6-mavzu: traktor va qishloq xo’jaligi mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni saqlash


Download 38.54 Kb.
Sana06.07.2020
Hajmi38.54 Kb.
#123090
Bog'liq
6-мавзу (2)


6-MAVZU: TRAKTOR VA QISHLOQ XOJALIGI MASHINALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH VA ULARNI SAQLASH
Texnik qarovlar, texnik xizmat ko‘rsatishning eng asosiy tadbirlardan bo‘lib, traktorlarni va qishloq xo‘jalik mashinalarini bekamu ko‘st tejamli ishlashi, turli uzel va mexanizmlarni barvaqt eyilishi va sinishidan saqlashga imkon beradigan operatsiyalar to‘plamidan iborat.

Traktorlarni texnik qarovi har smenada va vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan texnik qarovlarga bo‘linadi.

Har smenadagi texnik qarov smena tugaganidan keyin dalada o‘tkaziladi, vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan texnik qarovlar traktor ma’lum ish bajarganidan keyin txnik xizmat ko‘rsatish punktlarida yoki xo‘jalik ustaxonalarida o‘tkaziladi.

Traktorlardan foydalanilayotganda quyidagi texnik qarov xillari o‘tkaziladi. Texnik qarovlarni o‘tkazish vaqti traktorlarning bajargan ishiga moto-soatlar hisoblagichi ko‘rsatishiga yoki qancha yonilg‘i sarf etilishiga qarab aniqlanadi.

1.Har smenadagi texnik qarov (10 moto-soat) smena oxirida o‘tkaziladi.

I.texnik qarov 125 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi.

II.texnik qarov 500 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi.

III.texnik qarov 1000 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi.

2.Mavsumiy texnik qarov kuzda va bahorda, ya’ni qishga kirishda va yozga chiqishda o‘tkaziladi.

Har smenadagi texnik qarov ishlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi.



  1. Ishlayotgan traktorda dvigatel, transmissiya va yurish qismida shovqin va begona tovushlar yo‘qligi tekshiriladi.

  2. Tekshiruv-o‘lchov asboblari, yoritish asboblari, ovoz signali, gidravlik o‘rnatish sistemasi ishlashini tekshirish. Boshqarish richagi va pedalini tormoz sistemasi pedalini rul boshqarmasi chambaragini erkin yo‘lining holatini tekshirish.

  3. Dvigatelning ishlashiga quloq solish va to‘xtatish. Dvigatelni to‘xtatish bilan moy sentrafugasini ishlashini tekshirish.

  4. CHang va iflosdan yuvib tozalangan traktorda yonilg‘i, suv, moy va elektrolitni oqmayotganligini tekshirish.

  5. Traktorni tashqi birikmalarini, dvigatel yurish qismi va ramalarini qotirilganligini ttekshirish.

  6. Havo tozalagichni, havo so‘ruvchi setkalarni tozalash va zichligini ta’minlash. Birikmalaridan havo so‘rilmasligi kerak.

  7. YOnilg‘i baki va o‘t oldirish dvigateli bakidagi yonilg‘ini tekshirish va zarur bo‘lsa to‘ldirib qo‘yish kerak.

  8. Dvigatel karteridagi moyning sathini tekshirish va sathidan kam bo‘lsa quyish zarur.

  9. Radiatordagi suvning sathini tkshirish va kam bo‘lsa quyish kerak.

  10. G‘ildiraklardagi havoning bosimini tekshirish, zanjirli yuritgichni zanjirini tarangligini tekshirish. Ish vaqtida sezilgan va tekshirish vaqtida topilgan kamchiliklar bartaraf qilinadi.

I-Texnik qarov

(125 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi).

Smenali texnik qarovda ko‘zda tutilgan ishlar takrorlanib, ulrga qo‘shimcha ravishda: traktor yuviladi, suv nasosi, uzatmalar qutisi, asosiy uzatma, oxirgi uzatma, quvvat olish vali reduktori, taranglovchi g‘ildirak, taranglovchi rolik, gidrosistema moy bakidagi moyning sathi tekshiriladi.

Generator privodining podshipnigi, asosiy va boshqarish muftalari podshipnigi, boshqarish va tormoz richaglari va parallelning o‘qi, oxirgi uzatma, yarim o‘qlarning o‘rta va sirtqi podshipniklari, rul boshqarmasi stoykasi va valining podshipnigi, burish sapfalarining podshipnigi o‘rnatish mexanizmi valining vtulkalari moylanadi.

Dag‘al filtr va reaktiv sentrafuga tozalaadi va yuviladi, havo tozalagich yuvilib, moyi almashtiriladi, ventilyator tasmasi taranglanadi, akkumlyatorlar batareyasining klemmalari, simlari, ventilyasiya teshiklari tozalanadi, elektorlitning sathi tekshiriladi, lozim o‘lsa ularga qo‘shimcha moy qo‘yiladi. Yonilg‘i baki dag‘al va moyni tozalash filtrlari korpusidagi quyqalardan bo‘shatiladi. Kanallardagi havo bosimi tekshiriladi.

II-Texnik qarov

(500 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi).

I-texnik qarovdagi ishlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ishlar bajariladi: Dvigatel karteidagi, yonilg‘i nasosi va regulyator korpusidagi moy almashtiriladi, rul mexanizmi korpusi va yurgizib yuborish dvigatelning reduktor, oxirgi uzatmalar korpusidagi moyning sathi tekshirilib, lozim bo‘lsa qo‘shimcha moy qo‘yiladi.

Moyning mayin va dag‘al filtrlari elementining moy o‘tkazish qobiliyati tekshiriladi. Forsunkalarning yonilg‘i purkash bosimi va yonilg‘i purkashni ilgarilash burchagi, klapalar, dekompressor, svecha elektrodlari va magneto uzgichining tirqishi, asosiy mufta tortqisi, oshqarish muftalari va tormozlari, zanjirning tarangligi rostlanadi. Elektr simlar ko‘zdan kechiriladi, shikastlangan joylari izolyasiyalanadi. Generator, startyor yakori va cho‘tkalari tekshiriladi, tozalanadi. Elektrolitning zichligi, akkumlyatorlar batareyasining zaryadsizlananlik darajasi tekshiriladi. Havo bilan sovitiladigan dvigatellarda ventilyator parragi va yo‘naltirgichning ich tomoni tozalanadi. Traktorning barcha tashqi birikmalari tekshirib chiqiladi, lozim bo‘lsa mahkamlanadi.



III-Texnik qarov

(1000 moto-soat ishlagandan so‘ng o‘tkaziladi).

II-texnik qarovda o‘tkazilgan ishlarga qo‘shimcha quyidagi ishlar bajariladi. Forsunka, yonilg‘i nasosi, svecha, magneto, yurgizib yuborish dvigatelining tishlashish muftasi, zanjirli yuritgichning tayanch katoklari, oxirgi uzatmaning podshipniklari, rul boshqarmasi gidravlik kuchaytirgichi, gidravlik o‘rnatish sistemasi agregatlari, to‘xtaib qo‘yish tormozi, pnevmatik sistemasining ishi tekshiriladi va zarur bo‘lsa rostlash ishlari bajariladi.

Oxirgi uzatma yarim o‘qlarining podshipnigi, burish kulaklari, oldingi g‘ildirak o‘qlari va boshqarish muftalarining moy almashtiriladi. Asosiy va yurgizib yuborish dvigatelining yonilg‘i baki, tindirgich filtri va karbyurator yuviladi. Mayin tozalash filtrining korpusi yuvilib filtrlovchi elementi almashtiriladi.

Asosiy uzatma, ketingi va oldingi ko‘priklar, tayanch g‘ildiraklari, etakchi va yo‘naltiruvchi g‘ildiraklarning podshipniklari, osma karetkalarning o‘q yo‘nalishida siljishi rostlanadi. Barcha ishlar bajarilgandan so‘ng traktor harakati vaqtida mexanizmlarning ish qobiliyati tekshiriladi.

Mavsumiy texnik qarov

Har gal grafikka muvofiq navbatdagi texnik qarovga qo‘shimcha ravishda bahorda va qishga kirish oldidan o‘tkaziladi.

Bahorgi-yozgi davrga o‘tishda harorat 50S dan yuqori bo‘lishi kerak, kuzgi-qishki davrga o‘tishda harorat -50s past bo‘lishi kerak. Yonilg‘i va moylarning qishki sortlari, elektrolit almashtiriladi.

Rele-regulyator qishga qarab rostlanadi, moy radiatori ishlatilmaydi, akkumlyator, kabina isitiladi. Termostat, jalyuzlar va termometrning ishlashi tekshiriladi.

Yozga chiqishda, aksincha, yoqilg‘i, moy va elektorlit yozgisiga almashtiriladi. Rele-regulyator yozga to‘g‘rilab rostlanadi va isitish uskunalari olinib yozda ishlashga moslanadi.

Mashinalarni saqlashning uchta asosiy usuli bor: mashinalarning konstruktiv xususiyatlariga, tabiiy-iqlim sharoitlariga, zarur binolar yoki ochiq maydonchalarning bor-yo’qligiga bog’liq bo’lgan yopiq, ochiq va aralash saqlash usullari qo’llaniladi. Qabul qilingan saqlash usuliga qarab, mashinalarni saqlashga tayyorlash ishlari, saqlash davrida va saqlashdan olishda bajariladigan ishlar mazmuni aniqlanadi.



Yopiq saqlash usuli. Mashinalar va mexanizmlarni saroyda, garajda, omborda saqlash usuli boshqa usullarga nisbatan saqlash bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarishga mehnat sarfini kamaytirishga imkon beradi. Mashinalardan echib olinadigan agregatlar, uzellar va detallarni saqlash uchun zarur bo’ladigan ombor binolarini kamaytirishga imkon beradi. Bunda mashinalar qor-yomg’irlardan, quyosh nuridan puxta saqlanadi, mashinalar qismlarga ajratilmagan holda saqlanadi. Lekin yopiq saqlash usuli binolar qurishga ko’p mablag’ talab etadi.

Ochiq saqlash usuli. Tajribalarning ko’rsatishicha, ochiq saqlashda maydonchalar zarur uskunalar bilan jihozlanib, mashinalar saqlashga to’g’ri tayyorlansa, ularning puxta saqlanishiga erishish mumkin. Mashinalarni saqlash joylari mashinalarning konstruktsiyasiga, ish, TS va ta’mirlash joyidan uzoq-yaqinligiga, shuningdek ularni tashish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarning oz-ko’pligiga qarab tanlanadi. Mashinalarni saqlash hovli-joylari, markaziy qishloqdagi saqlash joylari va TS punktlari ta’mirlash ustaxonalariga bevosita yaqinda joylashtiriladi. Markaziy qishloqda TS punktida, bo’limlar va brigadalarda saqlanadigan mashinalar ro’yxati bosh injener tomonidan belgilanadi.

Aralash saqlash usuli. Bu usulda murakkab va qimmatbaho mashinalar, shuningdek rezinato’qima, yog’och va oson shikastlanadigan materiallardan tayyorlangan detallari bor bo’lgan mashinalar yopiq binolarda saqlanadi, oddiy mashinalar (pluglar, tirmalar, shataklagichlar va boshqalar) esa ochiq maydonchalarda saqlanadi. Ochiq va yopiq usullarda saqlanadigan mashinalarning o’zaro nisbati mahalliy iqlim sharoitlariga, yopiq binolarning yoki ularni qurish uchun kerakli vositalarning bor-yo’qligiga bog’liq.
Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.Solihov Traktor va avtomobillar. Toshkent “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” 2012yil, (lotin alifbosida).

2. S.Aliqulov, M.R.Djiyanov Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun uslubiy qo‘llanma Tosh DAU, 2017yil.

3. M.Toshboltaev “Paxtachilik va g‘allachilik mashinalarini rostlash va samarali ishlatish” . T.. “Fan”, 2012.


Internet saytlari

4. http www amazon ru

5.httpwww.teh boors ru

6. http www ziyonet uz



7. www agri-tech ru http www tdagromarret ru http www raise ru
Download 38.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling