’rsatish bo’limlari xarajat markazlari bo’yicha umumishlab chiqarish xarajatlarini asosiy ishlab chiqarish xarajat markazlariga taqsimlash uchun dastlab taqsimot bazasi (xarajat faktorlari)ni aniqlash kerak. Ta’kidlash joizki, har bir xarajat turlarini nazorat qilish maqsadida bo’limlar bo’yicha xarajatlar smetasini tuzish zarur. Bu haqiqiy xarajatlarni reja smeta ko’rsatkichlari bilan taqqoslash imkoniyatini yaratadi. Haqiqiy xarajatlar bilan birga umumishlab chiqarish smeta stavkasini topish kerak bo’ladi. Bu hisobot davrida xarajatlarni mahsulotlar tannarxiga to’g’ri olib borish va mahsulotlar tannarxini haqqoniy aniqlashga imkon beradi. Umumishlab chiqarish bilvosita xarajatlar 2510 schyotining debet tomonida sarflangan haqiqiy xarajatlar hisobga olib boriladi, kredit tomonida esa taqsimlangan xarajatlar summasi aks ettiriladi. Demak, umumishlab chiqarish debetida hisobot davri davomidagi jami haqiqiy xarajatlar — pudratchi tashkilotlar xizmati, asosiy vositalarning amortizasiya summasi, elektr energiya xarajatlari, isitish sarfi xarajatlari, ijara xarajatlari, mehnat haqi va boshqa xarajatlar aks ettiriladi. Bu xarajatlar buxgalteriya hisobi schyotlarida 2510 schyotning debeti va 6010, 0210, 6710-schyotlarning kreditiga yozuv qilinadi. Umumishlab chiqarish (UNX)ning kredit tomonida hisobot davri davomida smeta bo’yicha haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlarga taqsimlanishi aks ettiriladi. Ushbu buxgalteriya provodkalari schyotlarda quyidagicha yozuv qilinadi: debet 2010 — «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti, kredit 2510 — «Umumishlab chiqarish» schyoti. Bunda har bir sexdagi haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotlarga sarflangan xarajat faktorlari umum ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimot bazasi sifatida ifoda etiladi. Misol uchun, mexanika sexida sarflangan xarajatlar faktori 21200 mashinasoatni tashkil etgan. Hisobot davri oxirida har bir asosiy sexdagi umumishlab chiqarish xarajatlari (UNX)ning debeti (haqiqiy xarajatlar) uning krediti (taqsimlangan xarajatlar) bilan taqqoslanadi va farqi topiladi. Bunda haqiqiy xarajatlar summasi taqsimlangan xarajatlar summasidan ortiq bo’lsa, hisobot davri davomida mahsulotlar tannarxiga UNX asliga nisbatan kamroq o’tkazilgan bo’ladi. UNX schyotining debet va kredit o’rtasidagi bunday farq taqsimlanmay qolgan xarajatlarni tashkil etadi. Aksincha, haqiqiy sarflangan xarajatlar summasi taqsimlangan xarajatlarga nisbatan kam bo’lsa, demak, mahsulotlar tannarxiga olib borilgan xarajatlar haqiqiy xarajatlarga nisbatan ko’proq olib borilgan bo’ladi. Odatda bu farq summasi ortiqcha taqsimlangan summa bo’lib, 9110 — «Mahsulotlar tannarxi» schyotiga hisobdan chiqariladi. Shuni takidlash joizki, xarajatlarni to’liq taqsimlash (abzorpshen-kos-ting) usulida moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzishda umumishlab chiqarish bilvosita xarajatlar (UNX) summasining ortiqcha taqsimlangan yoki taqsimlanmay qolgan summasi doirasida sotilgan mahsulotlar tannarxi korrektirovka qilinadi. Taqsimlanmay qolgan UNX summasi sotilgan mahsulotlar tannarxiga qo’shiladi, ortiqcha taqsimlangan summa esa mahsulotlar tannarxidan ayirib tashlanadi. Umumishlab chiqarish xarajatlari sotilgan mahsulotlar tannarxidan to’g’ridan-to’g’ri hisobdan chiqarilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvlari qilinadi: Debet 9110 — «Sotilgan mahsulotlar tannarxi»; Kredit 2510 — «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyoti. Download 148 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling