O’zmu qoshidagi Sobir Rahimo’v akademik litseyining 306-guruh o’quvchisi Qudratov Fazliddinning taqdimot ishi


Download 444 b.
Sana06.11.2017
Hajmi444 b.
#19492


O’zMU qoshidagi Sobir Rahimo’v akademik litseyining 306-guruh o’quvchisi


Mavzu:Qadimgi Xitoy



Reja:

  • 1.Joylashgan orni.

  • 2. Qadimgi Xitoyda shahar davlatlar.

  • 3. Qadimgi Xitoy aholisi

  • 4. Qadimgi Xitoy yozuvi

  • 5. Qadimgi Xitoy tibbiyoti

  • 6. Qadimgi Xitoyda matematika, astranomiya, adabiyot va tarixiy bilimlar.

  • 7. Qadimgi Xitoy dini,binokorlik va badiiy hunarmandchilik.



Joylashgan orni.

  • Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi mamlakatlardan biridir.Xitoy g’arbida Pomir,Tangritog’,shimolda Mog’iliston,janubda Ximolay va sharqda Tinch okeani bilan chegaradosh.Markaziy Xitoy tog’laridan boshlanadigan Xuanxe(sariq daryo)va Yanszi daryolari Sharqiy Xitoy pastekisligi orqaliy oqib otgan va tinch okeani xavsasiga quyilgan.Xuanxe daryosi yozi yomg’irgarchilik davrida toshib turgani uchun xitoyliklar bu daryoni “Tentak daryo”,”Xitoyning shori”,”Ming xil kulfat keltiruvchi daryo”deb atashgan.



Qadimgi Xitoyda shaxar davlatlar

  • Sya xonadoniga mansub kishilar Sharqiy Xitoyda dastlabki davlat birlashmasiga asos solganlar.

  • Xuanxe qirg’oqlarida yashovchi Shan qabilasining boshligi bosh kotarib uni taxtdan ag’dargan.Shu tariqa Shan qabilasi kuchayib Sya qabilasini ham oziga itoat qildirgan.Miloddan avvalgi XVIII asrda Chen Tan degan kishi Shan davlatini tuzgan.Xitoy afsonalaridan birida Chen Tanning ajdodlari haqida shunday hikoya qilinadi:”Sze degan urug’dan bolgan Szya Di o’z singlisi bilan qurbonlik qilgani borayotganida uchib borayotgan qaldirg’och tushirib yuborgan tuximni yutib yuboradi. Szya Di bu tuxumni yutgach,homilador bolib qoladi, oy-kuni tolgach,o’g’il koradi va unga Szno-tuxum degan isim qoyadi.”.Chen Tan anashu Szno avlodidan biri ekan.

  • Miloddan avvalgi XVII asrdan boshlab Chen Tan asos solgan davlat In, bazi hollarda ShanIn deb nomlanadi.Poytahti Shan shahri edi.U Din podsholigi davrida,yani XIII asrning ikkinchi yarimida kuchaygan.In podsholigi davrida g’arbda joylashgan Chjou qabilalari ularga tobe edi.



Qadimgi Xitoy aholisi

  • Xitoy tabiyati yashash uchun qulay bolganligi tufayli buyerda odamlar juda qadim zamondan boshlab yashay boshlaganlar.Xitoyda bundan 600-400ming yillar ilgari yashagan sinantrop va lintyan kabi qazilma odamlarning makonlari va qoldiqlari topilgan. Miloddan avvalgi V-III ming yilliklarga kelib Xuanxe daryosining o’rta oqimida dastlabki dehqonchilik vujudga kelib aholi daryo boyidagi kichik qishloqlar yashagan.Ular dastlab tariq, arpa va bugdoy ekkanlar,chochqa va itlarni boqib kopaytirganlar.Hunarmandlar kulolchilik bilan shugillanib, ajoyib sopol idishlar yasaganlar.Miloddan avvalgi I ming yillik boshlariga kelib Xuanxe daryosi soxilidagi yerlar kengroq o’zlashtirilib,tariq,bug’doy,sholi va sabzavot ekinlari ko’proq ekilgan.Chorvachilik ham rivojlanib buqa,sigir,qo’tos,qo’y,echki, it va cho’chqalar boqilgan.

  • Shunday qilib, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmanchilik va savdo-sotiqning rivoji aholi orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishga olib kelgan.Bu hol Sharqiy Xitoyda dastlabki davlatlarning vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratgan.



Qadimgi Xitoy yozuvi

  • Qadimgi xitoyliklar jaxon madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo’shgan xalqlardan biridir.Qadimgi xitoyliklar Misr yozuvini eslatuvchi yozuvlar kashf etganlar. Qadimgi xitoyliklar hozirgi kunimizdan 4-3,5 ming yil ilgari o’z yozuvini yaratganlar. Qadimgi Xitoy yozuvi misrliklarniki kabi ayrim belgilardan iborat iroglif yozuvi bo’lgan.Har bir iroglif belgi butun bir so’zni ifoda etgan.Xitoy yozuvi bir necha o’n ming belgi-irogliflardan iborat bo’lgan. Xitoyning In podsholigi davridayoq bu yozuv ancha takominlashgan edi.Xitoyliklar xatni dastlab yupqa yog’och va bambuk tanasidan tayorlangan taxtachalarga yozganlar.Miloddan avvalgi I asr oxiri va yangi era arafasida xitoyliklar latta, po’stloq va bambuk aralashmasidan qog’oz tayorlaganlar.



Qadimgi Xitoy tibiyoti

  • Qadimgi Xitoy tabiblari kasallik va jarohatlarni davolashda katta yutuqlarga erishganlar.Ular bemorlarni sinchiklab tekshirganlar va erinmay kuzatganlar.Tabiblar bemor tomirini tekshirishda yuksak mohoratga erishganlar. Tabiblari bemorlarni davolashda uqalash va igna sanchib davolashdan keng foydalanganlar. .Tabiblar dori-darmonlardan foydalanishda ham katta yutuqlarga erishganlar.Ular bemorni davolashda o’simlik va hayvonlardan olinadigan dorilardan keng foydalanganlar.



Qadimgi Xitoy matematika, astranomiya, adabiyot va tarixiy bilimlar.

  • Xitoyliklar matematika sohasida ham katta yutuqlarga erishganlar.Geometriya ham ancha rivojlangan va to’g’ri burchakli uchburchakning xususiyatlari aniqlangan.Xitoy olimlarining astrano’mik kuzatuvlari In-Shan davlati davrida boshlangan.Ular sayyora va yuldizlarning harakatini to’g’ri kuzatganlar.Xitoy astrano’mlari quyosh va oyning qachon tutilishini aytib berolganlar.Ular fizika bilimi soxasida ham jiddiy yutuqlarga erisha olganlar. Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo’lib ko’mpisni kashf etganlar.Ustalar ko’mpisni to’rtburchak temirdan yasaganlar.Uning harakatlanuvchi ko’rsatkichi doimo janubni ko’rsatib turgan. Xitoy davlatiing kengayishi va mamlakatni mamuriy rayo’nlarga bo’lish, xo’jalik yuritish zaruriyati geografik bilimlarni o’rganish zaruriyatini tug’dirgan.

  • Miloddan avvalgi VIII asrda Xitoy davlatining yerlari 9 ta viloyatga bo’linib,har bir viloyatning tog’lari,daryolari,yerlari va olinadigan soliqlari mufassal bayon etilgan.

  • Qadimgi zamonda Xitoyda adabiyot ham ancha rivoj topgan.Avval xalq og’zaki ijodiyoti ravnaq topgan.Keyinchalik yozuvning kelib chiqishi bilan yozma adabiyot rivojlangan.Bu jihatdan xalq qo’shiqlari asosida to’plangan“Shi-szin”,tarixiy,falsafiy va adabiy mazmunga ega bo’lgan ”Chun-syu” (Bahor va kuz) kitoblari diqqatga sazovardir.

  • Qadimgi Xitoyda ko’p tarixchilar yashagan, shuning uchun u yerda tarixnavislik ham rivoj topgan.Miloddan avvalgi 145-90yillarda yashagan mashhur tarixchi Sim Syan “Tarixiy xotiralar”degan asar yozgan.Milodning 32-92yillarda yashagan Ban Gu esa “Xan podsholigi tarixi” asarini yozgan.



Qadimgi Xitoy dini,binokorlik va badiiy hunarmandchilik.

  • Qadimgi Xitoyda diniy etiqod juda erta shakillangan.Qadimgi zamonda yashagan boshqa xalqlarning diniy etiqodlari kabi xitoyliklarda han narsalarga,tabiyatga,hayvonlarga va ota-bobolar arvohiga topinish keng tarqalgan.Qadimgi xitoyliklar quyosh,osmon,oy,sayora,yulduzlarni,shunindek,daryo,daraxt va tog’larni ulug’lab ularga etiqod qilganlar.

  • Qadimgi Xitoy memorchiligi ham o’ziga xos bo’lib,podsho saroylari,mamuriy binolar,ibodatxonalar va istehkomlar yog’och,tosh,xom g’ishtdan qurilgan.

  • Qadimgi xitoylik ustalar zargarlik,kulolchilik,rassomchilikda shuhrat qozonganlar.Ular jez va toshdan turli idishlar yasab,ularni suratini ajdaho va turli afsonaviy mahluqlar tasviri bilan bezaganlar.



Download 444 b.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling