6-mavzu. Xitoy mamlakatiga iqtisodiy geografik tavsif. ( s) Rеja: 1) Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni
Download 133.7 Kb. Pdf ko'rish
|
16-mavzu Iqtisodiy va Ijtimoiy geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dalyan-Xarbin va Manjuriya Pekin- Eren-Xoto va Ulan Bator
- 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi.
16-mavzu. : Xitoy mamlakatiga iqtisodiy geografik tavsif. ( 2 s) Rеja: 1) Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. 2) Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi. 3) Xo'jaligi: sanoati,qishloq xo'jaligi va transporti. 4) Tashqi iqtisodiy aloqalari. Tayanch so'zlar. Qulay geografik o'rin, xilma-xil va tabiiy sharoit va boy mineral resurslar, eng seraholi mamlakat, demografik siyosat, yirik xalqlar, kam sonli millatlar, iqtisodiy rivojlanishdagi hududiy tafovutlar, sanoat, qishloq xo'jaligi va transport tarmoqlarining rivojlanishi. 1. Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni. Maydoni-9,597 ming km 2 Aholisi- 1439,324 ming. (2020) Poytaxti-Pekin Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan bo'lib, xududining kattaligiga ko'ra uchinchi o'rinda turadi. Mamlakat sharqdan g'arbga 5700 kmga shimoldan janubga 3650 kmga cho'zilgan. Xitoy 15 ta davlat va xududlar bilan chegaradoshdir. Uning 30 foizdan ortiq chegarasi MDH mamlakatlari bo'ylab o'tgan. XXR xududi orqali va unga qo'shni MXR va MDH ga Tinch okeani qirg'oqlaridan Yevropa mamlakatlariga qisqa masofali quruqlik yo'li o'tgan. Bu Dalyan-Xarbin va Manjuriya Pekin- Eren-Xoto va Ulan Bator yo'nalishidagi temir yo'llar bo'lib, ikkala temir yo'l ham Rossiyadagi Transibir magistraliga chiqish imkoniga ega. XHR ning dengiz bo'yi geografik o'rnining qulayligi muhim axamiyatga ega bo'lib uning dengiz chegaralarining uzunligi 15 ming kmni tashkil etadi.(7 provinsiya dengizi bo'yida joylashgan). Xitoyning sharqiy qirg'oqlarini Sariq, Sharqiy-Xitoy, Janubiy Xitoy dengizi suvlari yuvib turadi. 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. Aholisi. Xitoy hududi tabiiy sharoitining va resurslarining xilma-xilligi bilan katta farq qiladi. Mamlakat maydonining 75 foizga yaqinini tog'lar, yassi tog'liklar, tog' oralig'idagi botiqlar egallagan. Xitoy jahonda mineral resurslar bilan yaxshi ta'minlangan mamlakat. Mamlakat toshko'mir, qora va rangli metallar, nodir elementlar,tog'kon ximiya xomashyosi zaxirasi bo'yicha jahonda oldingi o'rinlarni egallaydi. Bundan tashqari Xitoyning g'arbiy rayonlari to'la tadqiq qilinmagan. Xitoyda toshko'mir konlari barcha provinsiya bo'yicha joylashgan, biroq sanoat axamiyatiga ega boy ko'mir konlari va shimol va shimoliy-sharqda joylashgan. Bu yerda eng yirik Shanxay, Shensi, Kayluan, Fuchun va Fusin ko'mir xavzalari joylashgan. Xitoy ko'mirning umumiy zaxirasi bo'yicha AQShdan keyin ikkinchi, lekin qazib olish bo'yicha birinchi o'rinni egallaydi. Xitoyda neft va gazning aniqlangan zaxirasi (3 mlrd va 200 mlrd 3 ) faqat neft qazib oluvchi mamlakatlardan orqada turadi, biroq neft qazib chiqarish bo'yicha jahonda beshinchi o'ringa chiqdi. Asosiy neft konlari Shimoliy Xitoyda (Boxay qo'ltig'i qirg'oqlarida) Shimoliy-Sharqiy Xitoyda, Bundan tashqari ichki Xitoyning Jung'oriya va Saydam botig'ida joylashgan. Gaz qazib olish. Schuan botig'ida qazib olinmoqda. Bundan tashqari Xitoyda yonuvchi slanes ham qazib olinmoqda. Mamlakatda juda hilma-xil rudali foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Yirik temir ruda zaxirasiga ega bo'lgan Anshan havzasi shimoli sharqiy Xitoyning boy ko'mir konlari havzasi yaqinida joylashgan. Mamlakat temir ruda zaxiralari bo'yicha (5 mlrd t) dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Rangli metall ruda konlari janubiy va markaziy provinsiyalarda to'plangan. Bu yerdan Download 133.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling