6-mavzu. Xalqaro hisob-kitoblar


Download 0.6 Mb.
bet1/15
Sana30.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1735400
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
6-mavzu

6-mavzu. Xalqaro hisob-kitoblar

  • IFT
  • Toshkent moliya instituti
  • “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi

Reja:

  • СMO
    • Xalqaro hisob-kitoblarning mohiyati va asosiy xususiyatlari.
    • Xalqaro hisob-kitoblarda valyuta-moliyaviy va to‘lov shartlari.
    • Xalqaro hisob-kitob shakllarining tasniflanishi.

Xalqaro hisob-kitoblar deganda turli mamlakatlarning sub’ektlari o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar natijasida yuzaga keladigan to‘lov majburiyatlari yuzasidan qulay, likvidli to‘lov vositalari bilan hisoblashish tushuniladi.

  • Xalqaro hisob-kitoblar deganda turli mamlakatlarning sub’ektlari o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar natijasida yuzaga keladigan to‘lov majburiyatlari yuzasidan qulay, likvidli to‘lov vositalari bilan hisoblashish tushuniladi.
  • Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayoni aniq evolyutsion tarixga ega. Ushbu jarayonni tartibga solish birinchi marta 1870 yilda amalga oshirildi. Aynan shu yili Parijda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferentsiyada oltindan davlatlararo xalqaro hisob-kitoblarda yagona to‘lov vositasi sifatida foydalanishga kelishib olindi. Bu holat 1922 yilga qadar davom etdi. 1922 yilda Genuya shahrida bo‘lib o‘tgan davlatlararo kelishuvda birinchi marta oltin-deviz standarti joriy etildi. Natijada oltin bilan bir vaqtning o‘zida 30 ta mamlakatning pulidan xalqaro hisob-kitoblarda foydalanishga ruxsat etildi.
  •  
  • СMO

Ammo oltin bilan birga faqat Angliyaning funt sterlingi xalqaro to‘lov vositasi vazifasini bajara boshladi. Buning sababi shundaki, birinchidan, birinchi jahon urushida Yevropa mamlakatlarining valyutalariga nisbatan funt sterling kam darajada qadrsizlandi.

  • Ammo oltin bilan birga faqat Angliyaning funt sterlingi xalqaro to‘lov vositasi vazifasini bajara boshladi. Buning sababi shundaki, birinchidan, birinchi jahon urushida Yevropa mamlakatlarining valyutalariga nisbatan funt sterling kam darajada qadrsizlandi.
  • Ikkinchidan, xalqaro savdoning 60 foizga yaqin qismi Angliya banklari tomonidan moliyalashtirilar edi. Uchinchidan, Angliya ochiq iqtisodiyotga ega edi, bu esa, boshqa davlatlarning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga funt sterlingni ishlab topish imkonini berar edi. Buning uchun Angliyaga tovar sotish kifoya qilar edi. To‘rtinchidan, Angliyaning tijorat banklari xorijiy davlatlarda ko‘p sonli filiallariga ega edi. Bu esa, funt sterlingni dunyo miqyosida keng tarqalishi uchun qulay imkoniyatni yuzaga keltirar edi.
  •  
  • СMO

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling