Qazib o’tilgan ochiq bo’shliqli qazib olish tizimi Reja


Download 188.09 Kb.
bet1/4
Sana24.03.2023
Hajmi188.09 Kb.
#1292995
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma’ruza №2 Konni ochish va ruda konlarini tayyorlash asoslari Re


Qazib o’tilgan ochiq bo’shliqli qazib olish tizimi
Reja:

  1. Kamerali-ustunli qazib olish tizimi.

  2. Shift-pog’onali qazib olish tizimi.

  3. Qavatosti laxmidan rudalarni urib olib qazib olish tizimi.

  4. Qavatli-kamerali qazib olish tizimi.



1. Kamerali-ustunli tizimda ruda alohida kameralarda qazib olinadi, bu kameralar orasida esa laxm tomini ushlab turish uchun muntazam ravishda ruda seliklari qoldirilib boriladi.
Kamerali-ustunli qazib olish tizimi yotish burchagi 400 va qalinligi 3-10 m bo’lgan mustahkam ruda va aralash tog’ jinslari bo’lgan konlarda qo’llaniladi.
Kameralarni ajratib turuvchi seliklar izolyatsiyalangan (ustun shaklida) yoki yaxlit bo’lishi mumkin. Ikkinchisi narxi past va yer qobig’idagi zaxirasi juda katta bo’lgan konlarda qo’llaniladi (masalan, toshtuz, gips, slaneslar va boshqalar).
Gorizontal konlarni qazib olishda shaxta maydoni panellarga, nishab va qiya konlarni qazib olishda esa qavatlarga bo’linadi. Panel va qavatlarda ishlar bir-biridan seliklar vositasida ajratilgan parallel kameralarda amalaga oshiriladi. Kameralar kengligi 15-20 m, seliklar kengligi 4 – 6 m va kamera uzunligi 50 – 150 m va undan ortiqni tashkil etadi. Kamera va seliklarning parametrlari rudaning mustahkamligi va qattiqligiga bog’liq.
Kamerali-ustunli qazib olish tizimining bir necha variantlari mavjud. Bu variantlar orasidagi farq kameradagi rudalarni urib olish usullaridadir. Ushbu belgilar orqali pog’onasiz, yerpog’onali va shiftpog’onaliurib olish variantlari farqlanadi.
Tayyorlash gorizontal, nishab va qiya yotqiziqlarda bir-biriga ko’p jihatdan o’xshash bo’ladi.
Tayyorlash rudali yoki maydonli bo’lishi mumkin. Nishab va qiya yotqiziqlarda asosan maydonli tayyorlash qo’llaniladi. U rudalarni tashish uchun qulay sharoit yaratib beradi.



Kamerali-ustunli qazish tizimi
Tozalash ishlari. Qalinligi 4 m gacha bo’lgan yotqiziqlardagi rudalar ular butun qalinligi bo’yicha shpurli zaryadlar bilan ajratib olinadi. Qalinligi katta bo’lgan rudalar esa yerpog’onali va shiftpog’onali zaboylar bilan ajratib olinadi
Pog’onani chuqur skvajinalar orqali urib olishishchi maydonchani yaratish uchun oldindagi zaboyning o’tilish vaqtiga bog’liq bo’ladi.
Oldindagi zaboyga burg’ulash karetkalari orqali shpurlar burg’ulanadi.
Oldindagi zaboy urib olinganidan va shamollatilganidan so’ng kamera ustki qismidan zakollar olib tashlanadi. Urib olingan ruda buldozer yoki skreper bilan zaboydan kameraga tashiladi. Skvajinalar rudalarning fizik-mexanik xususiyatlariga bog’liq ravishda belgilangan kameralarda burg’ulanadi. Pog’ona urib olinganidan keyin tozalash va shamollatish qiya yotqiziqlarda skreperlar yordamida, gorizontal yotqiziqlarda esa – yuklash va yetkazish mashinalarida amalga oshiriladi (6.1 rasm).



Kamerali-ustunli qazib olish tizimi:
1 — kamera; 2 — seliklar; 3 — oldingi kon laxmi; 4 — pog’ona; 5 — buldozer

Tizimning afzalligi: ishchilar mehnati unumdorligining yuqoriligi, tayyorlash ishlari hajmining kichikligi, mustahkamlash materiallari sarfining kamligi va qazish ishlarining butunlay mexabizatsiyalashtirilganligi.


Tizimning kamchiliklari: foydali qazilmalarning seliklarda yo’qotilishining yuqoriligi (rudalarni qazib olishda 25% gacha, tuzlarni qazib olishda 65% gacha), xavfsizlik to’liq ta’minlanmagan, bir vaqtning o’zida bir necha kameralrda qazib olishda shamollatishning qiyinligi.
2. shift-pog’onali rasporli mustahkamlagichli qazib olish tizimida qazib olish fronti chiqarish shtrekidan shamollatish shtrekiga pastdan yuqoriga qarab amalga oshiradi. Qavat balandligi 30 – 50 m ni tashkil etadi. Qavat uzunligi bo’yicha uzunligi 40 – 50 m bo’lgan bloklarga bo’linadi.

Shift-pog’onali rasporli mustahkamlagichli qazib olish tizimi:
1 — chiqarish shtreki; 2 — shamollatish shtreki; 3 — ko’tarma; 4 — rasporli mustahkamlagich; 5 — tokchalar; 6 — shtrekusti seliki; 7 — to’sin

Shift pog’onali rasporli mustahkamlagichli qazib olish tizimi odatda tik yotgan kichik quvvatli (3 m gacha) bo’lgan konlarda qo’llaniladi.


Tayyorlash ishlari blokda ruda bo’ylab chiqarish gorizontini shamollatish gorizontini birlashtirish uchun qavat chiqarish shtreki va blok ko’tarmalari o’tishdan iborat. Chiqarish shtreki ustidan va shamollatish shtreki ostidan seliklar qoldirilishi mumkin. Ba’zan kameralar orasida ham seliklar qoldiriladi.
Agar shtrekusti seliklari bo’lmasa, u holda chiqarish shtreki ramalar orqali mustahkamlanadi. Shtrekosti seliklar mavjud bo’lganda ruda shtreki mustahkamlagichsiz qoldiriladi.
Kam quvvatli ruda tanalarida tayyorlash laxmlari yon jinslarni qo’porib olish bilan amalga oshiriladi.
Qazish ishlari shtrekusti seliklari chegaralaridagi balandligi 2,5 m bo’lgan ko’tarmalardan boshlanadi. Seliklar bo’lmagan holda shtrek biryo’la 4 – 5 m balandlikka o’tiladi. Birinchi qatlamdan balandligi 2 – 2,5 bo’lgan pog’onalar hosil qilish uchun uzunligi 10 – 15 m bo’lgan ruda maydoni burg’ulanadi va ajratib olinadi. Pog’onalar gorizontal yoki vertikal shpurlar orqali burg’ulanadi. Yetarlicha mustahkam bo’lmagan va yoriqli rudalarda odatda gorizontal shpurlar burg’ulanadi.
Qazilgan bo’shliq rasporli mustahkamlagichlar orqali mustahkamlanadi. Rasporkalar orasidagi masofa 1,0 – 1,5 m, qatorlar orasidagi masofa esa 2 – 2,5 m ni tashkil qiladi. Rasporli mustahkamlagichga ishchi maydoncha hisoblangan to’shama joylashtiriladi. Bir to’shamadan ikkinchisiga o’tish uchun zinalar quriladi. Rasporli mustahkamlagich yon jinslarni qismlab ushlab turadi. Kuchsizlangan portlari bo’lgan joylarda qo’shimcha rasporlar o’rnatiladi.
Rudalarni urib olishdan oldin to’shamalar yig’iladi va urib olingan ruda o’z og’irligi ta’sirida yon tomon bo’ylab tuynuklarga joylashadi. Urib olingan rudani belgilangan rudatushirgichlarga yo’naltirish uchun maxsus qiya reshtak-to’shamalar joylashtiriladi.
Rasporli mustahkamlagich bilan qazib olish tizimini qo’llaganda zaboyda navlarga bo’lish va qismlab magazinlash amalga oshiriladi. Zaboyda navlarga bo’lishda ishchi polkalar rudalarni urib olishdan olishdan avval yig’ishtirilmaydin va urib olingan ruda ularning ustiga tushadi. Tog’ jinslarini navlarga bo’lishda ular maxsus joylarga yoki rudatushirgichlar orasidagi qazib olingan bo’shliqqa tashlanadi. Rudalarni bloklarda magazinlash balandligi 6 – 7 m bo’lgan qatlamlarda amalga oshiriladi.

Rasporli mustahkamlagichli shift-pog’onali tiziт:
1 – dumalatgich; 2 – chiqarish oynasi; 3 – haydashlar; 4 – rasporli mustahkamlagich; 5 – reshtak; 6 – rasporli oraliq mustahkamlagich; 7 – rasstrellar; 8 – yo’naltiruvchi reshtaklar.
Shunga bog’liq ravishda rasporli mustahkamlagichni o’rnatish ishlarining hajmi qisqaradi. Magazinlangan ruda oynalar orqali qazib olingan bo’shliq bo’ylab tuynuklarga tushadi. Rudalarni zaboyda navlarga ajratish kerak bo’lganda, maxsus rudatushirgichlar yaratiladi.
Polkalarda qismlab magazinlash quyidagilarni ta’minlab beradi: zaboydagi alohida guruhlarni izolyatsiyalanganligi sababli ishning yuqori xavfsizligi; tizimning unumdorligini oshiradigan burg’ulash bilan rudalarni yig’ishtirish va mustahkamlash ishlarining birlashganligi; bir vaqtning o’zida ishchi kuch va mustahkamlagich yog’och sarfining bir vaqtda qisqarishi; qazish zaboyidagi ishchilar mehnati unumdorligining juda yuqoriligini ta’minlaydi.
Quvvati 1,2 – 1,5 m dan yuqori bo’lgan ruda tanalarida magazinlanadigan ruda massasini ushlab turish mumkin emas. Chuning uchun qismlab magazinlash faqatgina kichik quvvatli yotqiziqlarni qazib olishda mumkin.
Tizimning afzalliklari: ishning xavfsizligi, ruda yo’qotilish darajasi pastlgi, qazib olish intensivligining yuqoriligi, burg’ulovchining mehnat unumdorligi yuqoriligi, zaboyda navlarga bo’lish va rudalarni qismlab magazinlash imkoniyatining mavjudligi.
Tizimning kamchiliklari: mustahkamlagich materiallar sarfining yuqoriligi va mustahkamlash ishlari hajmining kattaligi.
3. Ushbu tizim juda keng tarqalgan, u yotish burchagi turlicha bo’lgan mustahkam rudalarni qazib olishda qo’llaniladi. Bu tizimni qo’llash uchun qulay bo’lgan sharoit quvvati 3-5 m bo’lgan ruda tanalari hisoblanadi.
Bu tizimda qavatosti laxmlarida rudalarni urib olishda qavatlar bloklarga, bloklar esa kamera va seliklarga bo’linadi. Seliklar kamerada qazib olishdan keyin qayta ishlanadi.
Kameraning joylashishiga qarab tizimning quyidagi variantlari farqlanadi: qavatosti shtreklaridan rudalarni urib olish va qavatosti ortlaridan rudalarni urib olish.
Birinchi holda kameraning uzun tomoni uzunasiga joylashadi, ikkinchi holda esa rudaning kesishgan tomonida joylashadi.

Вариант с отбойкой руды из подэтажных штреков применяют при мощности крутопадающих рудных тел до 12—15 м. При большей мощности вследствие опасности больших обнажений кровли и воз­можности ее обрушения применяют вариант с отбойкой из подэтаж­ных ортов. Высота этажа в обоих вариантах, определяемая высотой камеры, толщиной потолочины и днища блока, принимается от 50 до 100 м. Днищем блока называют надштрековый целик, расположен­ный между горизонтами откатки и выпускных воронок.


Длина камеры в варианте с отбойкой из подэтажных штреков принимается 60 м, а в варианте с отбойкой из подэтажных ортов равна мощности рудного тела.
При большой мощности рудного тела длина камеры принимается равной не более 60 м. При этом камеры располагают в несколько рядов вкрест простирания с оставлением продольных целиков между рядами. Размеры целиков обычно составляют: толщина потолочины 6—10 м, днища блока с горизонтом скреперования 5—8 м и с гори­зонтом грохочения до 15 м, междукамерного целика 8—10 м.

Download 188.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling