Baho valyutasi va to‘lov valyutasi tanloviga (baho darajasi, kredit bo‘yicha foiz stavkasi katta-kichikligidan farqli o‘laroq) ma’lum bir darajada bitimning valyuta samaradorligi bog‘liqdir. Eksport va import bitim baholari turlichadir hamda ular ushbu bitimlarga kiritiladigan, tovarlarni eksportyordan importyorga yetkazib berilishi bilan bog‘liq (eksportyor mamlakat omborida saqlanishi, portgacha bo‘lgan yo‘l va portdagi saqlanish, chet eldagi yo‘l, xorijdagi ombor hamda importyorga tovarlarni yetkazish xarajatlari) qo‘shimcha xarajatlarga bog‘liqdir. - Baho valyutasi va to‘lov valyutasi tanloviga (baho darajasi, kredit bo‘yicha foiz stavkasi katta-kichikligidan farqli o‘laroq) ma’lum bir darajada bitimning valyuta samaradorligi bog‘liqdir. Eksport va import bitim baholari turlichadir hamda ular ushbu bitimlarga kiritiladigan, tovarlarni eksportyordan importyorga yetkazib berilishi bilan bog‘liq (eksportyor mamlakat omborida saqlanishi, portgacha bo‘lgan yo‘l va portdagi saqlanish, chet eldagi yo‘l, xorijdagi ombor hamda importyorga tovarlarni yetkazish xarajatlari) qo‘shimcha xarajatlarga bog‘liqdir.
-
Tovarlar baholarini aniqlashning quyidagi besh asosiy tamoyili mavjud: - Tovarlar baholarini aniqlashning quyidagi besh asosiy tamoyili mavjud:
- 1. Bitim tuzilayotgan paytda baholar qat’iy belgilanadi hamda ushbu bitim ijrosi mobaynida belgilangan baholar o‘zgarmaydi. Ushbu usul jahon bozorida baholarning pasayishi tendentsiyasi mavjud bo‘lgan paytda qo‘llaniladi.
- 2. Bitimga qo‘l qo‘yilayotgan paytda bahoni (tovar etkazilish kuniga bo‘lgan u yoki bu tovar bozorining kotirovkalari asosida) belgilash tamoyili qayd etiladi, bahoning o‘zi esa bitimning ijrosi mobaynida belgilanadi. Ushbu usul odatda bozor baholarining ko‘tarilishi tendentsiyasida qo‘llaniladi.
3. Bitim tuzilayotgan paytda baho qat’iy belgilanadi, ammo bozor bahosi bitimdagi bahoga nisbatan aytaylik 5%dan ortiqroq xajmga o‘zgarsa, u o‘zgarishi mumkin. - 3. Bitim tuzilayotgan paytda baho qat’iy belgilanadi, ammo bozor bahosi bitimdagi bahoga nisbatan aytaylik 5%dan ortiqroq xajmga o‘zgarsa, u o‘zgarishi mumkin.
- 4. Xarajatlarni tashkil etuvchi elementlar hajmini o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan sirpanuvchan baho. Masalan, jihoz (asbob-uskuna)lar yetkazib berilishiga buyurtma berilganda, yuqori kon’yunktura sharoitlarida buyurtmachi manfaatlarida cheklovlar kiritiladi.
- 5. Aralash shakli: bahoning bir qismi qat’iy belgilanadi, bir qismi esa sirpanuvchan shaklda o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |