6-mavzu. Trikotaj to’qimalarining tasnifi
Download 98.4 Kb. Pdf ko'rish
|
4.3-rasm. Trikotajdagi halqlar holati
Rasmdan ko’rinib turibdiki, bu holda xalqa ipining uzunligi diametri d=3f ga teng bo’lgan aylana uzunligi bilan, xalqaning ikki tayoqchasi uzunligi yig’indisiga teng, bunda f – ipning siqiq holatdagi shartli diametridir. Xalqa tayoqchalari uzunligi esa taxminan xalqalar qatorining maksimal balandligi V ga teng. Demak, xalqa ipining uzunligi quyidagicha ifodalanishi mumkin: max 2 3 Â f L + = (4.1) bundan, 2 3 max f L В − = (4.2) Glad’ to’qimasi eni bo’ylab cho’zilganda xalqalar tayoqchalari uzunligi yoki xalqalar qatori balandligi V ni minimumga kamayishi hisobiga xalqalar qadami A maksimumga kattalashadi. 4.3, b-rasmda eni bo’ylab cho’zilgan glad’ to’qimasining tuzilishi ko’rsatilgan. Ushbu holda xalqa ipining uzunligi, diametri d=3f ga teng bo’lgan aylana uzunligi bilan xalqaning maksimal qadami A max uzunligining yig’indisiga teng, ya’ni max 3 A f L + = (4.3) bundan, f L A 3 max − = (4.4) Eni va uzunligi bo’yicha cho’ziluvchanlikni taqqoslab quyidagini aniqlaymiz: 2 max max = В A (4.5) Zichlik. Glad’ to’qimasining zichligi, boshqa har qanday trikotajning zichligi kabi, glad’ning 50 mm li uzunligiga to’g’ri keladigan xalqalar qatori soni (Rv) va xalqalar ustunchalari soni (Rg) bo’yicha aniqlanadi. Glad’ to’qimasining vertikal bo’yicha zichligi (Rv) har doim gorizontal bo’yicha zichligidan (Rg) katta bo’ladi. Nazariy tomondan zichliklarni hisoblashda avval gorizontal bo’yicha zichlik xalqalar qadami miqdori orqali hisoblanadi: À Ðg 50 = (4.6) Xalqa qadami xalqa asosi kengligida joylashgan iplar yo’g’onligi soni bo’yicha aniqlanadi. Prof. A.S. Dalidovichning tavsiyasiga binoan, xalqa qadami 4G’ ga teng qilib olinadi (bu erda G’ - ipning erkin xolatidagi haqiqiy yo’g’onligi). Ipning yo’g’onligini aniqroq hisoblash uchun, kam eshilgan kalava ip (пряжа) va iplar (нити) uchun quyidagi formula keltirib chiqarilgan: T F 1000 = (4.7) bu erda λ- ishlatiladigan ip tolasi xilini hisobga oluvchi koeffitsient. Turli kalava ip va ip turlari uchun koeffitsient λ quyidagi qiymatlarga ega: Paxta tolasidan olingan kalava ip - 1,25 Sof jundan olingan kalava ip - 1,35 Yarim jundan olingan kalava ip (50% jun va 50% kenghajmli PAN tolalar) - 1,60 Viskoza iplari - 1,30 Atsetat iplari - 1,38 Kapron iplari - 1,48 Terilen iplari - 1,07 Lavsan iplari - 1,38 Triatsetat iplari - 1,40 Nitron tolalaridan olingan yuqori xajmli iplar - 2,60 Nitron va kurtel tolalaridan olingan yuqori hajmli kalava iplar - 2,70 Ekslan tolasidan olingan kalava iplar - 2,76 Vannel tolalaridan olingan yuqori hajmli kalava iplar - 3,16 Melan, krimplin (belan) turidagi teksturlangan iplar uchun ip yo’g’onligi F ni aniqlashda, haqiqiy chiziqli zichligi T F , standartlarda va texnikaviy shartlarda ko’rsatilgandan ko’ra 25-30%ga kattaroqligini hisobga olish zarur, ya’ni T F = [1,2 – 1,30]·T (4.8) Gorizontal bo’yicha zichlik aniqlangandan keyin, xalqalar qatori balandligi V hisoblanadi. Xalqalar qatori balandligi V xalqalar qadami kattaligi va zichliklar nisbati koeffitsienti S orqali aniqlanadi. V = S · A (4.9) Trikotaj to’qish nazariyasi asosida glad’ to’qimasini loyihalashda S=0,865 ga teng qilib olinadi, bundan V = 0,865 · 4 · F Download 98.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling