Davlat tuzumi. Xitoyning 1894-1895 yillardagi bo'lib o'tgan Yapon-Xitoy urushidagi
mag'lubiyati, Mustamlakachi mamlakatlarning yangidan bosqinchilik yurishlari uchun sharoit
yaratdi. Natijada Yanszo' daryosi xavzasidagi provinsiyalar Angliya, mamlakatning janubiy
qismi Fransiyaga qisman Angliyaga Shandun-Germaniya, Fuyzyan-Yaponiya, Buyuk Xitoy
devoridan shimoliy xududlargacha Rossiya imperiyasining nazorati ostiga o'tdi.
1912 yildagi monarxiyaning ag'darilishi Xitoy Respublikasining tashkil topishi
mamlakatning yarim feodal va yarim mustamlakachilik xolatini o'zgartirmadi.
1927 yildagi reaksion davlat to'ntarishidan so'ng mamlakatda gomindanchilar rejimi
o'rnatildi.
Ikkinchi jaxon urushidan so'ng mamlakatni Xitoy Xalq Ozodlik armiyasining Yapon
bosqinchilaridan to'la ozod qildi.
1949 yil 1-oktabr kuni Xitoy Halq Respublikasi tashkil topdi.
1950 yilning bahorida mamlakatda fuqarolar urushi tugadi, gomindanchi qo'shinlarning
qolgan qutganlari (Chan-Kayshi) Tayvan orliga o'rnashib oldi,va Xitoy Respublikasi tashkil
topdi.
Xitoy Xalq Respublikasi konstitusiyasiga binoan (1982 yil) Halq vakillari umumxitoy
majlisi (XVUM)- Davlat xokimiyatining qonun chiqaruvchi oliy organi, XVUM Doimiy
komiteti uning doimiy ishlaydigan organidir. XVUMning vakolat muddati - 5yil. XVUM XXR
Raisi va uning o'rinbosarini, XVUM Doimiy komitetining raisini va shu komitet sostavini uning
davlat xokimiyatining oliy ijroiya organi bo'limi markaziy xalq xukumati XHR Davlat
kengashining bosh vaziri nomzodi va shu kengash tarkibini tasdiqlaydi.
Mamlakat ma'muriy-hududiy jihatdan 22 provinsiya, 5 muxtor rayonlariga va 3 markazga
bo'ysunuvchi (Pekin, Shanxay, va Tyanszin) shaxriga bo'linadi.
Xitoy bir necha asr ilgari mustamlakachi mamlakatlar (Portugaliya va Angliya) tomonidan
tortib olingan Makoa oroli (1999 y 20 dekabrda) va Syangan oroli (1997 y 1 iyun) ustidan o'z
nazoratini o'rnatdi. Xitoy Xalq Respublikasi Tayvan orolini o'zining ajralmas qismi sifatida
e'tirof etadi. Xitoy Xalq Respublikasi BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |