6-mavzu. Xitoy mamlakatiga iqtisodiy geografik tavsif. ( s) Rеja: 1) Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni


alyuminiy xom-ashyosi, mis, qalayi, rux, surma, oltin, kumush qazib olinadi


Download 133.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana06.04.2023
Hajmi133.7 Kb.
#1330758
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16-mavzu Iqtisodiy va Ijtimoiy geografiya

alyuminiy xom-ashyosi, mis, qalayi, rux, surma, oltin, kumush qazib olinadi. Mamlakatning 
ko'pgina rayonlarida osh va tosh tuzi, fosforitning yirik zahira konlari joylashgan. 
Mamlakat mo''tadil, subtropik va tropik iqlim mintaqalarida joylashgan. 
Xitoyning g'arbiy qismida iqlim keskin kontinental (xaroratning yillik va sutkalik amplituda 
farqi yuqori). Ayniqsa shimoli-g'arbiy rayonlarga yog'in kam tushadi. 
Xitoyning sharqiy qismi uchun musson iqlimi xos bo'lib, yozgi yog'in miqdorining ko'pligi 
bilan ajralib turadi. Bu yerda yoz oylarida issiq, qishda esa shimolida sovuq (yanvarning o'rtacha 
harorati -30C daraja), janubda esa-iliq (+18C). Yozgi issiq va yomg'irli mavsumda harorat 
shimol va janub o'rtasida unchalik farq qilmaydi. Iyulning o'rtacha harorati shimoliy-sharqiy 
Xitoyda 24 ni janubiy Xitoy dengizi qirg'oq bo'ylarida va ichki Mangoliyada 26-28 ni tashkil 
etadi. 
Xitoy iqlimining xarakterli xususiyati yog'inlarning taqsimlanishida keskin farqning 
mavjudligi. Yog'in miqdori janubi-sharqdan shimoli-g'arbga tomon kamayib boradi.(1200-1400 
mm dan 100 mm gacha kamayadi). 
Unumdor tuproqli yerlar mamlakatning sharqida ya'ni Buyuk Xitoy tekisligida joylashgan. 
Bu rayon Xitoyning asosiy dehqonchilik rayoni xisoblanandi. Mamlakatning g'arbida 
dehqonchilik faqat daryo vodiylarida va vohalardagina olib boriladi. Bu yerlarda chorvachilik 
sohasi ustun darajada rivojlantirilgan. 
Yog'inlarning notekis mavsumiy holda yog'ishi qishloq xo'jaligi sohasida sug'orib 
dehqonchilik qilishni taqoza etgan. Qishloq xo'jaligida nafaqat sholi sug'orib yetishtiriladi balki 
bug'doy ham sug'orib yetishtiriladi. 
O'rmon resurslarining asosiy qismi shimoli sharqda va janubi sharqda joylashgan. Tabiat 
zonalari shimoldan janubga kenglik bo'yicha almashinadi. Tog'larda esa balandlik mintaqalari 
yaxshi aks etgan. 
Xitoy suv resurslari(50 mingdan ortiq daryo) bilan juda yaxshi ta'minlangan, biroq suv 
resurslari xududlar bo'yicha notekis taqsimlangan. 
Mamlakatning sharqiy qismi suv resurslariga juda boy. Xitoy daryolari ichki berk oqim 
havzalari (Sinxay-Tibet tog'li rayoni) Shimoliy Xitoy va Tinch okeani, Hind va Shimoliy Muz 
okeani hovzalariga-tashqi oqim oblastiga kiradi. Yanszo', Xuanxe, Amur, Xuayxe, Chjuszyan 
Tinch okeanga quyiluvchi eng yirik daryolar hisoblanadi. 

Download 133.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling