6-mavzu. Xitoy mamlakatiga iqtisodiy geografik tavsif. ( s) Rеja: 1) Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni
alyuminiy xom-ashyosi, mis, qalayi, rux, surma, oltin, kumush qazib olinadi
Download 133.7 Kb. Pdf ko'rish
|
16-mavzu Iqtisodiy va Ijtimoiy geografiya
alyuminiy xom-ashyosi, mis, qalayi, rux, surma, oltin, kumush qazib olinadi. Mamlakatning
ko'pgina rayonlarida osh va tosh tuzi, fosforitning yirik zahira konlari joylashgan. Mamlakat mo''tadil, subtropik va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Xitoyning g'arbiy qismida iqlim keskin kontinental (xaroratning yillik va sutkalik amplituda farqi yuqori). Ayniqsa shimoli-g'arbiy rayonlarga yog'in kam tushadi. Xitoyning sharqiy qismi uchun musson iqlimi xos bo'lib, yozgi yog'in miqdorining ko'pligi bilan ajralib turadi. Bu yerda yoz oylarida issiq, qishda esa shimolida sovuq (yanvarning o'rtacha harorati -30C daraja), janubda esa-iliq (+18C). Yozgi issiq va yomg'irli mavsumda harorat shimol va janub o'rtasida unchalik farq qilmaydi. Iyulning o'rtacha harorati shimoliy-sharqiy Xitoyda 24 ni janubiy Xitoy dengizi qirg'oq bo'ylarida va ichki Mangoliyada 26-28 ni tashkil etadi. Xitoy iqlimining xarakterli xususiyati yog'inlarning taqsimlanishida keskin farqning mavjudligi. Yog'in miqdori janubi-sharqdan shimoli-g'arbga tomon kamayib boradi.(1200-1400 mm dan 100 mm gacha kamayadi). Unumdor tuproqli yerlar mamlakatning sharqida ya'ni Buyuk Xitoy tekisligida joylashgan. Bu rayon Xitoyning asosiy dehqonchilik rayoni xisoblanandi. Mamlakatning g'arbida dehqonchilik faqat daryo vodiylarida va vohalardagina olib boriladi. Bu yerlarda chorvachilik sohasi ustun darajada rivojlantirilgan. Yog'inlarning notekis mavsumiy holda yog'ishi qishloq xo'jaligi sohasida sug'orib dehqonchilik qilishni taqoza etgan. Qishloq xo'jaligida nafaqat sholi sug'orib yetishtiriladi balki bug'doy ham sug'orib yetishtiriladi. O'rmon resurslarining asosiy qismi shimoli sharqda va janubi sharqda joylashgan. Tabiat zonalari shimoldan janubga kenglik bo'yicha almashinadi. Tog'larda esa balandlik mintaqalari yaxshi aks etgan. Xitoy suv resurslari(50 mingdan ortiq daryo) bilan juda yaxshi ta'minlangan, biroq suv resurslari xududlar bo'yicha notekis taqsimlangan. Mamlakatning sharqiy qismi suv resurslariga juda boy. Xitoy daryolari ichki berk oqim havzalari (Sinxay-Tibet tog'li rayoni) Shimoliy Xitoy va Tinch okeani, Hind va Shimoliy Muz okeani hovzalariga-tashqi oqim oblastiga kiradi. Yanszo', Xuanxe, Amur, Xuayxe, Chjuszyan Tinch okeanga quyiluvchi eng yirik daryolar hisoblanadi. Download 133.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling