6-mavzu. Uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti: tashkilot iqtisodiyot nazariyasi yondoshuvi narkobiznes iqtisodiyoti nazariyasi. Terrorizm iqtisodiyoti nazariyasi. Jinoiy yo‘l bilan olingan pulni “poklash” va legallashtirish. Reja
«unumdor jinoyatchilik» - qonun tomonidan taqiqlangan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotishdan daromad keltiradigan jinoiy biznesdir
Download 158.5 Kb.
|
Xufyona iqtisodiyot 6 mavzu sirtqi (3)
«unumdor jinoyatchilik» - qonun tomonidan taqiqlangan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotishdan daromad keltiradigan jinoiy biznesdir.
Birinchi vaziyatda jinoiy faoliyat odatda mehnat taqsimotini (yoki u minimal bo‘lsada) talab qilmaydi. Bunda ko‘lam samarasi salbiy: jinoiy guruh sonining ko‘payishi jinoiy xatti -harakatlar (har bir ishtirokchiga to‘g‘ri keladigan qazib olish miqdori) “samaradorligi”ni unchalik oshirmaydi, balki qonun himoyachilarining qo‘liga tushib qolish ehtimolini kuchli oshiradi. Shu sababli bunday turdagi jinoyatchilik yo yolg‘iz-jinoyatchilar tomonidan, yoki nisbatan ko‘p sonli guruhlar tomonidan sodir etilib, ularning amal qilish muddati unchalik uzoq emas (ko‘pincha ular boshidanoq “o‘ljani yulish va qochib qolish” uchun tashkil qilinadi)6. Ikkinchi vaziyatda aksincha, jinoiy faoliyat jamoaviylikka “mahkum qilingan”: jinoiy ishlab chiqarish legal ishlab chiqarish qonuniyatlariga bo‘ysunadi, ya’ni mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvini taqozo etadi. Bunda transaksion xarajatlar - jinoiy biznes ko‘p sonli qatnashchilari o‘rtasida barqaror munosabatlarni saqlash va ushlab turish xarajatlari muammosi vujudga keladi. «Tashkilotni shakllantirgan va qandaydir shaxsga (“tadbirkorga”) resurslarni to‘g‘ri yo‘naltirish huquqini bergan holda ayrim bozor xarajatlarini qisqartirish mumkin bo‘ladi”, deb yozadi R. Kouz180. Aynan shu sababli ham jinoyatchilarni yangi, unumli jinoiy sohalarga o‘tkazishda kriminal obro‘ga ega bo‘lgan jinoiy guruhlar boshchilari mafiyachi firmalar shakllanib, ularning har biri turli “mutaxassislik”dagi jinoyatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish xarajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy faoliyat bilan band jinoyatchilar bundan tashqari, atrof ijtimoiy muhit bilan ham munosabatlarni yo‘lga qo‘yishlari zarur. Jinoiy faoliyat qamrovi qanchalik keng bo‘lsa, raqobatlashuvchi jinoyatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari qarshi ta’sirlarini yengish shunchalik qimmatga tushadi. Shu sababli keng ko‘lamli statsionar jinoiy faoliyat, bir tomondan, jinoiy to‘dalar o‘rtasida va boshqa tomondan, to‘dalarning huquq -tartibot idoralari o‘rtasida o‘zaro foydali yashirin bitimlar tuzishlarini taqozo etadi. Jinoiy tashkilotlar hamkorlik va raqobat qoidalari to‘g‘risida kelishgan holda ta’sir sohalarini (hududlar, faoliyat turlari) bo‘lishib oladilar. Tartibot vakillari mafiyadan muntazam ravishda pul mablag‘lari olib turadilar (yoki boshqa foydali xizmatlar, masalan, tashkil qilinmagan jinoyatchilikni to‘xtatib turishda yordam ko‘rsatish), buning evaziga esa “haddan tashqari” xizmat vazifasini namoyish etmaslik majburiyatini oladilar. Jinoiy tashkilot tuzish bir gangsterga to‘g‘ri keladigan kelishuv va poraga xarajatlarni kamaytiradi, shu sababli bitim ishtirokchilari soni kamayadi (to‘da boshchilari uning barcha a’zolari nomidan harakat qiladilar). Oddiy fuqarolar mafiyaning huquq - tartibot idoralari bilan yashirin bitimi to‘g‘risida korrupsiyani tugatishni talab qilgan holda juda hal qiluvchi muhokama qilsalarda, bunday bitim tuzish mumkin emas. Jamoatchilar noroziligini bartaraf qilish uchun uyushgan jinoiy guruh jamiyat bilan ham, tashkil qilinmagan jinoyatchilik bilan ham yashirin bitimlar tuzishi zarur. Odatda mafiyaning o‘zi kriminal harakatlarni (qotillik, talonchilik) keltirib chiqaruvchilarni kamaytiradi7 va ularning tashkil qilinmagan jinoyatchilar tomonidan namoyon qilinishini to‘xtatib turadi. Oddiy fuqarolar taqiqlangan va taqchil tovarlar va xizmatlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning ko‘plari mafiyachilar korxonalaridan ish topadilar.Tashkil qilinmagan jinoyatchilar ham jinoiy tashkilotlarning o‘ziga xos “subpudratchilari” sifatida yashirin bitimlar tizimiga qo‘shiladilar. Jinoiy tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan hududda amal qilish huquqiga ega bo‘lgan holda tashkil qilinmagan jinoyatchilar buning uchun “soliq” to‘laydilar. “Litsenziyasiz ishlash” juda xavfli - o‘z mulkchilik huquqlarini buzuvchilarni mafiya byurokratik to‘siqlarsiz va me’yoridan ortiq insonparvarliksiz muhokama qiladi. Tashkil qilinmagan jinoyatchilar jinoyat xarajatlarini kamaytirish imkonini beradigan uyushgan gangsterlar “maslahatlari” dan foydalanishlari mumkin. Mafiya tomonidan yashirin tashqi aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi natijasida o‘ziga xos “ijtimoiy kelishuv” muhiti yaratiladi. Yashirin bitimlar mazkur tizimining barcha ishtirokchilari qandaydir foyda (hech bo‘lmasa tasavvurda) ko‘radilar. “O‘yin qoidasi” ga rioya qilinar ekan, uyushgan jinoyatchilik kam seziladi va ijtimoiy muammo sifatida qabul qilinmaydi. NARKOBIZNES IQTISODIYOTI NAZARIYASI. Narkobiznes tushunchasining mohiyati. Narkobiznes rivojlanishining sabablari. Xalqaro narkobiznes. Narkobiznes va narkotrafiklarning ko‘lamlari. Narkobiznes rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. Narkobiznes iqtisodiyoti nazariyasi. Narkotiklar iqtisodiyotini taxlil qilish buyicha asosiy yondashuvlar. G.Bekker va K.Merfi modeli. Narkobiznesga qarshi kurash yo‘llari va usullari. Narkobiznes-(inglizcha)-giyohvandlik biznesi jinoiy biznesning eng xavfli turlaridan biri bo‘lib, milliy va xalqaro huquq normalarida taqiqlangan harakatlar majmui: giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki sotish. Narkotik moddalarning noqonuniy savdosi - bu giyohvand moddalarni taqiqlash qonunlariga muvofiq dorilarni yetishtirish, ishlab chiqarish, tarqatish va sotishga bag‘ishlangan global qora bozor. Geroin tobora ko‘proq Afg‘onistondan sharqiy va janubiy Afrika mamlakatlari orqali Yevropa va Amerikaga olib o‘tilmoqda. Ushbu yo‘l "janubiy yo‘nalish" yoki "smek trek" deb nomlanadi. Ushbu savdoga qarshi vositalar geroindan foydalanishning kuchayishi va Afrika vositachilari o‘rtasida siyosiy korrupsiyani o‘z ichiga oladi. Afg‘oniston dunyoda giyohvand moddalarni ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yetakchi mamlakatdir. U global afyun ishlab chiqarishining 90% dan ortig‘ini tashkil qiladi. (Afyun 50 mamlakatda noqonuniy ishlab chiqariladi.) Afg‘oniston geroini Yevropa, Rossiya, O‘rta Osiyo, Eron va Pokistonni narkotik bozoriga kirib keldi. U Xitoy va Hindistonga kelishni boshladi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, AQSh, Kanada va Yaponiyada tez sur’atlar bilan bozorni egallamoqda. Xavfsizlikka ko‘maklashish xalqaro kuchlari (ISAF) faoliyat ko‘rsatgan davrda (ISAF lar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 2001 yil 20 dekabrdagi 1386-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq tuzilgan. Ularning faoliyati 2014 yil 14 dekabrda to‘xtatilgan) Afg‘onistonda giyohvand moddalar ishlab chiqarish 40 barobardan ko‘proq oshdi. Prekursorlarning sanoat zaxiralari (sirka angidrid) (2008 yilga qadar prekursorlar Afg‘onistonga deyarli to‘sqinlik qilmagan). Mamlakatda opiydan geroin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalar yo‘lga qo‘yilgan. G‘arb manbalariga ko‘ra, Afg‘oniston hududida 500 ga yaqin dori
Download 158.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling