6-mavzu. Xitoy mamlakatiga iqtisodiy geografik tavsif. ( s) Rеja: 1) Iqtisodiy-siyosiy geografik o'rni


Xo'jaligi: sanoati,qishloq xo'jaligi va transporti


Download 133.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana06.04.2023
Hajmi133.7 Kb.
#1330758
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16-mavzu Iqtisodiy va Ijtimoiy geografiya

3.Xo'jaligi: sanoati,qishloq xo'jaligi va transporti. 
Xitoy xo'jaligi avvalo iqtisodiy-ijtimoiy reja bo'yicha rivojlanayotgan davlatdir. Xitoy so'nggi 
o'n yilliklar davomida yirik industrial davlatga aylandi. U sanoat ishlab chiqarishining umumiy 
xajmiga ko'ra dunyoda to'rtinchi-beshinchi, sanoat korxonalarining soniga. (750 ming) va undagi 
ish bilan band kishilar soniga ko'ra esa birinchi o'ringa chiqdi. Endilikda Xitoyning iqtisodiy 
qiyofasini ko'p jixatdan og'ir sanoat belgilaydi; bu sanoat asosan mamlakatning o'z resurslariga 
tayanadi. 
Xitoy Xalq Respublikasi so'nggi yillarda tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan industrial-agrar 
sosialistik mamlakatdir. 
Hozirgi vaqtda iqtisodiyotni modernizasiyalash jarayoni Xitoy barcha hududlarida bir xil 
sur'atda rivojlanayapti. 
Mamlakatda so'nggi yillarda xorijiy investisiyalarni jalb qilish maqsadida dengiz bo'yi 
provinsiyalarda maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) tashkil etildi. Natijada mamlakatga xorijiy 
investisiya kirib kela boshladi. Faqat so'nggi besh (1990-1995) yilda ularning xajmi 110 mlrd 
dollarni tashkil etdi. (Shuning 80%i dengiz bo'yi provinsiyasiga to'g'ri keladi). 
Sharqiy Xitoy islohotlaridan oqilona foydalanishi natijasida katta yutuqlarga erishildi. 
Xitoyning bu zonasi mamlakat hududining 25% ini egallaydi, aholining 2|3 qismida yashaydi. 
Sanoati. 
Yoqilg'i energetikasi. XXR sanoati tuzilishida og'ir industriyaning ahamiyati juda katta. 
Yoqilg'i energetika tarmog'ida toshko'mir qazib chiqarish muhim rol o'ynaydi. Toshko'mir
mamlakatda energiyaning asosiy manbai hisoblanadi. Asosiy ko'mir xovzalari Shimoli- Sharqiy 
va Shimoliy Xitoydadir. Shimoli- Sharqda Fuchun va Fusunda ko'mir qatlamlari qalin bo'lib, 
shaxta usulida va ochiq usulda qazib olinadi. Ko'mir bu yerdan barcha marqazlariga jo'natiladi. 
Shimoliy Xitoyda ko'mir ko'proq shaxtalardan qazib olinadi, biroq ko'mir konlari metallurgiya 
markazlariga, yirik shaharlarga yaqinligi sababli o'zini oqlaydi. Neft sanoati Shimoli-G'arbdagi 
cho'llar va tog'larda, Qizil havzada (Sichuan viloyatida) shuningdek, mamlakatning shimoli-
sharqi va sharqida yangidan bunyod qilindi. Mamlakatning asosiy koni Dasinga mamlakatda 
qazib olinadigan neftning yarmi to'g'ri keladi. Elektr energiya ishlab chiqarishining 3\4 qismi 
yoqilg'i elektr stansiyalariga to'g'ri keladi. Xitoyda gidroenergetikani rivojlantirish bo'yicha juda 
katta dasturlardan biri amalga oshirilmoqda: GES larning bosh kaskadlari Yanszi va Xuanxe 
daryolarining yuqori oqimlarida qurilmoqda. Birinchi ikkita AES qurildi. 

Download 133.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling