6-mavzu. Trikotaj to’qimalarining tasnifi
Download 98.4 Kb. Pdf ko'rish
|
6-MAVZU. TRIKOTAJ TO’QIMALARINING TASNIFI. Tasnif haqida tushuncha. Bosh va hosila trikotaj to’qimalari. Bir va ikki qavatli trikotaj to’qimalari. Ko’ndalang va bo’ylama trikotaj to’qimalari. Bir qavatli ko’ndalangiga to’qilgan to’qimalarining tuzilishi va xususiyatlari. Ko’ndalangiga to’qilgan bosh to’qimalarning tuzilishi va xususiyatlari. Bir qavatli trikotaj to’qimalarini ko’rib chiqishdan oldin, professor A.S. Dalidovich tomonidan 1944 yilda yaratilgan trikotaj to’qimalarining tasnifiga to’xtalib o’tamiz. Hozirgi vaqtda bu klassifikatsiya bir muncha o’zgargan va yangi klass to’qimalari bilan to’ldirilgan. Barcha trikotaj to’qimalari bu klassifikatsiya asosida ikki guruhga bo’linadi: 1. Bosh to’qimalar; 2. Naqshli to’qimalar; Bundan tashqari, trikotaj to’qimalarining birinchi guruhidan, hosilali to’qimalar guruhchasi ajratilgan. Bosh to’qimalar - bu tekis to’qimalar bo’lib, bir xil halqalardan tashkil topgandir. Ular o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi: a) Bir qavatli bosh to’qimalar: 1. Glad’ 2. Sepochka 3. Triko 4. Atlas b) Ikki qavatli bosh to’qimalar: 1. Lastik 2. Teskari glad’ 3. Lastik sepochkasi 4. Lastik trikosi 5. Lastik atlasi. Hosilali to’qimalar. Turli bosh to’qimalar qo’shilmasidan hosil bo’ladi. Ular ham bir va ikki qavatli to’qimalarga bo’linadi. Bir qavatli to’qimalarga quyidagilar kiradi: a) hosilali glad’; b) hosilali triko; d) hosilali atlas. Ikki qavatli to’qimalarga quyidagilar kiradi: a) hosilali lastik (interlok); b) hosilali teskari to’qima; d) hosilali sepochka; e) hosilali triko; f) hosilali atlas. Trikotaj mashinalarida to’qiladigan to’qimalarning tuzilishini o’rganishga o’tishdan avval, to’quv dastgohlarida to’qiladigan to’qimalarning tuzilishi to’g’risidagi umumiy ma’lumotlarni keltiramiz. Har qanday to’qimani o’rganishda asosan uning ikki ip tizimidan tashkil topganini aniqlash mumkin, bu iplardan biri “mato” bo’ylab, ikkinchisi esa ko’ndalang joylashgan bo’lib, ular o’zaro to’g’ri burchak hosil qiladilar. Iplarning mato bo’ylab yo’nalgan tizimi tanda, matoga ko’ndalang yo’nalgan iplar tizimi arqoq deb ataladi. 1.1-rasmda to’quv dastgohida olinadigan eng oddiy to’qimaning tuzilishi ko’rsatilgan, bu to’qimada tanda 1 va arqoq 2 iplarining o’zaro kesishadigan joyidagina iplarda egilish borligini ko’rish mumkin. Bunday to’qimalar biroz cho’ziluvchanlik xususiyatiga egadirlar. Download 98.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling